Section: philosophy
Download 394.58 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya.
- Kalit so’z
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» SCIENCECENTRUM.PL ISSUE 5(39) PART 2 ISBN 978-83-949403-3-1 166 SECTION: PHILOSOPHY Bahronova Dilnora Alisher qizi BuxDU filologiya fakulteti talabasi (Buhara, Uzbekistan) TASAVVUFDA VAHDAT UL – VUJUD FALSAFASI Annotatsiya. Ushbu tezisda tasavvuf adabiyotidagi vahdat ul-vudut ta’limoti xususida so`z yuritilgan. Vahdat ul-vujudga erishgan, Mutlaq ruh bilan birlik hosil qilgan mutasavvuflar va ularning tasavvufdagi darajasi haqida ma’lumot berilgan (Ibn Arabiy, Boyazid Bistomiy va Mansur Halloj). Shuningdek, bu ta’limotga oid qarashlar va g`oyalar keltirilib, vahdat ul-vujud haqida dasturilamal bo`lgan “Lison ut-tayr” dostoni qisqacha sharhlangan hamda undagi vahdat falsafasiga oid qarashlar mazmuni izohlangan. Kalit so’z: Vahdat ul - vujud, kull, juz, Mutlaq ruh, “Analhaq”, Ibn Arabiy, Boyazid Bistomiy, Junayd Bag`dodiy, Mansur Halloj, “Lison ut-tayr”, hudhud, Simurg` Oshiqning qalbiga tushgan ilohiy ishq uni turli musibatlarga giriftor qiladi, u bu bedavo dard qiynoqlaridan, ya’ni hajr o’tidan oh – nola qiladi, yaqosin chok qilib, olamni kuydirar darajada afg’on chekadi. U ma’shuq hajrida qancha azob tortsa ham, bu azoblar uning uchun rohatdek go’yo. Oshiq mana shu hajr o’tida bir – bir qovuriladi va shu jarayonda u maqom va holning darajalarini bosib o’tadi, nafs otin zabun qiladi, oxiri ko’zlagan maqsadiga erishadi. Uning ko’zlagan maqsadi – ma’shuqaning visoliga erishish va u bilan birlik hosil qilish. Bu birlashish tasavvufda vahdat ul – vujud deb ataladi. Ya’nikim oshiq va ma’shuqning birlashishi, kull (Mutlaq ruh) va juz (inson ruhi)ning birlik hosil qilishidir. Mana shunday asl maqsadiga erishgan oshiqlar timsoli Mansur Hallojdir. Uning “Analhaq”lik da’vosi ham vahdat ul- vujudga erishganligining yorqin isbotidir. Uning fikricha, Mutlaq ruhga yetishish va vahdat hosil qilish uchun ishq olovida yonish, parvonadek o’zni o’tga urish kerak. Inson vujudi mohiyatni yashirgan devor kabidir, agar oshiq shu devorni olib tashlasa, fano vodiysiga erishadi. Mohiyatni anglamoq uchun moddiyat va foniylik qobig’ini yorib chiqmoq kerak. Husayn Mansuri Halloj ana shu qobiqni yorib chiqa oldi, fano vodiysiga yetdi va baralla “Analhaq” (“Men Haqman, Alloh mendadir”) dedi. Ammo bu so’zlar shariat ahli tomonidan kufr sanalib, mohiyatni anglamagan johillar Mansur Hallojni ayanchli tarzda o’ldirishdi. Hatto u vafot etganidan keyin ham qishda kuli sovurilgan daryo toshdi, chunki ishq dardini va Mansurdagi oshiqlik darajasini uning o’zidan boshqa hech kim ko’tarolmas edi. Bu toshgan daryoni Mansurning “o’zi” iziga qaytardi (Zunnun Mansurning qatl oldi qilgan bashoratiga binoan, uning kulidan bir hovuch olib qo’ygan edi. Zunnun “Yo Mansur” deb shu kulni daryoga tashlaganda, daryo orqasiga qaytib, xalq omon qoladi). Bundan ko’rinadiki, o’z taqdirini oldin ko’ra olgan va o’z qismatini bashorat qilgan, o’lmasdan burun o’lgan (“Mutu qabla an tamutu”) Mansur Halloj chin ma’noda “Analhaq” edi. Mansur Halloj ham shunday ulug` rutbada bo`lishiga qaramay, bir kecha – kunduzda to`rt yuz namoz o`qir edi. Bu haqda Attor Download 394.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling