Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Download 1.19 Mb.
bet22/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Qisqacha xulosalar


Hech bir hukumat soliqlarni to’lashdan bosh tortishni oqlamaydi. Xitoy ham bundan mustasno emas. Soliqlarni to’lash muddatini o’tkazib yuborganlik, to’lamasdan yoki boshqa qonunbuzarliklar uchun jarima choralari mavjud bo‘lib, qattiq nazoratga olingan. Xitoyda qarzni undirish asosiy majburiyat summasining besh barobarigacha yetishi mumkin. Qonun yaqqol buzilgan holatda esa litsenziyalar olib qo’yilishi va mablag’lar musodara qilinishi ham ko‘zda tutiladi.

Nazorat va muhokama uchun savollar


1.XXRda soliqqa tortish sohasidagi vakolat qaysi tashkilotlarga berilgan?
2.XXRda soliqlar nechta guruhga bo’lingan?
3.Qo’shilgan qiymat solig’i qachon va necha foiz miqdorida undiriladi?
4. Iste’mol soliqlari bo’yicha tushuncha bering.
5.Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini soliqqa tortish qanday amalga oshiriladi?
6.Soliqqa oid qonun hujjatlarini buzganlik uchun qanday choralar qo’llaniladi?
7. Korxona foydasiga solinadigan soliq kimlarga nisbatan qo’llaniladi?
8. Vakolatxonalardan soliq undirish tartibi qanday?
9. Soliq ta’tillari deganda nimani tushunasiz?
10.XXR soliq tizimidagi o’ziga xoslik nimada?

Asosiy adabiyotlar:


1. Тютюрюков Н.Н. Налоговые системы зарубежных стран: Европа и США: yчеб.пос./-М.Дашков и К, 2002 г.
2. Ходов Л.Г., Попов В.И. Подходное налогообложение физических лиц (зарубежный опыт, российские проблемы): yчебное пособие - М.: ТЕИС, 2004.– 132 с.
3. Ходов П.Г. Налоги и налогообложение экономики: yчебное пособие. - М.: ТЕИС, 2003 . – 253 с.
4. Error: Reference source not found - Rossiya Federatsiyasi qidiruv sayti:


VI bob. Federativ va konfederativ davlatlar soliq tizimi xususiyatlari.




6.1. Federatsiya va konfederatsiya tushunchasi va ulardagi soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari. Iqtisodiy rivojlangan federativ va konfederativ davlatlarda soliq tizimlari shakllanishining asosiy yo’nalishlari.


Federatsiya – bir qator davlatlarning birikishi shakli bo’lib, bunda aniq huquqiy davlat mustaqilligini saqlagan holda birikuvchi a’zo-davlatlar yangi yagona davlat tuzumini vujudga keltiradilar. Federatsiya shakli yagona: ittifoq fuqarolikni, armiyani, ittifoqdosh davlat organlarini ko’zda tutadi. Konfederatsiya esa mustaqil yashash huquqiga ega bo’lgan alohida davlatlar ittifoqi bo’lib, ular bitta yoki bir nechta yagona boshqaruv organlari bilan birlashganlar. Jahon amaliyotida federativ davlatlar qatoriga AQSh, GFR, Kanada, Rossiya; konfederativ davlatga esa Shveytsariya kiradi11.
Soliq federalizmi ahvolini tahlil qilishdan oldin, zamonaviy federalizmning hokimiyat tizimi sifatidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlarini aniqlash lozim. Zamonaviy federalizmni rakobatli federalizm sifatida baholash qabul qilingan. Uning asosini «subsidiarnost tamoyili» tashkil qiladi. Bu tamoyilning ma’nosi shuki, uncha katta bo’lmagan jamoalarning aniq vazifalari hokimiyatning imkon qadar past pog’onalarida hal qilinishi lozim. Faqat shunday munosabatgina yuqori darajadagi mustaqillikni ta’minlay oladi va shuning bilan birga boshqaruvning haqiqiy demokratizatsiyasiga erishiladi. O’z navbatida hokimiyatning «anonimlashuvi» kuchayganda, markazlashtirishga tomon yo’nalgan har qanday harakat aholining fuqarolik va ovoz berish huquqlarini chegaralashga olib keladi. «Subsidiarnost» tushunchasi bir qator tamoyillarda namoyon bo’ladi. Bulardan birinchisi «kelib chiqish» tamoyilidir. U tovarlar va xizmatlarning erkin savdosiga tegishli bo’lib, mamlakatning o’zga tumanlarida litsenziya olgan ta’minlovchilarning mahalliy hokimiyat tomonidan tekshirilishi mumkin emasligini bildiradi. Shunda mahalliy hokimiyatlarda «begona» tadbirkorlarni jalb qilish yo’li bilan soliqqa tortish manbasini kengaytirish imkoniyati paydo bo’ladi. Keyingi tamoyil – «yagonalik», ya’ni, hokimiyatning ushbu pog’onasida uyushgan harakatlar uchun eksklyuziv, aniq, muayyan javobgarlikning qo‘yilishi. Raqobatdosh federalizmning samarali ish yuritishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan uchinchi tamoyil, «xazina ekvivalentligi» hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, har bir ma’muriy hudud, unga topshirilgan yoki o’zi bo’yniga olgan hokimlik funksiyalarini, o’zi javobgar bo’lgan soliqlar, yig’imlar, o’zlashtirgan mablag’lar hisobidan ta’minlashi lozim. Davlat xarajatlari soliq yig’ish yoki qarz olish tufayli tartibga solinadi. O’zaro kelishuvlarning natijasizligi, parazitizm va ko’plab siyosiy kelishmovchiliklardan saqlanish uchun hukumat tashkilotlari orasidagi transfertlarni tugatish lozim. Va faqat xazina ekvivalentligi bilan birga markazlashmagan xazina (barcha davlat xizmatlarining pulliligi) mahalliy hukumat organlarga daromad manbalarini kengaytirishga turtki bo’ladi. Shu bilan birga bu tamoyil hukumatning barcha pog’onalarda o’z soliq tizimlarini yaratish va rivojlantirish huquqi bo’lishini bildiradi. Yuqorida aytib o’tilgan raqobatdosh federalism xususiyatlarini birgalikda belgilaydigan barcha tamoyillar bir-birovini kuchaytirish tendensiyasiga ega. Ularning bittasi buzilgan taqdirda ham hududlar orasidagi raqobat zavol topadi. Masalan, markazning barcha soliq stavkalarini belgilashi mahalliy hukumatlarning mustaqilligi va javobgarligiga jiddiy zarar yetkazadi va hokazo.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling