Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Ko’chmas mulk qiymatini oshirganligi uchun soliqni hisoblash tartibi. Reklama solig’i


Download 1.19 Mb.
bet43/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

12.2. Ko’chmas mulk qiymatini oshirganligi uchun soliqni hisoblash tartibi. Reklama solig’i.


Ko’chmas mulk qiymatini oshirganligi uchun soliqlar 1970-yillarning o’rtalarida joriy qilindi. U soliqlar o’sib boruvchi shkalasi bilan pog’onama-pog’ona qo’llaniladi. Soliqqa tortish ob’ekti sifatida Italiyada ko’chmas mulklarning (bino, inshoot, bo’sh qurilish maydonlari va boshqalar) dastlabki qiymati va pirovard bahosi o’rtasidagi farq xizmat qiladi. Soliqqa tortish mulkni mazkur soliq to’lovchining qo’liga o’tkazish vaqtidan boshlanadi.
Reklama – solig’i mahalliy soliqdir. Bunda reklama e’lonlari va boshqa turdagi reklamalar (jamoat joylardagi) soliqqa tortiladi.
Mamlakatning turli joylarida mahalliy organlarning moliyaviy ahvoliga qarab hamda reklama faoliyatining maqsadi va turlariga ko’ra soliq stavkasi turlichadir.


12.3. Avtotransport solig’i, tamg’a yig’imi, davlat komission yig’imlari.


Avtotransport solig’i ham davlat, ham mahalliy soliq sifatida mavjud. Bu soliqqa avtotransport egalari bo’lgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar tortiladi. Soliq stavkasi silindr hajmi va motor quvvatiga (ot kuchiga) qarab farqlanadi. Jamoat maydonlaridan foydalanganlik uchun soliq mahalliy hokimiyatga qarashli jamoat joylarining hajmi, joylashgan yeri va foydalanish maqsadlariga qarab mahalliy hokimiyat tomonidan o’rnatiladi. Soliq stavkalarini aniqlash uchun jamoat maydonlari sinf va kategoriyalarga ajratiladi.
Tamg’a yig’imi har qanday davlat va ma’muriy dalolatnoma, hujjat va reestrlarni olishda to’lanadi. Uni olish turlicha: tamg’ali qog’oz yoki suv belgisi bor qog’ozlardan foydalanganda, tamg’ali markalarni undirishda, pochta yig’imlarini to’lashda va boshqa to’lovlar. Uning stavkasi hujjat va bitim summasiga bog’liq.
Ro’yxatdan o’tkazish yoki rasmiylashtirish yig’imlari reestr tashkilotlari tomonidan o’rnatiladi va rasmiylashtirish uchun, ya`ni ma’lum dalolatnomalarni davlat reestrlariga yozish uchun xizmat qiladi.
Davlat komission yig’imlari ayrim ma’muriy dalolatnomalariga joriy qilinadi: passport haydovchilik guvohnomasi muzlatkichlarga egalik qilish uchun ruxsatnoma berish va boshqalar. Yig’imlar hujjatlarni berishda va yangilashda amalga oshiriladi. Yig’imlar uchun odatda maxsus markalar qo’llaniladi.
Mahalliy lisenziya yig’imlari jamoat joylarida mavsumiy savdo qilish huquqini olish uchun joriy qilinadi.
Vorislik va hadya qilish uchun soliq ikki qismdan iborat bo’lib, bir vaqtda qo’llaniladi. Birinchi qism yangi mulk egasiga o’tish qiymatiga bog’liq. Soliqqa tortilmaydigan minimum bu yerda 120 mln. lirni tashkil etib, keyin 3 foizli minimal va 27 foizli maksimal stavkali o’sib boruvchi shkala bo’yicha amal qiladi21.
Ikkinchi qism qarindoshliligiga bog’liq bo’lib, er-xotin, bolalari va ota-onalari undan ozod qilinadilar.
Maqsadli yig’imlar ham mavjud. Masalan, maktab uchun soliq yig’imi, davlat yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yig’im va boshqalar.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling