Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
V bob. Xitoy Xalq Respublikasi soliq tizimi
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
V bob. Xitoy Xalq Respublikasi soliq tizimi5.1.Xitoy Xalq Respublikasida soliqqa tortish sohasidagi tashkilotning vakolati va uning vazifalari.Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) davlat soliq ma’muriyati butun Xitoy hududida soliqqa tortish sohasi boshqaruvining vakolatli tashkiloti hisoblanadi. U soliqqa oid qonun loyihalarini ishlab chiqadi va viloyatlar darajasida soliqlarni yig’ish rejalarini belgilaydi. XXR moliya vazirligi ham vaqti-vaqti bilan soliqqa tortish masalalari bo’yicha farmoyishlar chiqaradi. Biroq mahalliy darajada soliqlarni yig’ish soliq ma’muriyatining vakolatiga kiradi. Ayni paytda davlat soliq ma’muriyati va moliya vazirligi stavkani kamaytirish, boshqa soliq imtiyozlari va istisnolar taqdim etish kabi masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish huquqiga ega9. 1994 yilda Xitoy soliq tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hozir XXR dagi barcha soliqlar uch guruhga bo’linadi: markaziy soliqlar, qo’shma soliqlar, mahalliy soliqlar: - markaziy soliqlar bojxona bojlari, iste’mol solig’i, bojxona undiradigan QQS, shuningdek, banklar, moliyaviy tashkilotlar, davlat korxonalari va xorijiy savdo korporatsiyalaridan xo’jalik faoliyati uchun undiriladigan biznes soliqlari o’z ichiga oladi; - qo’shma soliqlar QQS, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliq, qimmatli qog’ozlarga solinadigan soliq hamda boshqa bank va tashkilotlardan undiriladigan biznes soliqlari birlashtiradi; -mahalliy soliqlar korxonalar foydasiga solinadigan soliq, boshqa manbalardan undiriladigan biznes solig’i, ko’chmas mulkka solinadigan soliq, jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig’i, tamg’a yigimi, meros uchun soliq, yer qiymatini oshirganlik uchun soliq va boshqalarni o’z ichiga oladi. Davlat soliq boshqarmalari Davlat soliq ma’muriyati nazorati ostida. Mahalliy soliq boshqarmalari esa mahalliy hokimiyat tashkilotlari hisoblanadi. Ushbu tuzilmalar xo’jalik faoliyatini yuritishga litsenziya olgan kundan boshlab 30 kun ichida soliq tashkilotlarida ro’yxatdan o’tishi kerak bo’lgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar to’laydigan barcha soliqlar bilan shug’ullanadi. Ro’yxatdan o’tkazish chog’ida muddatni keyinchalik uzaytirish huquqi bilan 12 oy mudatga ro’yxatdan o’tkazganlik to’g’risida guvohnoma beriladi. Xo’jalik faoliyati uchun soliq (biznes solig’i) quyidagi hollarda qo’llanadi: - soliq solinadigan xizmatlar ko’rsatish; - nomoddiy aktivlar sotish; - ko’chmas mulkni sotish. U tovar aylanmasiga asoslanib hisoblanadi. Unga doir hisobotlarni topshirish va to’lash davriyligi har oyda amalga oshiriladi. Faoliyat turlariga ko’ra soliqning quyidagi stavkalari belgilangan: - transport xizmati - 3%; - qurilish, muhandislik ishlari - 3%; - moliyaviy faoliyat - 8%; - pochta va telekamunikatsiyalar - 3%; - madaniyat va sport - 3%; - hordiq chiqarish sanoati - 5-20% (barlar, restoranlar - 5%); - nomoddiy aktivlar xarid qilish - 5%; - ko’chmas mulkni sotish - 5%. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling