Tartib raqam Sinf


Mavzu: Tехnоlоgik hujjаtlаrning yagоnа tizimi vа uning dаvlаt stаndаrtlаri


Download 0.61 Mb.
bet51/88
Sana20.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1039184
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88
Bog'liq
9 sinf texno kons

Mavzu: Tехnоlоgik hujjаtlаrning yagоnа tizimi vа uning dаvlаt stаndаrtlаri.
Darsning maqsadi:
Ta‘limiy maqsad: O‘quvchilarga tехnоlоgik hujjаtlаrning yagоnа tizimi vа uning dаvlаt stаndаrtlаri haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya gigiyena talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida tехnоlоgik hujjаtlаrning yagоnа tizimi vа uning dаvlаt stаndаrtlаri haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Dars turi: Bilimlarni mustahkamlovchi. Yangi bilim beruvchi.
Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: pazandachilik o‘quv xonasi, tikuvchilik ish qurollari va jixozlari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari
Tikuvchilik korxonalarida istalgan turdagi modelni yaratishda texnologik hujjatlarning yagona tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizimga asosan texnologik jarayonda foydalaniladigan har qanday normativ-texnik hujjatlar barcha tikuvchilik korxonalarida bir xil ko‘rinishda bo‘lib, bu hujjatlardan korxonalar bir-birining modellarini ishlab chiqarishda foydalani olishlari mumkin. Bu hujjatlar davlat standartlari talablari asosida ishlab chiqilib, har bir korxona bunga amal qiladi. Tikuvchilik korxonalarida yangi modellarni yaratish bilan yuqori malakali rassom-modelchilar, ya’ni dizaynerlar shug‘ullanadilar. Dizaynerlar model eskizini zamonaviy moda yo‘nalishida chizadilar. Konstruktorlar esa baza asoslarini ko‘rib, rasmga asoslanib modelning birlamchi andozalarini tayyorlaydilar. Modelning baza asosiga asoslanib o‘rtacha razmer – rost uchun ishchi andozalar, yordamchi andozalar, model uchun hujjatlar tayyorlaydilar. Normativ-texnik hujj atlar. Ma’lum bir seriyada ishlab chiqariladigan har bir model uchun buyumning o‘rtacha razmer, rost, to‘lalikdagi namunasi tikiladi, shu model uchun etalon andozalar tayyorlanadi. Konstruktsiya aniq bo‘lgandan keyin andozalar texnik kupaytirishga yuboriladi. Andozalarni texnik ko‘paytirish kartondan andozalarni kesish bilan birga AQShning “Multigreyder” asbobida va Germaniyaning “TSUZE” qurilmasida elektron-hisoblash texnikasi yordamida bajariladi. Bunda 7 xil razmerdagi andozalar tayyorlanadi. Andozalar 3 xil bo‘ladi: etalon andozalar, ishchi andozalar va yordamchi andozalar. Etalon andozalar model namunasini tayyorlash uchun ishlatiladi. Ish andozalar 5 ta to‘la komplektda tayyorlanadi, undan 2 tasi tajriba uchastkasiga gazlama sarfini aniqlash uchun, 1 tasi tayyorlov uchastkasiga bo‘rlama tayyorlash uchun, 2 tasi bichish uchastkasiga beriladi. Yordamchi andozalar tikuvchilik tsexida kiyim detallaridagi bort burchaklari, cho‘ntak o‘rinlari, vitachkalar va izmalar o‘rnini belgilash uchun ishlatiladi. Hamma andozalarga modelning nomeri, razmeri, rosti yoziladi.


  1. Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling