Тасаввуф фалсафаси
Download 0.55 Mb.
|
Begmatova Kamolaning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan
Shunday qilib, toʻrtinchi xususiyat – tasavvufda Ilohiy ishq orqali poklanish va pok Parvardigor vasliga yetishish gʻoyasidir (yaʼni Inson va Ilohning qorishib, qoʻshilib ketishi gʻoyasi). Parvardigor – bir Ideal, Uning olami Mutlaq poklik olami. Shuning uchun inson ham batamom pok boʻlgandagina bu olamga erisha oladi. Pok boʻlish uchun esa qalbda shu poklik timsoli ulugʻ Tangriga behudud va ado boʻlmas muhabbat boʻlishi kerak. Bu muhabbat mavhum bir tuygʻu emas.Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam boʻldi. Bu ehtiyoj, orzu kuchli zavq va ishtiyoqni, oʻzini unutish va bexudlikka olib borgan Ishqni keltirib chiqaradi. Beshinchidan, tasavvufdagi ontologiya, yaʼni borliq haqidagi qarashlar ham irfoniy muhabbat tushunchasi bilan bogʻliq ekanligini sezish mumkin. Olaylik oʻsha tasavvufda keng tarqalgan vahdatul vujud taʼlimotini. Bu taʼlimotga binoan, Xudovand olamlarini Oʻz jamoli va kamolini namoyish etish uchun yaratdi. Yaʼni U Oʻz husnini tomosha qilish uchun oʻziga koʻzgu yaratdikim, bu bizni oʻragan moddiy olamdir.Beshinchidan, tasavvufdagi ontologiya, yaʼni borliq haqidagi qarashlar ham irfoniy muhabbat tushunchasi bilan bogʻliq ekanligini sezish mumkin. Olaylik oʻsha tasavvufda keng tarqalgan vahdatul vujud taʼlimotini. Bu taʼlimotga binoan, Xudovand olamlarini Oʻz jamoli va kamolini namoyish etish uchun yaratdi. Yaʼni U Oʻz husnini tomosha qilish uchun oʻziga koʻzgu yaratdikim, bu bizni oʻragan moddiy olamdir.Ammo, bu koʻzguning javhari – inson qalbidir. Boshqacha qilib aytganda, Parvardigor inson qalbida Oʻzini koʻradi. Demak, olam – muhabbat mahsuli, inson – Xudoning eng sevgan maxluqi. Shunday ekan, muhabbat, intilish ikki tomonlama – biz Xudoga intilamiz va xudo bizga tavajjuh etadi. Oshiq va maʼshuq tushunchalari bir-biri bilan almashib, qorishib ketadi. Vahdatul vujud taʼlimotining ikkinchi qismi – tajalliy nazariyasiga koʻra, butun olam Zoti azaliy nurining porlashidan mavjudlik topadi. Harakat va bogʻlanishlar, vobastaliklar, hayot jilolari shundan. Inson buni idrok etsa oʻz Rabbini tezroq taniydi. Demak, yana inson bilan bogʻliq qilib tushuntiriladi.Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling