Тасаввуф фалсафаси

Download 0.55 Mb.
bet4/5
Sana24.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1293210
1   2   3   4   5
Bog'liq
Begmatova Kamolaning Falsafa va madaniyatshunoslik fanidan

Vahdatul vujud taʼlimotining ikkinchi qismi – tajalliy nazariyasiga koʻra, butun olam Zoti azaliy nurining porlashidan mavjudlik topadi. Harakat va bogʻlanishlar, vobastaliklar, hayot jilolari shundan. Inson buni idrok etsa oʻz Rabbini tezroq taniydi. Demak, yana inson bilan bogʻliq qilib tushuntiriladi.

Vahdatul shuhud tarafdorlari esa Ibn Arabiy nomi bilan bogʻliq vahdatul vujud taʼlimotini isloh qilib, uni yana ham insonga yaqinlashtirib talqin etadilar. Yaʼni, olam vujudining yagonaligi emas, balki olam yagonaligini mushohada etish birinchi rejaga olib chiqildi. Parvardigor inson qalbida aks etib, oʻzidan shohidlik beradi yoki oʻzini-oʻzi mushohada etadi. Maʼlum boʻladiki, inson qanchalik kamolga erishsa, poklanib, ilohiylashib borsa, unda ilohiylik sifatlari koʻpayib boraveradi va oxir-oqibatda u Mansur Halloj kabi “Anal haq” (“men haqman”) deyishga haqli boʻla oladi.

Tasavvufning “falsafalashish” davri boʻlmish XII-XIII asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif soʻfiylar yetishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bogʻlovchilar deb aytamiz. Chunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid Muhammad Gʻazzoliy, Farididdin Attor, Aynulquzot Hamadoniy, Aziziddin Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam haqida oʻylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va maʼno, aql va ruh, makon va zamon, inson tiynati xususida koʻplab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pogʻonaga koʻtardilar.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling