Korporatsiyalarning foyda solig’i stavkalari
Belgiyadagi korporatsiya va jismoniy shaxslar foydasini soliqqa tortishning ayrim asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat ekan:
agarda foyda chet eldan kiritilgan va foyda olingan mamlakatda soliqqa tortilgan bo’lsa, korporatsiya foyda solig’i 25 foizga kamayadi;
norezidentlardan olinadigan soliq norezident jismoniy shaxslarning daromadidan undiriladi (daromad solig’i stavkasiga nisbatan 6 foiz qo’shimcha ustama bilan);
Belgiyada doimiy vakilligi bo’lmagan yuridik shaxslar, chet el hukumatlarining tashkilotlari va boshqa toifadagi norezidentlarning foydasi 43 foiz soliq stavkasi bilan soliqqa tortiladi;
kompaniya tomonidan to’langan vositachilik haqi, mukofot va gonorarlar (agar ularning oluvchilari aniq bo’lsa) soliqqa tortish maqsadida tannarxga qo’shiladi. Pul mablag’larini oluvchilarining nomi sir tutilgan takdirda ushbu xarajatlar chiqimga qo’shilib, maxsus 200 foizlik soliq stavkasi bilan soliqqa tortiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |