Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili


Download 1.19 Mb.
bet3/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili. Ushbu qo‘llanma rivojlangan xorijiy davlatlar hamda mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo davlatlarning soliq tizimi va ularda olib borilayotgan islohotlarni o’rganish asosida yaratildi. Qo’llanmada xorijiy hamda MDHga a’zo davlatlarning soliq tizimida amal qilayotgan soliq stavkalari, foizlar va ko’rsatkichlarining hozirgi holati keltirilgan. Ushbu qo‘llanmani o’rganib chiqish bilan kitobxon rivojlangan xorijiy davlatlarning soliq tizimi to’g’risidagi tushunchaga ega bo’ladi. Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishida o’qiyotgan talaba yoki bu sohada ishlayotgan mutaxassislar uchun Respublikamiz soliq tizimi bilan rivojlangan xorijiy davlatlarning soliq tizimini solishtirish orqali mavjud muammolarni bartaraf qilish borasida imkoniyat yaratiladi.
Har bir davlat o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan soliq siyosati va soliq tizimiga ega. Ushbu qo‘llanmada xorijiy davlatlarning soliq siyosati va soliq tizimidagi o’ziga xoslik o’rganib chiqilgan. Qo’llanmada xorijiy davlatlarning soliq tizimi to’rt guruhga bo’lib o’rganildi, ya`ni: rivojlangan Yevropa davlatlarining soliq tizimi; Shimoliy Amerikaning rivojlangan davlatlari soliq tizimi; rivojlangan Osiyo davlatlarining soliq tizimi va Mustaqil davlatlar hamdo’stligiga a’zo ayrim davlatlarning soliq tizimi.
Ushbu qo`llanmani boshqa adabiyotlar, masalan, Rossiya Fеdеratsiyasida chop etilgan Tyutyuryukov N.N.ning TDIU kutubxonasida mavjud bo‘lgan kitob bilan «Налоговые системы зарубежных стран: Европа и США»-M:, Dashkov va K, 2002 y. qiyosiy tahlil o`tkazganimizda ma'lum bo`ldiki, bu kitobda asosan Yevropa va AQSh davlatlarining soliq tizimi yoritib bеrilgan bo`lib, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan, masalan, Yaponiya, Xitoy, ya'ni Osiyo qit'asiga qarashli davalatlar va MDHga a'zo davlatlarning soliq tizimi qamrab olinmagan. Shu sababli biz yaratgan bu qo`llanmada har bir qit'adan rivojlangan davlatlarning soliq tizimi o`rganib chiqildi va yoritildi. Mazkur qo`llanmaning ikkinchi qismida boshqa rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarning soliq tizimini o`rganib chiqishni oldimizga maqsad qilib qo`ydik.
O`quv qo`llanmada yo`l qo`yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan siz kitobxonlarning fikrini bilish biz uchun juda muhimdir.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling