Таsavvuf nazariyotchilari. Таsavvuf falsafasi va uning Markaziy Osiyodagi oqimlari


Мirzo Bedilning ijtimoiy-falsafiy qarashlari


Download 27.11 Kb.
bet4/7
Sana07.03.2023
Hajmi27.11 Kb.
#1245508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Таsavvuf nazariyotchilari

Мirzo Bedilning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug‘ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug‘ri keldi. Bedil ko‘p asarlar yozib qoldirdi: «Chor unsur» («To‘rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («ma’rifat»), «Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar.

Borliq haqida ta’limot. Bedil Sharq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) an’anasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. U panteistik aqidaga ega bo‘lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi: - «Barcha ashyolarda ularning bo‘lakchalari o‘zgarganligi sababli, yangi narsa kelib chiqadi: - bu ajoyib sirli hodisa zaruriyat yuzasidan ro‘y beradi, bu zaruriyat ashyolarning o‘zida va ular orasidagi o‘zaro munosabtalarda mavjud bo‘ladi. Masalan, yog‘, pilik, va olovning bir-biriga qo‘shilishidan zaruriy ravishda yorug‘lik kelib chiqadi»19. Dunyo o‘zgarishda va doimiy harakatdadir. Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni oladi.
Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo‘lsa, shakl qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo‘lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»20. Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to‘xtaydi. Uning fikricha, inson o‘z hatti -harakatlarida erkindir. Uning o‘zi qanday ish tutishligini belgilashi lozim. Bedil tabiiy zaruriyatni, tabiat qonunlarini tan oladi. Ikkinchi tomondan, u zaruriyatni ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, deb qaraydi. Bedil sufiylarning tarki dunyochilik g‘oyalarini, taqdiri azalga ishonish nazariyasini tanqid qiladi. U Hindistonda keng tarqalgan tanosux - ruhni ko‘chib yurishi haqidagi aqidaga tanqidiy munosabat bildiradi, dinning ba’zi qoidalariga shubha bilan qaraydi. Bedil fikricha, dunyoning va insonning kelib chiqishi quyidagicha: -
Xudo tuproq, suv va olovni birga qo‘shdi,
Hazillashib tartibga soldi.
Undan o‘simlik o‘sib chiqdi.
Rivojlanishda davom etib hayvonga aylandi,
Og‘izni nutq uchun ochib-inson bo‘lib qoldi.

Bilish nazariyasi. Bilishning birinchi bosqichi tashqi his-tuyg‘u yordamida amalga oshadi. Aql, tafakkur bilishning mukammalroq bosqichidir. Faylasuf hissiy va aqliy bilishni yagonalikda va o‘zaro aloqadorlikda qaraydi. U aqlga katta ahamiyat beradi: «Tafakkur sirli ma’noni tushundi, hukm ishning kelib chiqish va oqibatini idrok etdi. Agar aql uni ozmagan bo‘lsa, hech kim hech narsani ko‘rmadi»21. Aql bilan bilib olingan barcha narsa, insonga berkdir». Dunyoni aqlan bilishda ilm-fan katta ahamiyatga ega:
Ilm qalamini qo‘lingga olmaguningcha,
Hech qanday ashyoning tasvirini chiza olmaysan.
Ilmdan boshqa nimaiki yozilgan bo‘lsa,
Be’manilikdan boshqa hech narsani anglatmaydi.
Ilm hamma yerda –aqliy me’yorlarga kafillikdir,
G‘alaba – faoliyat dalilidir22.
Borliqni tushunib yetishda, tabiat sirlarini bilishda falsafa muhim o‘rin tutadi. Falsafa –bu hikmat, u ilm-fan sirlarini ochadi, ruhning ashyolarga bo‘lgan munosbaatini o‘rganadi.

Маshrab
Boborahim Mashrab (1657-1711) yirik o‘zbek shoiri va mutafakkiri edi. U Namanganda tavallud topdi. U Qashg‘ar, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qarshi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida, Hindiston va Yaqin Sharqda bo‘ldi.
Shoir qaerda bo‘lmasin, dinning va tasavvufning asosiy qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan hatti - harakatlarini keskin tanqid ostiga olib, o‘z she’rlarida ular ustidan kulganligi uchun ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi.
Mashrab hayotining so‘ngggi yillarida Balx shahriga (hozirgi Afg‘onistonda) keladi. O‘zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori Mahmudxon farmoniga binoan qatl etiladi. Uning qabri Xonobod shahrining janubidagi Ishkoshim qishlog‘idadir (Afg‘oniston). Boborahim Mashrab katta ijodiy meros qoldirdi. Unga taalluqli «Mabdai nur» («Nur asosi») dostoni, «Devoni Mashrab» to‘plami, ko‘plab ruboiylar, g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar xalq orasida keng tarqalgan.
Boborahim Mashrab mumtoz adabiyotimiz buyuk namoyandalarining ilg‘or an’anlarini o‘rganib yirik shoir bo‘lib shakllandi, kamolga yetdi. U qoldirgan merosda, birinchi navbatda, ishqiy mavzudagi g‘azal-muxammaslardan ana shu an’analarning barakali ta’sirini aniq kuzatish mumkin. Mashrabning ijodiy kamolotida, ayniqsa, Navoiy merosining ijobiy ta’siri katta bo‘ldi.
Bobrahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Mutafakkir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom ta’limotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblagan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim ko‘rsatma-talablarini, farz-sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham ko‘zga tashlanadi, ayrim diniy rukn-tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masxaraomuz munosabat ancha-muncha uchraydi.
Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag‘zi shoirning quyidagi qat’iy e’tirofida nihoyatda yaqqol va lo‘nda ifodalangan:
-Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,
Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?!
Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini ta’riflash, orzu-umidlari, shodlik-kuvonchlari va g‘am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ishq-muxabbatni ulug‘lash, go‘zal yorni-ma’shuqa xusnu latofatini ta’riflash, oshiqning sevgi-sadoqatini ishonchli tasvirlash jarayonida tahlil etiladi.


Download 27.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling