Tasavvuf namoyondalarining islom dini
Download 433.82 Kb. Pdf ko'rish
|
tasavvuf-namoyondalarining-islom-dini-madaniyatidagi-o-rni-so-fiylar-silsilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784
MUHOKAMA VA NATIJALAR
XV asrda yashagan alloma olim Husayn Voiz Koshifiy “Futuvvatnoma” asarida tasavvuf so‘zi haqida bunday yozadi: “Ba’zilar bu so‘z islom paydo bo‘lgandan keyin kelib chiqqan deydilar. Ammo ma’lum bo‘lishicha, tasavvuf so‘zi islomdan oldingi zamonda ham bo‘lgan ekan. “Unsul so‘fiya” kitobida birinchi bo‘lib “so‘fiy” degan nomni olgan odam Odam Oto farzandlaridan biri-Shish edi deb naql qilinadi. Uning liboslari yashil suf (jun mato)dan ekan va Shishdan keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni “so‘fiy” deydigan bo‘ladilar. O‘zini shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli deb yuritadilar”. 4 Ali bin Usmon al-Jullobiy “Kashf ul-mahjub” kitobida tasavvuf tarixini islom dini bilan bog‘lasa, keyingi mutasavvif shayx Abulhasan Nuriy “tasavvufni nafsni 1 Маҳмуд Асъад Жўшон. Юнус Эмро ва тасаввуф. - Тошкент: “Фан”, 2001. 8 б. 2 Комилов Н. Тасаввуф. - Т.: “Movarounnahr”-“O’zbekiston”. 2009, Б. 10. 3 Муҳаммад Нуруллоҳ Сайдо ал-Жазарий. Тасаввуф сирлари. – Т.: Мовароуннаҳр, 2000. – Б.4. 4 Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. - Термиз.: 2007, Б.8. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 646 w www.oriens.uz October 2021 tark etish va nafs balosidan qutulish” deb hisoblaydi va so‘zining pirovardida muallif yana ta’kidlab o‘tadi: “Tasavvuf rasmiyatchilik emas, axloqdir. U ozodlik vositasidir va bu vosita ila bandalar hoy-u havas bandidan ozod bo‘ladilar”. 5 Tasavvufning g‘oyasi - Janobi Haqning roziligiga erishmoq uchun nafsni poklab, go‘zal axloq egasi bo‘lishga intilmoq, ya’ni Alloh va Rasulining xulqi bilan axloqlanishdir. Bu yo‘lga kirgan odamning qalbi Allohga oshiq bo‘ladi va u qalbiga bu ishqdan boshqa hech narsa sig‘maydi, Yaratganning jamiyki maxluqotlariga muhabbat nazari bilan boqadi. O‘zida Allohning ishqidan o‘zgasini sig‘dira olmagan qalb endi nafsning so‘ziga kiradimi, uning so‘ziga kirib yomonlik qila oladimi, ozor bera oladimi?! Aslo! U nafsni batamom yengadi! Nainki jonga ozor bera oladi, buni hatto tasavvur qilolmaydi, chunki endi uning qalb dengizi faqat va faqat Yaratgan ishqi bilan limmo-lim bo‘ladi. Yetuk so‘fiylarimiz, jumladan, So‘fi Olloyor aytib o‘tgan, “Shariat istasang, o‘ldir ilonni, Tariqat istasang, og‘ritma jonni 6 ” misralari bunga yorqin misolidir VI, VII, VIII asrlardan, ya’ni tasavvuf jarayonining shakllanishidan boshlab islom davrida birinchi so‘fiylar paydo bo‘lib, ular mazkur oqimning ilk namoyondalari sifatida mashhur bo‘ldilar va bu davrda tasavvuf oqimi zohidona shaklda namoyon bo‘ldi. O‘z navbatida bu oqimning so‘fiylari zohid va obid kishilar edi. Ulardan ba’zilari halqalar egasi ham bo‘lishgan. Tasavvuf xalqalari ilk bor al- Jullobiy tomonidan tasnif etilgan bo‘lib, bu tasnifda xalqalarning har biri barobarida uning kashfiyotchisining nomi ham zikr etiladi. Bu nomlar so‘fiyona silsilalar g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, ular orqali ma’rifat jarayonidagi xalqaning ahamiyati va ta’siri ta’kidlanadi. Tasavvuf tarixida bir yuz sakson silsila ma’lum bo‘lgan. Ammo biz ushbu maqolamizda eng ko‘zga ko‘rinadiganlarini keltirib o‘tamiz. XI asrgacha 12 ta so‘fiyona silsila – Muhosibiya, Qassoriya, at-Tayfuriya, al-Junaydiya, an- Nuriya, as-Sahliya, al-Hakimiya, al-Xarroziya, al-Xafifiya, as-Sayyoriya, Hululiya, Hallojiya xalqalarining har biri o‘zining minglab tarafdorlarini paydo qilgan, haqiqiy so‘fiyona xalqalar sifatida shuhrat topgan edi. Xalqalar tariqat va ma’rifat doirasida shakllanib, solik-so‘fiyning haqparastlik yo‘lidagi g‘oyasini aks ettirgan. X asrdan so‘ng ular yanada rivoj topdi va natijada Mavlaviya, Saidiya, Jahriya, Kubroviya, Qodiriya, Naqshbandiya kabi silsilalar vujudga keldi. Undan keyingi davrlarda Abduxoliq G‘ijduvoniy, Dahbediylar sulolasi Naqshbandiya tariqatini yetuk namoyondalari sifatida butun islom olamida shuhrat topgan va o‘z davrida Temuriylar saltanati siyosatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Nutqimizga isbot 5 Абдуллаев А. Тасаввуф ва унинг намоёндалари. - Термиз.: 2007, Б.9. 6 https://www.bbc.com |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling