Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Download 1.19 Mb.
bet41/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Qisqacha xulosalar


Xulosa qilib ta`kidlash mumkinki, tizim tanqidchilar bilan bir qatorda tarafdorlarga ham ega bo’ladi. Ular turli yo’nalishdagi siyosatchilar, olimlar, tadbirkorlar, ularning ittifoq va birlashmalari orasidadir. O’z-o’zidan ma’lumki, hukumat va uning tarafdorlari qo’llanilayotgan choralarni ma’qullaydilar, siyosiy oppozitsiya tarafdorlari esa qarshidirlar. Tadbirkorlar bahosi esa ushbu islohot natijasi kimga foyda bo’lishi bilan bog’liq holda farqlanadi. Barcha mutaxassislar nemis soliq tizimi islohoti bo’yicha yetilib bo’lgan choralarni hisoblab, umuman soliq stavkalari pasaytirilishi qo’llab-quvvatlamoqda. Eng muhim bo’lgan soliq islohotini o’tkazish lozimligi va uning asosiy maqsadlari haqidagi munozara 10 yildan ortiq davom etdi. Ammo korxonalar va tadbirkorlarning soliq yukini pasaytirish bo’yicha qat’iy choralar talab qilinadi.
Umuman olganda qo’llanilayotgan choralarga olimlar tanqidiy yondashadilar. Tanqidning mohiyati shundan iboratki, bu choralar Germaniya federal hukumati tomonidan qo’yilgan maqsadlarga erishish imkoniyati yetarli darajada natija bermadi, ya’ni: nemis soliq tizimi va soliq huquqining soddalashuvi yuz bermadi; xalqaro taqqoslashuvda soliq yuki darajasi yuqoriligicha qoldi; tadbirkorlik faoliyati shakliga nisbatan soliqqa tortishning alohidaligiga erishilmadi. Shunday qilib, Germaniyada soliqqa tortishni isloh qilish, ma’lum ma’noda, hukumat va uning dasturi orqali aniqlanadi, o’z davomi va takomillashuvini talab qiladi.


Nazorat va muhokama uchun savollar


1.Germaniyadagi soliq islohotlari qaysi yo’nalishlardan iborat?
2.Moliyaviy tenglashtirish islohoti nima?
3.Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish islohotining maqsadi nimadan iborat va qanday natijalarga erishildi?
4.Germaniyada jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalarining kamayishi nimalarga olib keldi?
5.Korporatsiya va uning aksiyadorlarini soliqqa tortish tizimidagi o’zgarishlar hamda korporativ soliqqa tortish tizimidagi o’zgarishlarning korxona va tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish islohotidagi ahamiyati nimadan iborat bo’ldi?
6. Germaniyada daromad solig’i qanday undiriladi?
7. Paychilik va korporatsiyalar daromadini teng bo’lmagan soliqqa tortish holati qanday muammolarga sabab bo’lmoqda?
8. 2005 yilda soliqqa tortilmaydigan minimum danday miqdorni tashkil etgan?
9. Yerga egalik solig’i kimlardan olinadi?
10. Qurilish solig’iga qanday ob’yektlar tortiladi? Qanday inshootlar bundan mustasno?



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling