Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


III bob. Belgiya soliq tizimi 3.1. Belgiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari


Download 1.19 Mb.
bet13/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

III bob. Belgiya soliq tizimi




3.1. Belgiya soliq tizimining o’ziga xos xususiyatlari.


Egri soliqlar Belgiya davlati uchun ham katta ahamiyatga egadir. Qo’shilgan qiymat solig’ining qat’iy stavkasi 21 foizga teng. Bundan tashqari bu soliqda uy-joy qurilishi, qishloq xo’jaligi xomashyosi, dori-darmonlar, kitoblar, gazetalar, kommunal xizmatlari, yo’lovchi transporti xizmatlari, mehmonxona biznesi uchun kamaytirilgan stavka belgilangan. Banklar, sug’urta kompaniyalari, yuristlar, o’qituvchilar, vrachlar va kasalxonalar xizmati hamda xalqaro tashish ishlari, samolyot va kemalarning yetkazib berish ishlari QQS dan ozod qilingan6.
Aksiz solig’i Belgiyada neft mahsulotlari, elektr energiya, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar, vino, piva, alkogolsiz ichimliklar, qahva hamda tashqi reklamadan va qimor o’yinlaridan olinadi.
Xususiy mulkdan (transport vositalari va ko’chmas mulk) olinadigan bir guruh soliqlar ham mavjud. Bulardan biri xususiy mulkning bir egasidan ikkinchisiga o’tganda olinadi. Masalan, meros va hadya solig’i, ro’yxatga olish solig’i kabilar va boshqalar. Avtotransport vositasiga ega bo’lgan barcha fuqarolardan mahalliy avtotransport vositalari solig’i olinadi.
Meros va hadya solig’i to’g’ridan-to’g’ri merosxo’rlar uchun 3 foizdan 30 foizgacha, boshqa merosxo’r toifalari uchun 20 foizdan 80 foiz oralig’ida stavkalari bo’ladi.
Ro’yxatga olish solig’i yer va imoratlarni ijaraga olish yoki sotish hujjatlarni rasmiylashtirishda olinadi. Soliqning qat’iy stavkasi 12,5 foizga teng. Uncha katta bo’lmagan yer-joylar va imoratlar uchun imtiyozlar ko’zda tutilgan (sotish vaqtidagi yig’im stavkasi 6 foiz, ijara vaqtida esa 1000 belgiya franki yoki bitim qiymatining 0,2 foizi).
Transport vositalarini ro’yxatga olish solig’i avtomobillar, yaxtalar, samolyotlar va boshqa transport vositalari davlat ro’yxatiga olinayotgan paytda undiriladi; soliq stavkasi transport vositasi turiga va ishlab chiqarilgan sanasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, avtomobillar uchun soliq summasi 2,5 mingdan 100 minggacha frankni tashkil etadi.
Avtotransport vositalaridan olinadigan mahalliy soliq barcha avtomobil egalaridan olinadi. Undan tushadigan tushum umumiy magistral yo’llarni ta’mirlashga sarflanadi. Soliqni hisoblash dvigatel quvvatiga (avtomobillar uchun) yoki yuk ko’tarish quvvatiga (yuk transportlari) asosan amalga oshiriladi. Belgiya qonunchiligiga asosan dvigatel quvvati 20 ot kuchidan yuqori bo’lgan yengil avtomobillar uchun soliq summasi 481000 frank bo‘lib, keyingi har bir ot kuchiga 26000 frank qo’shilgan holda hisoblanadi; yuk avtomobillari uchun turiga qarab har bir 100 kilogramm yuk ko’tarish qobiliyatidan 150 dan 346 frankkacha (eng kam stavka 854 frank) hisoblanadi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling