Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini soliqqa tortish mexanizmi


Download 1.19 Mb.
bet21/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

5.3.Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalarini soliqqa tortish mexanizmi.


Korxonalar foydasiga solinadigan soliq Xitoyda daromad oluvchi barcha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy kompaniyalarga nisbatan qo’llaniladi. Uning miqdori har yili yil tugashidan keyin besh oy ichida belgilanadi. Choraklik to’lovlar choraklik hisobotlar taqdim etilishi chog’ida amalga oshiriladi. Belgilangan soliq miqdoridan ortiq to’langan har qanday summa qaytariladi yoki kelgusi davrlar hisobiga o’tkaziladi. Soliq tannarx, xarajat va zararlar ayirilgan holda yil davomida olingan yalpi foydaga asoslanib yuanlarda hisob-kitob qilinadi. Xitoyda ro’yxatdan o’tkazilgan korxonalar uchun soliq stavkasi 20 foizni, ro’yxatdan o’tmaganlar uchun 30 foizni tashkil etadi (bu soliqlarni ko’pincha «ushlab qolinadigan soliq» deb ataydilar), buxgalteriya hisoboti Xitoyda mavjud bo’lmaganda esa u shartnomaning umumiy summasiga asoslanib hisob-kitob qilinadi. Xitoyning ayrim tumanlarida ta’sis etilgan va muayyan faoliyat bilan shug’ullanadigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan 15 foiz va 24 foizlik stavkalar ham mavjud. Mazkur soliq bo’yicha 5 yilgacha muddatga soliq ta’tillari berilishi mumkin. Xitoy qonunchiligi bo’yicha faoliyat yuritmayotgan, biroq bu yerda, masalan, sarmoya uchun foizlar, ijara to’lovlari, mualliflik gonorarlari va boshqalarni oluvchi xorijiy korxonalardan ushbu daromadlarning 20 foizi miqdorida soliqlar undiriladi (ayrim mintaqaviy tafovutlar va faoliyat turlari bo’yicha farqlar mavjud). Bu hol Xitoy korxonasiga taqdim etiladigan to’lovnomada hisobga olinishi va belgilanishi shart (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ham shular qatoriga kiradi). U yoki bu soliqni ushlab qolish va uni hukumatga topshirish uchun shunday qilinadi. Ya’ni, Xitoy korxonasi bu holatda hukumatning soliqlarni yig’ish bo’yicha vakili sifatida maydonga chiqadi. Bunday xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar ehtiyotkor bo’lmog’i lozim: masalan, siz o’z tovarlaringiz (ishlar, xizmatlar) qiymatiga tegishli shartnoma yoki kelishuvga ko’ra xorijiy korxonaga to’lanishi kerak bo’lgan foizlar, ijara yoki mualliflik to’lovlarini qo’shsangiz, unda siz o‘sha soliq undirilishi lozim bo’lgan xorijiy qabul qilib oluvchiga mablag’ to’lovchi sifatida qaralasiz. Naatijada, bu mablag’lar xorijiy korxonaga amalda to’langan yoki to’lanmaganidan qat’iy nazar, muayyan vaqt davomida ushlangan soliqni to’lash majburiyati yuzaga keladi10.


Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari tomonidan yo’l qo’yiladigan va eng ko’p uchraydigan ikki xato — bu barcha zarur hujjatlar ro’yxatdan o’tish guvohnomasi qo‘lga olingan kundan boshlab rasmiylashtirilgan hisoblanadi, deya o‘ylash va ungacha savdo hamda boshqa xo’jalik faoliyati bilan shug’ullana olmasligi sababli soliqlarni to’lashi ham shart emas, deya etiborsizlik qilish bilan bog’iq.
Vakolatxona ro’yxatdan o’tish sertifikatini olgach, soliq boshqarmasidan soliq ro’yxatida hisobga olinganligi to’g’risida ham guvohnoma olishi kerak. Bunda vakolatxonaning Xitoydagi o’z xarajatlarini qoplash uchun o’ziga berilgan mablag’lar ko’rinishida soliqqa tortiladigan daromad olishi manbai tushuniladi. Mazkur holatda biznes solig’i va xorijiy korxonalar foydasiga solinadigan soliq qo’llaniladi. Vakolatxona ularga doir har oylik yoki choraklik hisobotni (ayrim mintaqaviy tafovutlar mavjud) hatto soliqlar to’lashdan ozod qilingan taqdirda ham taqdim etishi kerak. Aks holda vakolatxonani yopishgacha bo’lgan jiddiy jazo choralari qo’llaniladi. Umuman olganda, vakolatxonadan undiriladigan soliqlar summasi u amalga oshirgan xarajatlarning qariyb 10 foizini tashkil etadi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling