Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми
Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish islohoti va erishilgan natijalar
Download 1.19 Mb.
|
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI
11.2.Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish islohoti va erishilgan natijalar.Korxonalar va tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishning fundamental asosiy islohoti, mamlakat jamoatchiligi (ayniqsa siyosiy doiralarda va tadbirkorlar orasida) iqtisodning davomli, jadallashgan rivoji uchun zaruriy chora sifatida qaraldi. Korxonalar va tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish islohoti qatorida Germaniya soliq islohoti quyidagi asosiy yo’nalishlarga ega: oilani qo’llab-quvvatlash choralari (bolalarni taminlash va ularni parvarishlash uchun doimiy chegirmalarni oshirish). 2002 yilda ushbu chegirmalar quyidagilarni tashkil qildi: birta bola uchun doimiy chegirma –35548 yevro (er-xotin uchun); bolaga qarash uchun doimiy chegirma – 2160 yevro (er-xotin uchun); «Ekologik soliq islohoti»ni o’tkazish. Bu erda energiya iste’moli uchun soliqlar kiritish ko’zda tutiladi. Avtomobil yoqilg’isi, mazut va gaz qo’shimcha soliqlar bilan soliqqa tortiladi. Qo’shimcha elektr energiya uchun soliq kiritilgan edi. Bunga zid ravishda federal hukumat pensiya sug’urtasi badalini 0,8%gacha kamaytirdi. Bundan tashqari, 2001 yil dekabrda, Germaniya federal konstitutsion sudi talabiga binoan, moliyaviy tenglashtirish islohoti boshlandi. Moliyaviy tenglashtirish qonuniga asosan 1.01.2006 yildan boshlab, u federal yerlar o’rtasida uzoq muddatli asosda tashkil etiladi, moliyaviy tenglashtirishning yangi tizimi, kuchliroq rag’batlantiruvchi ta’siriga ega bo’ladi, ammo, bu bilan federal yerlarning hamfikr birlashmalari shubha ostiga qo’yilmaydi. Ayni vaqtda moliyaviy «kuchli» federal yerlar bir tomondan va moliyaviy «kuchsiz» federal yerlarning ikkinchi tomondan (birdamlik ko’rsatish bo’yicha) o’zaro majburiyatlariga shunday ahamiyat beriladiki, barcha federal yerlar o’z daromadlarini oshirishga va o’z kuchlariga tayanadilar. Shunday qilib, moliyaviy «kuchsiz» yerlar, tegishli moliyalashtirishga erishish uchun, o’zlarining imkoniyatlari qanchalik etmasa, faqat shunday darajadagina yordam oladilar. O’z navbatida moliyaviy «kuchli» yerlar daromadlarining o’rtacha darajadan oshgan qismigina byudjetga olinadi, xolos. Tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishni isloh qilish maqsadlarini quyidagicha tassavur qilish mumkin. Korxonalar va tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortishni isloh qilishning siyosiy belgilangan maqsadi shunday soliqni yaratishdan iborat ediki, bu soliq, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat`iy nazar, korxonaning xo’jalik faoliyati natijasini soliqqa tortsin. Bu soliq 35% dan oshmasligi kerak edi. Ushbu islohot natijasida: - Germaniya tadbirkorlik faolyatini amalga oshiradigan qulay investitsion davlatga aylanishi kerak; - Korxonalarning investitsion aktivligi oshadi; - Soliq huquqi soddalashadi; - Yevropa va global integrasiya bilan bog’liq o’zgarishlar inobatga olinadi. Germaniyaning moliya vaziri soliq islohoti maqsadini quyidagicha ta’riflaydi: «Islohot maqsadi bo’lib, nemis iqtisodiyotining xalqaro raqobatbardoshligini oshirishdan iborat Xalqaro taqqoslashdagi nominal yuqori soliq stavkalari pasaytirilishi lozim, soliq bazasini hisoblash dunyo standartlariga moslashtirilgan holga keltirishi kerak. Korporatsiyalar va ularning a’zolari — aksiyadorlari uchun kooperativ soliqning yagona stavkasi 25% miqdorida belgilanishi lozim. Xuddi shunday soliq stavkasini sheriklar va xususiy tadbirkorlar uchun kiritishni ko’zda tutayapmiz. Germaniyaning 86% korxonalari nokorporativ shakllarda tashkil etilgan». Bundan tashqari, islohotlar avvalo adolatli soliq tizimini yaratishga olib kelishi kerak. Bu maqsadga eng avvalo, 2005 yilgacha bo‘lgan davr ichida jismoniy shaxslar daromad solig’ini soliqqa tortish stavkalarini sezilarli tarzda pasaytirish natijasida erishiladi. 2005 yilgacha soliq stavkalarining bosqichma-bosqich pasayishi bilan, eng avvalo, Germaniya ichki bozoridagi iste’mol tovarlariga talabining oshishi ko’zda tutilmoqda. Bu bilan nemis hukumati nemis konyukturasi (ahvoliga) yangi impulslar bermoqchi. Korxona va tadbirkorlar faoliyatini soliqqa tortishning isloh qilishni birgalikda olib borish va jismoniy hamda yuridik shaxslar daromadga qo’shilgan talab va taklif shart sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi. 2000 yil 6 iyulda Germaniya Bundestagi tomonidan qabul qilingan korxona va tadbirkorlar faoliyatini soliqqa tortish islohoti 3 bosqichda o’tkazilishi kerak edi: 2001 yilda, 2003 yil va 2005 yilgacha. 2005 yilgacha davr ichida aholi va korxonalarning soliq yukini taxminan 50 milliard nemis markasiga yengillashtirish ko’zda tutilgan edi. Haqiqatda esa aynan kichik va o’rta biznes korxonalari uchun soliq yuki islohot boshida 30 milliard nemis markasiga oshdi chunki moliyalashtirish choralari (soliq bazasini kengaytirish) kuchga kirgan, soliq stavkalarini pasaytirish choralari esa kuchga kirmagan (yoki qisman kuchga kirgan). Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling