Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va korporatsiya foydasidan olinadigan soliqlar
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
13.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i va korporatsiya foydasidan olinadigan soliqlar.Ispaniya byudjetining asosiy daromad qismi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ta`minlaydi. 1995 yilda bu turdagi soliqlar Federal byudjet daromadining 38 foizini yoki 5399 mlrd. pesetni tashkil qildi. Ko’pchilik Evropa mamlakatlariga nisbatan Ispaniyada soliqqa tortish bazasi keng bo’lib, oylik ish xaqidan olinadigan soliqdan tashqari, tadbirkorlik va kasbiy faoliyatidan olingan daromaddan, kapital sarmoyadan olinadigan dividend hamda pensiya va ishsizlik uchun olinadigan nafaqalar ham kiradi. Lekin kasallik nafaqasi, davlat stipendiyalari, lotoreya yutuqlari, ishdan bushayotgandagi bir martalik nafaqalar daromad solig’iga tortilmaydi. Soliqqa tortish bazasidan oiladagi har bir bola uchun va 65 yoshdan katta bo’lgan har bir qariya uchun 20 ming pesetgacha chegirib tashlanadi. Shuningdek, bir yillik daromaddan ijtimoiy su g’urta va kasaba uyushmasi uchun to’lovlar summalari 250 ming peset yoki 5 foizdan ko’p bo’lmagan miqdorda chegirib tashlanadi. Dori-darmon uchun hujjatlashtirilgan xarajatlarning bir qismi ham chegirib tashlanadi. Daromaddan soliq hisoblanayotganda ko’chmas mulk qiymatining 2 foizi qo’shib hisoblanadi. Daromad solig’i yakka tartibda yoki oilaviy juft bo’lib to’lanadi. Soliqqa tortilmaydigan minimumi yillik darmaddan birinchi holatda (yakka tartibda) 400 ming peset, ikkinchi holatda (er-xotin) 800 ming pesetni tashkil qiladi. Daromadning o’sib borishini hisobga olib 16 stavkali progressiv shkala joriy qilingan. Uning minimal stavkasi 20 foiz, maksimal stavkasi 56 foizni tashkil etadi. Yakka tartibda fuqaroning olgan daromadi bir yilda 9550 ming pesetdan oshganda; oilaviy juftlikning daromadi 11000 ming pesetdan oshganda eng yuqori soliq stavkasi qo’llaniladi. Ta’kidlash joizki, 16 stavkali daromad solig’ini hisoblab chiqarish ancha noqulayliklar tu g’dirmoqda. Shuni hisobga olib Ispaniyada daromad solig’i stavkalarini qisqartirish to’g’risida takliflar ishlab chiqmoqda. Federal byudjetga tushgan daromad solig’ining 15 foizi hududiy byudjetga o’tkazib beriladi. Korporatsiya foydasidan olinadigan soliq asosiy to g’ri soliqlardan biri bo’lib, uning stavkasi 35 foizni tashkil qiladi. Kooperativlar uchun soliq stavkasi 26 foizgacha kamaytiriladi. Investisiya jalb qilinganda 5 foiz soliq imtiyozi qullaniladi. Qo’shimcha tashkil etilgan xar bir ishchi o’rini uchun soliqqa tortish bazasi 15 ming pesetga kamaytiriladi. Shuningdek, madaniyat sohasiga, ayniqsa kino ishlab chiqarish, ta’lim va kadrlarni kasbga tayyorlash sohalariga sarf qilingan sarmoya uchun ham imtiyozlar belgilangan. Korporatsiya foydasidan olinadigan soliqlar federal byudjet daromadining 8,2 foizni tashkil qiladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling