Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
Fransiyada xususiy mulk solig’i
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
2.3. Fransiyada xususiy mulk solig’i.Fransiyada xususiy mulk (ko’chmas mulk, mol-mulk, qimmatli qog’ozlar) jarayonlaridan olingan daromadni soliqqa tortish uchun quyidagi maxsus tartiblar qabul qilingan: ko’chmas mulk sotuvidan olingan foyda joriy yilning soliqqa tortiladigan daromadiga qo’shiladi. Soliq stavkasi ko’chmas mulkning sotuvchi ixtiyorida bo‘lgan muddatiga bog’liq bo’ladi. Nolinchi stavka egalik muddati 32 yildan oshgan ko’chmas mulklar uchun qo’llaniladi; harakatdagi mulk jarayonidan olingan foyda bo’yicha tuzilgan bitim 20 ming frankdan yuqori narxda bo’lgandagina mulklardan soliq olinadi. Ushbu shartga bo’ysungan holda mulk turiga ko’ra 4 va 5 foizli stavkalar qo’llaniladi, 7 foizli stavka turli kategoriyadagi san’at asarlari uchun belgilangan, 7,5 foiz maxsus stavka esa qimmatbaho metallar bitimi uchun belgilangan; 1990 yillar boshida belgilangan 307,6 ming frankdan oshadigan qimmatli qog’ozlar jarayonidan olingan foyda 16 foizlik stavka bo’yicha soliqqa tortiladi. Ish beruvchi tomonidan to’lanadigan ishchilarning mehnat haqi miqdoriga daromad solig’idan tashqari qator yig’imlar ham ta’sir qiladi. Bunda ishchilarning ish haqi fondi soliqqa tortish ob`ekti bo‘ladi. Bu yig’imlarning asosiylariga quyidagilar kiradi: ish haqidan olinadigan ijtimoiy soliq. Soliqqa tortish ob`ekti – ishchilarning majburiy yig’imlarni qo’shgan holda pul va natura ko’rinishidagi yillik ish haqi fondi (IHF). Bu yerda soliq stavkasi progressiv ahamiyatga ega: ishchilarning yillik IHF 35900 frankacha bo’lganda, 4,5 foiz 35901 dan 71700 frankgacha bo’lganda, 8,5 foiz 71700 frankdan yuqori bo’lganda, 13,5 foiz kasbga yo’naltirilgan ta’limni rivojlantirish uchun olinadigan soliq. Soliqqa tortish ob`ekti ishchilarning majburiy yig’imlarni qo’shgan holda pul va natura ko’rinishidagi yillik ish haqi fondi olinadi. Soliq stavkasi 0,5 foiz, ustama 0,1 foiz; kasbga tayyorlash uchun yig’iladigan yig’im. Korxonada 10 kishidan ortiq ishchi bo’lganda, mulk egasi ishchilarning uzoq muddatdagi kasbga tayyorgarligini ta’minlashi kerak. Ushbu maqsadlar uchun ishchilarning yillik IHFdan 1,2 foiz miqdorida maxsus soliq olinadi. Agar korxona vaqtinchalik ishchi kuchidan foydalansa, stavka miqdori ishchilar yillik IHFning 2 foizigacha oshadi. Bundan tashqari, yoshlarni kasbga tayyorlash uchun ishchi yillik ish haqi fondidan olinadigan 0,3 foizlik qo’shimcha yig’imlar mavjud; uy-joy qurilishi uchun yig’iladigan yig’im. Soliqqa tortish ob`ekti ishchilarning majburiy yig’imlarni qo’shgan holda pul va natura ko’rinishidagi yillik ish haqi fondi hisoblanadi. Soliq stavkasi 0,65 foiz. Bundan tashqari, korxonada 10-kishidan ortiq ishchi bo’lsa, u ishchilarga uy-joy qurilishini moliyalashtirishda ssuda yoki to’g’ridan-to’g’ri sarmoya kiritish ko’rinishida qatnashishi lozim. Fransiya davlati byudjetining uchinchi yirik daromad manbai xususiy va mol-mulk (binolar, sanoat va qishloq xo’jalik korxonalari, harakatdagi mulk, fond aktivlari) solig’i hisoblanadi. Xususiy mulk solig’i Fransiyada progressiv xususiyatga ega, ammo chegaraviy miqdor mavjud bo’lib, unga asosan daromad solig’i va xususiy mulk solig’i umumiy daromadning 85 foizidan oshmasligi kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, Fransuz soliq tizimida chet el kompaniyalariga tegishli binolar uchun diskriminatsion xususiyatga ega bo’lgan soliq qabul qilingan. Bu soliqqa (stavkasi 3 foiz) bosh ofisi Fransiyadan tashqarida joylashgan barcha chet el kompaniyalarining ko’chmas mulklari ham tortiladi. Fransuz kompaniyalari uchun ko’chmas mulkka qo’yilgan eng yuqori soliq stavkasi – 1,5 foiz . Bundan tashqari, xususiy mulk uchun quyidagi soliqlar mavjud: ijaraga berilgan ko‘chmas mulkning yillik ijara haqi 12000 frankdan oshganda, ijarachidan ijara uchun 2,5 foiz qat’iy stavka bo’yicha soliq olinadi; transport vositalaridan olinadigan soliq — korporatsiyalar foydalanadigan yoki unga tegishli avtomobillardan olinadi (bunga ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshgan yoki kompaniyaning faoliyat ob`ekti bo’lgan avtomobillar kirmaydi). Stavkalar dvigatel quvvatiga qarab belgilanadi; avtotransport vositalarining alohida turidan olinadigan soliq — umumiy og’irligi 16 tonnadan oshadigan avtomobillardan olinadi. Stavkalar avtomobil turi va og’irligiga bog’liq bo’lib, har chorakda – 50 frankdan 3600 frankkacha va har kunlik chorak solig’ining 1/25 miqdorida bo’ladi. Chet elda ro’yxatga olingan xalqaro yuk tashuvchi avtomobillardan bu soliq bojxonada olinadi (xalqaro shartnomaga asosan bu soliqdan ozod bo’lganlar bundan istisno); ro’yxatga olish solig’i, — tuzilgan bitimlarga asosan hujjatlarni qayd etishda olinadi. Soliq stavkalari bitim turiga ko’ra darajalanadi. Masalan: mulkka egalik huquqi berilganda u 13,4 dan 15,4 foizgacha; kompaniya tashkil etishda — 1 foizni; ishtirok etish hissasi berilganda – 1 foizdan 4,8 foizgacha. Ayrim hollar uchun 500 frank miqdorida qatiy belgilangan ro’yxatga olish solig’i qo’llaniladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling