Таsavvuf nazariyotchilari. Таsavvuf falsafasi va uning Markaziy Osiyodagi oqimlari
Download 27.11 Kb.
|
Таsavvuf nazariyotchilari
Таsavvuf nazariyotchilari. Таsavvuf falsafasi va uning Markaziy Osiyodagi oqimlari Tasavvuf islom olamidagi xalqlarning ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’naviy hayotida keng tarqalgan, eng murakab hamda o‘zaro ziddiyatlarga to‘la g‘oyaviy oqimlardan biri sanalib, paydo bo‘lishining birinchi asrlarida (IX-X) bid’at ta’limotlar qatoriga qo‘yilgan, uning targ‘ibotchi va tashviqotchilari beayov quvg‘in etilgan, ba’zilari shafqatsiz qatl etilgan. Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, tasavvuf, arabcha «suf» so‘zidan sufiy so‘zi yasalgan. Sufiylar – aksar qo‘y junidan to‘qilgan chakmon yoki po‘stin kiyib yuruvchi darveshlardir. Tasavvufning yirik nazariyotchilari orasida quyidagilar alohida o‘rin tutadilar: Robi’a (VIII asr), Ibrohim ibn Adham (VIII asr), Boyazid Tayfur al-Bistomiy (vaf. 875-878), Abu Bakr ash-Shibli (X asr), Husayn ibn Mansur al-Halloj (922 y. qatl et.), Farididdin Attor (vaf. 1230), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Qodiriya tarikatining asoschisi Abdul Qodir al-Jiloniy yoki Giloniy (1077-1166), Kubraviya tariqatining asoschisi Nadmiddin al-Kubro (1145-1221), Ibn al-Arabiy (vaf.1260) va boshqalar. Taqvodorlar yuragi billur kabi shaffof, «gunohkorlar» yuragi esa «zang» bilan qoplangan va haqiqatni eshitishga kar. Yuraklarni «rahmdil» qilish yo‘li, ularni ilohiy bilimlarni qabul qilishga va dunyoviy hirslardan, istaklardan nafratlanishga tayyorlash tasavvufning bilish nazariyasi, ruhshunosligi va amaliyotining mavzusini tashkil etadi. Payg‘ambar risolati haqidagi ta’limotda (nubuvvat) «Muhammad qalbi» (shuningdek, keyingi davr tasavvufida «Muhammad ruhi») nur chiqaruvchi manba bo‘lib, odamlar hali badan shakliga kirmasdan oldin, ular ruhini nurafshon qilgan. Yurak (qalb) tushunchasi tasavvufda zikr bilan yaqindan bog‘liqdir: haqiqiy zikrning quroli faqat til (zikr al-lison)gina emas, balki inson badanining butun a’zolari bo‘lib, oxirida ulardan eng muhimi sifatida yurak (zikr al-qalb) tan olinadi. Qalb orqali amalga oshiriladigan zikr natijasida Alloh sufiy yuragidan «joy oladi» va uning barcha hatti-harakatlarining yagona kuyiga aylanadi; sufiy ilohiy siymoga aylanadi. Yurak (qalb) dunyoda Xudoni sig‘dirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyat hisoblanadi. «Qalbshunoslik»ning tasavvufiy unsurlarini umumlashtirgan G‘azzoliy, ayni bir vaqtda yurakni tabiiy badan (lahm) sifatida ham ifodaladi, ya’ni kalb o‘zida inson tabiatining oliy va quyi jihatlarini birlashtiradi. Bir tomondan, istak va ehtiroslar, ikkinchidan badan qismlari, yurak yashashini qo‘llab-qo‘ltiqlash uchun zarur va shuning uchun «qalb qo‘shig‘ini» (junud al-qalb) deb ataydilar. G‘azzoliy qalbni insonning hatti-harakatini aks ettiruvchi ko‘zguga o‘xshatadi: ezgu ishlar qalbni «sayqallashtiradi», uni Xudoni mushohada qilishga va u bilan aloqa bog‘lashga yaqinlashtiradi, buning aksi o‘laroq, yomon ishlar uni «xiralashtiradi» va uzoqlashtiradi. Ibn Arabiy fikricha, inson yuragi shunday joyki, yagona ilohiy Mutlaqning ikki bir-biriga keskin karama-karshi bo‘lgan tomonlari: ruhiy va moddiy uchrashadilar. Ba’zi sufiylar hamda shialar yurakda Qur’ondagi ma’nolar «yashiringan» vahiy va his-tuyg‘udan yuqori turgan bilimlarni anglash a’zosini ko‘rdilar. Shialar «qalbiy bilim»ni (ma’rifai qalbiya) o‘z imomlarining afzalligi hisobladilar, boshqa sufiylar esa – «sirli qutb» va muqaddas sufiylar (avliyo) qalbi deb bildilar1. Tasavvuf Markaziy Osiyoda keng tarqalgan edi. U ayniqsa G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy (XI asr), Sulaymon Boqirg‘oniy (XII asr), Bahouddin Naqshband va boshqalar nomi bilan bog‘langan. Download 27.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling