Тартибга солинадиган иктисодиёт зарурми ёки эркин бозорми


Yer ostidan qazib olinadigan foydali qazilmalar turiga bog’liq holda, soliq stavkasi quyidagi miqdolarida belgilangan


Download 1.19 Mb.
bet76/103
Sana02.06.2024
Hajmi1.19 Mb.
#1833788
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
portal.guldu.uz-XORIJIY DAVLATLAR SOLIQ TIZIMI

Yer ostidan qazib olinadigan foydali qazilmalar turiga bog’liq holda, soliq stavkasi quyidagi miqdolarida belgilangan



Yer osti boyliklaridan foydalanganlik solig’iga tortiladigan qazib olinadigan foydali qazilmalarning nomi

Soliq stavkasi, %

Neft xom-ashyosi

26

Tabiiy gaz

20

Ruda qazilma boyliklari:




Qora metall

3

Rangli metallar

4

Qimmatbaho metallar (oltin, kumush)

8

Noyob metallar (simob)

4

Noruda qazilma boyliklari:




Tekis toshlar

10

Yuzi silliq toshlar (marmar, gabro)

8

Seolit

4

Barit

4

Keramzit, agloporit

4

G’isht va cherepisa uchun qumlar

4

Vulqon kukuni, pemza

3

Kvarsli qumlar

4

Qurilish uchun qumlar

4

Sement uchun xom ashyo

4

Tosh tuzi

5

Graviya

6

Qimmatbaho toshlar

5

Yodli bromli suvlar

5

Mineral suvlar

8

Nedra solig’i yuqorida sanab o’tilgan soliq stavkalarini yer ostidan qazib olingan alohida turdagi foydali qazilmalarning ulgurji bahosiga qo’llagan holda hisoblanadi. Soliq summasi foydali qazilmalar qazib olingan oydan keyingi oyning 20-kunigacha to’lanadi. Nedra solig’i respublika byudjetiga undiriladi. Qurilish materiallar bo’yicha nedra solig’i esa mahalliy byudjetga to’lanadi. Respublika soliq kodeksiga asosan, QQS to’lovchi sifatida ro’yxatdan o’tmagan korxonalar (aksiz osti tovarlar ishlab chiqargan korxonalar, kredit va sug’urta tashkilotlari, investision jamg’armalar va qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilardan tashqari) soliq solishning soddalashgan tizimi asosida soliq to’lovchisi hisoblanadi. Soliqqa tortish ob’ekti bo’lib, hisobot davrida soliq to’lovchi tomonidan tovarlar va mol- mulklarni yetkazib berish hamda sotish bilan bog’liq bo’lmagan jarayonlardan olingan umumiy daromad hajmi hisoblanadi. Yagona soliq to’lovchilar QQS, daromad solig’i, yer solig’i va mol-mulk solig’i to’lamaydilar. Yagona soliq stavkasi jami tushum hajmidan ikki foizni tashkil etadi. Hisobot davrida hisoblangan soliq har chorakda byudjetga o’tkaziladi.


Davlat bojlari quyidagi hollarda undiriladi: sudga da’vo arizasi berilgan, notarial jarayonlar o’tkazilganda, fuqarolik holati bo’yicha ro’yxatdan o’tishda, chet elga chiqishni rasmiylashtirishda hamda taklifnomalar, shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar olishda, fuqarolikni qabul qilish va undan chiqishda, patentlar berilganda, ov qilishga ruxsat berilganda, yuridik shaxslarni ro’yxatdan o’tkazganda va qayta ro’yxatdan o’tkazganda, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanish uchun lisenziya berilganda hamda qimmatli qog’ozlar emissiyasi prospektini ro’yxatdan o’tkazishda. Boj stavkalari Ozarbayjon respublikasi hukumatining maxsus qarorlari bilan aniqlanadi. Alohida boj turlari uchun ayrim imtiyozlar ko’rsatilgan. Jumladan, ish haqi va ishga joylashish bo’yicha da’vo arizalari berilganda, moddiy zararni qoplashda va boshqa holatlarda. Ko’rsatilgan bojlardan tashqari respublika hududida qishloq xo’jalik mahsulotlari hamda boshqa mahsulotlarni bozorlar, yarmarkalar va boshqa joylarda sotuvini amalga oshiradigan jismoniy shaxslardan bir martalik boj to’lovlari undiriladi. Bir martalik bojlar soliq to’lovchiga tegishli patta berilganda naqd pulda undiriladi. Barcha bojlar miqdori daromad solig’iga tortilmaydigan minimal oylik ish haqi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ozarbayjonda davlat pensiya jamg’armasi faoliyat ko’rsatib, uning mablag’lari pensiya va boshqa davlat nafaqalarini to’lash uchun yo’naltirilgan. Bundan tashqari pensiya fondidan aholining alohida guruhlari uchun turli nafaqalar va kompensasiyalar to’lanadi. Fond mablag’lari ijtimoiy sug’urta solig’i va davlat byudjeti mablag’lari hisobidan tashkil topadi. 1993 yilgacha ijtimoiy sug’urta solig’i stavkasi ish haqi fondining–40 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 1993 yildan boshlab–35 foiz, 2000 yilda – 33 foiz, 2001 yildan boshlab esa– 30 foizni tashkil qiladi.



Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling