Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Fransiyadagi mahalliy soliqlar va yig’imlar turlari


Download 1.19 Mb.
bet11/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

2.4. Fransiyadagi mahalliy soliqlar va yig’imlar turlari.


Mahalliy soliqqa tortish tizimi ham Fransiyada ancha rivojlangan. Mahalliy byudjetning umumiy hajmi mamalakat byudjetining 60 foizini tashkil etadi. Mahalliy hokimiyat tashkilotlari o’z hududlarida quyidagi qo’shimcha soliq va yig’imlarni kiritishlari mumkin:

  • hududlarni tozalash solig’i;

  • qurilgan joylar uchun yer solig’i;

  • qurilmagan uchastkalar uchun yer soligi;

  • uy-joy solig’i;

  • kasb solig’i;

  • qishloq xo’jalik palatasini ta’minlash boji;

  • savdo-sotiq va tovar ishlab chikaruvchilar palatasini ta’minlash boji;

  • hunarmandlar palatasini ta’minlash boji;

  • konlarni o’zlashtirish uchun mahalliy yig’imlar;

  • elektr yorug’ligini o’rnatish uchun yig’imlar;

  • binoni sotish uchun olinadigan soliq;

  • avtotransprot vositalari boji;

  • maydonning solishtirma bandlik chegarasidan oshishidan olinadigan soliq;

  • ko‘kalamzorlashtirish solig’i.
    Mahalliy hokimiyat tashkilotlari byudjet daromadlarini rejalashtirayotganda ularga tegishli bo’lgan soliqlar bo’yicha mustaqil ravishda soliq stavkalarni belgilaydilar, ammo ularning yuqori miqdori markaziy hokimiyat tashkilotlari tomonidan belgilangan yuqori darajadan oshmasligi lozim. Amaliyotda mahalliy byudjetlarning asosiy daromad manbai bulib quyidagilar hisoblanadi: qurilgan joylar uchun yer solig’i; qurilmagan joylar uchun yer solig’i; uy-joy solig’i va kasb solig’i. qurilgan joylar uchun yer solig’i tijorat yoki sanoatda foydalanish uchun mo’ljallangan ko’chmas mulk va joylarning qiymatidan olinadi. Soliqqa tortiladigan qismi joy kadastr ijara qiymatining yarmiga teng bo’ladi. Soliq bo’yicha quyidagi imtiyozlar mavjud:

  • davlat mulklari;

  • shahar atrofida joylashgan va qishloq xo’jaligida foydalanish uchun mo’ljallangan binolar;

  • 75 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar hamda jamoat jamg’armalaridan olinadigan yoki nogironlik nafaqalari oladigan shaxslarning uy-joylari.
    Qurilmagan imorat joylari uchun yer solig’ining soliqqa tortish bazasi qurilmagan imorat joylari kadastr ijara qiymatining 80 foizi hisoblanadi. Davlat mulki bo’lgan joylar ushbu soliq to’lovidan ozod etiladi. Bundan tashqari, qishloq xo’jalik sanoatini rivojlantirish uchun mo’ljallangan joylar va suniy o’rmon hududlari bu soliqdan vaqtinchalik ozod etilishi mumkin.
    Uy-joy solig’i uy-joy egasi yoki uning ijarachisi tomonidan to’lanadi. Kam ta‘minlangan shaxslar asosiy yashash joyi bo’yicha to’liq yoki qisman ozod bo’lishi mumkin.
    Kasb solig’i ish haqi bilan taminlanmagan doimiy faoliyat bilan shug’ulanadigan kishilar tomonidan to’lanadi. Ushbu soliq hisobi quyidagi ko’rsatkichlar qiymatiga asosan hisoblanadi:

  • soliq to’lovchi tomonidan kasbiy faoliyatini amalga oshirishi uchun ishlatiladigan ko’chmas mulkning ijara qiymati;

  • soliq to’lovchining o’z ishchilariga to’laydigan ish haqi foizi (odatda 18 foiz), hamda u olgan daromad (odatda 10 foiz). Bu summalar mahalliy hokimiyat tashkilotlari tomonidan belgilangan soliq stavkasiga ko’paytiriladi.

    Bunda qonunchilik ushbu soliqning yuqori chegaraviy miqdorini ko’zda tutadi. Uning hisoblangan summasi ishlab chiqarilgan mahsulotga qo’shilgan qiymatning 3,5 foizidan oshmasligi kerak.



    Download 1.19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling