Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i


Download 1.19 Mb.
bet20/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

5.2. Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i


Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i stavkasi ish haqining hajmiga bog’liq holda progressiv sanaladi. Mazkur soliqni hisoblab chiqarish, unga doir hisobot topshirish va to’lov har oyda amalga oshiriladi. Ayrim mintaqaviy tafovutlar, ba’zi hollarda esa hatto soliq tashkilotlari bilan munozaraga kelish ehtimoli mavjud. Biroq umuman olganda Xitoyda ishlovchi xorijliklar uchun quyidagi stavkalar qo’llaniladi:
- 4000 XXR yuani miqdoridagi oylik daromad soliqqa tortilmaydi;
- 4000 yuandan 4500 yuangacha - 5%;
- 4501 yuandan - 6000 yuangacha - 10%;
- 6001 yuandan - 9000 yuangacha - 15%;
- 9001 yuandan - 24000 yuangacha - 20%;
- 24001 yuandan - 44000 yuangacha - 25%;
- 44001 yuandan - 64000 yuangacha - 30%;
- 64001 yuandan - 84000 yuangacha - 35%;
- 84001 yuandan - 104000 yuangacha - 40%;
- 104001 yuan va undan yuqori - 45%.


Qo’shilgan qiymat solig’i 17 foiz miqdorida hisoblanadi va tovarlar sotilganda hamda ayrim xizmatlar ko’rsatilganda undiriladi. Oqibatda soliq yakuniy iste’molchi tomonidan to’lansa ham, u ishlab chiqarish va sotishning barcha bosqichlarida undiriladi. QQS to’lash bo’yicha majburiyat yuk xati taqdim etilishi bilan darhol vujudga keladi (u to’langandan keyin emas). Bu ehtimoliy umidsiz qarzga ham qaramay QQS undirilish lozimligini anglatadi.
Ayrim erkin savdo zonalari ulardan tashqarida sotiladigan tovarlar uchun QQSning bir qismini qoplaydi. Biroq bunday amaliyot markaziy hukumat tomonidan ijobiy qarshi olinmaydi. Shu sababli yaqin orada mazkur imtiyozni bekor qilish ehtimoli mavjud.
QQSga qo’shimcha ravishda ayrim maxsus iste’mol tovarlari: sigaretalar, alkogolli ichimliklar, kosmetika, zargarlik buyumlari, benzin, avtomobillar va boshqalar iste’mol solig’iga tortiladi. U barcha korxonalar va huquqiy shaxslar tomonidan yuqorida ko’rsatilgan tovarlar import qilinayotganida, ishlab chiqarilayotganida va qayta ishlov berilayotganida to’lanishi lozim. Ushbu soliq biznes jarayonida faqat bir marta undiriladi va yakuniy iste’molchi tomonidan to’lanadi. Soliq stavkasi iste’mol toifalariga qarab 3 foizdan 50 foizgacha bo’lishi mumkin.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling