Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Shtatlar solig’i va mahalliy soliqlar, daromad solig’i va uning stavkalari, korporatsiya foyda solig’i


Download 1.19 Mb.
bet26/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

7.3. Shtatlar solig’i va mahalliy soliqlar, daromad solig’i va uning stavkalari, korporatsiya foyda solig’i.


Umumiy hajmda sotuvdan olinadigan soliq tushumlari ulushi 30-40 foizga yetadi. Uning soliqqa tortish ob`ekti tovar va xizmatlarning qiymatidir. Soliq stavkalari shtatlar tomonidan belgilanadi va 4-8 foiz oraliqda bo’ladi. Aholidan olinadigan daromad solig’i 44 shtatda olinadi, qolganlarida u mahalliy o’z-o’zini boshqarish tashkilotlariga o’tadi. Soliq stavkasi 2-10 foizgacha oraliqda bo’ladi; ushbu soliqning soliqqa tortish ob`ektlari farqlanadi. Ammo foydalanishning bir xil va qulay bo’lishi uchun ko’pchilik shtatlar o’z stavkalari manbai sifatida federal soliqning ma`lum foizini asos qilib oladilar. Bunda shtatlarda soliq deklaratsiyasining o’z shakli bo’lib, ularda to’langan soliq summasi sub’yektlarning federal soliq bo’yicha soliqqa tortish majburiyatlari aniqlanganda chegirib tashlanadi.
Foyda solig’i ham barcha shtatlarda undiriladi va faqat xazinani to‘ldirish maqsadida emas, balki iqtisodiy sharoitga ta`sir qilish usuli sifatida ham qo’llaniladi. Qariyb barcha shtatlarda jismoniy shaxslar qatorida yuridik shaxslardan ham mol-mulk solig’i undiriladi. Soliq stavkalari farqlanadi va 0,5 dan 5 foizgacha oraliqda bo’ladi. Bundan tashqari, shtatlar tomonidan meros solig’i, turli xil aksizlar, kapital solig’i va maxsus ruxsatnomalar olish uchun undiriladigan yig’imlar olinadi, ish beruvchilar esa ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lovlari uchun majburiy ajratmalarni amalga oshiradilar. Shtatlar qatorida AQSh ma’muriy tuzilmalari sifatida mahalliy hukumat qaramog’i ostida bo’lgan qariyb 85000 tumanni o’z ichiga oladi. Qariyb barcha shtatlar grafliklarga bo’lingan va ularda taxminan 20 ming munitsipalitetlar mavjud. Grafliklar, munisipalitetlar, taunshiplar (xususiy hududiy tuzilmalar) o’z boshqaruv bo’linmalariga ega va o’z xizmatlarini tegishli hududlarda olib boradilar. Har bir o’z-o’zini boshqarish bo’linmasi o’z byudjetini tuzishi, yangi soliqlar joriy qilishi va undagi tushumlarni ta`minlash uchun turli faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin. Mahalliy o’z-o’zini boshqarish bo’linmasi o’z ixtiyorida shtatlar soliqlari bilan ko’p tomondan o’xshash bo’lgan, uncha ko’p bo’lmagan soliq manbalariga ega. Mahalliy soliqlar ichida mol-mulkdan olinadigan soliq muhim ahamiyat kasb etadi. Bu soliq mulk egasi bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslardan yiliga bir marta olinadi. Ushbu soliqni aniqlash manbasi sifatida mulkning narx qiymati qardadi. Qariyb shtatlarning yarmida sotuvdan olinadigan mahalliy soliq undiriladi. Bu nomdosh shtat solig’iga qo’shimcha bo’lib hisoblanadi. Bu soliq daromadlari shtatda yig’iladi, so’ng qaysi hududda yig’ilgan bo’lsa, shu mahalliy o’z-o’zini boshqarish bo’linmasiga qaytariladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling