Tartib raqam Sinf
Mavzu: Kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan
Download 0.61 Mb.
|
9 sinf texno kons
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Rivojlantiruvchi maqsad
- Dars metodi
- Darsning borishi
- Yangi mavzu bayoni: II dars: Zardo‘zlik hunari
Mavzu: Kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan
bitta kasb-hunar turini tavsiflash. Darsning maqsadi: Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida ma’lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida kompozitsion yaxlitlik. Хаlq hunаrmаndchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish. Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi. Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar. Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi. Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish Davomatni aniqlash Darsga tayyorgarlik ko‘rish O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish. Uyga vazifani so‘rash: Savol – javob o‘tkazish Topshiriqlarni tekshirish Yangi mavzu bayoni: II dars: Zardo‘zlik hunari Har qanday kasb-hunar – o‘ziga xos bo‘lgan faoliyatdir. Ana shu kasb-hunarni egallash uning faoliyat usullarini o‘zlashtirish demakdir. Zardo‘z faoliyati zar iplar va choklar yordamida hosil qilingan zardo‘zi naqshlar orqali reallikni tasvirlashning o‘ziga xos usullari va ularning o‘zaro kombinasiyalaridan iborat bo‘ladi. Zardo‘zlik – qiziqarli va ijodiy ish bo‘lib, u insonga ko‘p quvonch keltirishi, bo‘sh vaqtida ermak bo‘lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Zar tikish usullarini o‘zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki zardo‘zlik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo‘lishni talab etadi. Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi. Zardo‘z faoliyati asosini tashkil etuvchi zardo‘zi usullarini texnologik jarayonida bajaradigan vazifasi hamda qo‘llanilish o‘rniga ko‘ra ikki turga ajratish mumkin: 1. Tikish usullari. 2. Bezatish usullari. Bu usullar zardo‘zlik buyumlari tayyorlash texnologiyasida o‘ziga xos o‘ringa, usullar yig‘indisiga va bajarish uslubiyatiga egadir. Mohir zardo‘z bo‘lishni xohlagan har bir hunarmand quyidagi uch hunarni bilishi zarur bo‘lgan: 1. Rasm solish va naqsh chizish; 2. Naqshlarni tushirish va qirqish; 3. Qirqilgan naqshlarni zar ip bilan tikish va bezatish. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlar inson atrofidagi narsalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, insonga estetik zavq bag‘ishlash va uning ijtimoiy mavqeini ko‘rsatishga xizmat qilgan. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarning quyidagi turlari mavjud: choy xaltai zardo‘zi, muxr xaltai zardo‘zi, pul xaltai zardo‘zi, jildi soat, g‘ilofi zardo‘zi, tumorchai zardo‘zi, so‘zanai zardo‘zi, chimildiki zardo‘zi, joynomozi zardo‘zi, choynakpo‘shaki zardo‘zi va hokazo. Uy-ro‘zg‘orda ishlatiladigan zardo‘zi buyumlarni bichish usullari hamda bichimining tuzilishiga qarab uch turga ajratish mumkin: 1. Bichimi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan kichik xajmli zardo‘zi uy-ro‘zg‘or buyumlar; 2. Bichimi ma’lum shaklga ega bo‘lgan kichik xajmli uy-ro‘zg‘or buyumlari; 3. Bichimi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan katta xajmli uy-ro‘zg‘or buyumlari. Xalq amaliy bezak san’atida, jumladan, zardo‘zlikda ham naqshlar muhim o‘rin tutadi. Chunki, zardo‘zlik xalq amaliy san’atining qo‘l choklari orqali hosil qilingan naqshlar asosidabadiiy ishlov berish turidir. «Naqsh» arabcha so‘z bo‘lib, «gul», «tasvir» degan ma’nolarni anglatadi. Naqsh – qush,hayvon, o‘simlik, novda va boshqa elementlarning ma’lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Naqsh elementlari tabiatdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri olinmasdan, qayta ishlash asosida hosil qilinadi. Qayta ishlash – o‘simlik va hayvonot dunyosidagi tabiiy shakllarni ramziy shakllarga aylantirishdir. O‘zbek xalq amaliy bezak san’atida ishlatiladigan naqshlar tuzilishiga ko‘ra quyidagi to‘rt guruxga ajratiladi: 1. Islimi (o‘simliksimon) naqshlar – egri chiziqli o‘simlik elementlaridan iborat. 2. Geometrik (girix) n aqshlar – to‘g‘ri chiziqli elementlaridan tashkil topgan. 3. Murakkab (gulli girix) n aqshlar - islimi va girix elementlarining chatishmasidan iborat. 4. Ramziy naqshlar (xayvonot va odamzot olamidagi shakllarni qayta ishlab hosil qilingan naqshlar) Zardo‘zlikda naqshlar tikish usullari va ularning tasnif i. Zardo‘zlar naqshlar o‘sti va tagini tikish usullarida to‘ldirib tikishgan bo‘lsa-da, baribir zardo‘zi buyum naqshlarning ayrim o‘rinlari bo‘sh qolgan. Shunda ular naqshlarni bezatish usullarini kashf etishgan. Bu usullar o‘ziga hos ko‘rinishlarga ega bo‘lib, ular tabiatdagi o‘simliksimon elementlarni qayta ishlash orqali hosil qilingan. Naqshlarni bezatish usullarining vazifasi bir xil, lekin vositalari har xil bo‘lgan ikkita turga ajratish mumkin: 1. Tof ta ip yordamida bezatish turi. Bunda tofta ip tikiladigan bezatish usullining ko‘rinishini hosil qiluvchi chiziq ustidan tikib boriladi. Ularni tikishda halqasimon choklar qo‘llaniladi. Halqasimon choklar o‘zak qism mavjud bo‘lib, chok ana shu o‘zakni kerakli o‘rniga Mustahkamlab turadi. Bu yerda o‘zak qism - tofta ip hisoblanadi. Bunda igna tofta ipning bir tomonidan chiqarib ikkinchi tomonga sanchiladi. Chok uzunligi o‘zak qismining qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Bezaklar bilan bezatish turi. Bu bezatish turi zardo‘zligimizga XX asr boshlarida kirib kelgan bo‘lib, hozirda juda tez rivojlanmoqda. Bezaklar bilan bezatish usullar ham bezaklarning turiga qarab bo‘linadi. Bu usullarning ham o‘ziga xos o‘rni va tikishning o‘ziga xos yo‘llari mavjud bo‘lib, bu zardo‘zlar fantaziyasining maxsulidir. Bezaklar kerakli o‘rinlarga joylashtirishda to‘g‘ri choklardan foydalaniladi. Chok uzunligi va ular soni hosil qilinadigan bezak naqshning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Zardo‘zlikda 30 xil klassik tikish usullari mavjud. Bu usullar o‘ziga xos tomonlarining nomlari bilan bir–biridan farq qiladi. Zardo‘zlik umuman ikkiga bo‘linadi: birinchisi – zamindo‘zi, ikkinchisi – guldo‘zi. Zamindo‘zi tikish turi. «Zamindo‘zi» forscha «zamin» - yer osti, tagi, «do‘zi» - «tikmoq» degan ma’nolarni anglatadi. So‘zning ma’nosidan ko‘rinib turibdiki, zardo‘zi tikish usullari naqshlar tagini yoppasiga zar iplar bilan to‘ldirib tikish, ya’ni bunda zar tikilayotgan buyum gulnaqshining zamini yoppasiga zar bilan tikiladi va turli naqshlar hosil qilish vazifasini bajaradi. Bu usulda tikkanda buyumning hamma joyi zar ip bilan naqshlar hosil qilib tikib chiqiladi. Zamindo‘zi qadimda qimmatbaho to‘nlarda ishlatilgan bo‘lib, hozir zardo‘zi do‘ppilarning jiyagidagina qo‘llanib kelinadi. Guldo‘zi –bunda tikilayotgan naqshning tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning o‘zi zar bilan tikiladi. Guldo‘zi tikish usuli o‘ziga xos bo‘lib bu quyidagi bosqichda bajariladi. Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi. Naqsh nusxasi qalin qog‘oz karton yoki teridan qirqib andazasi tayyorlanadi. Sidirg‘a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya’ni omonat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karton nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi. Biroz bo‘rtma naqsh gul hosil bo‘ladi. Bu usulda tikkanda naqshlarning tagi tikilmasdan qoladi. Zardo‘zlik maxsulotlari ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi. Zardo‘zlik maxsulotlari ishlab chiqarishning yakuniy bosqichi yarim tayyor mahsulotlarini p ardozlash va tayyor holga keltirish texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. Yarim tayyor mahsulotlarinip ardozlash jarayonini ikki bosqichga ajratish mumkin: 1. Abraning yuza qismini pardozlash. 2. Abraning teskari qismini pardozlash. Abrani yuza qismida naqshlar tikish ishlari tugagach, butun yuzani ko‘zdan kechirish, tikish va bezatish jarayonida yo‘l qoyilgan kamchiliklarni aniqlash va ularni tuzatish. Abraning teskari tomonidagi oddiy iplarni, ya’ni zar iplarni Mustahkamlab turgan pechak iplarni ko‘zdan kechirish, ulardagi kamchiliklarni tuzatish, uzunligicha qolib ketgan iplarni 2-3 sm qoldirib kesib tashash. Zar iplarni mustahkamlab turgan oddiy iplarni yelimlash. Yarim tayyor zardo‘zlik mahsulotlarini tayyor holga keltirish texnologiyasi ham muhimo‘rin tutadi. Zardo‘zlik buyumlarini tayyorlash texnologiyasi buyumlarni bo‘laklarga, ya’ni andozalarga ajratib amalga oshirilar ekan, jarayon oxirida, albatta, ularni birlashtirish zarur bo‘ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling