Section: philosophy


«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS»


Download 394.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi394.58 Kb.
#1056828
1   2   3
«MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» 
SCIENCECENTRUM.PL 
ISSUE 4(38) PART 2 
ISBN 978-83-949403-3-1 
 
167
shunday yozadi: “Halloj bir kecha - kunduzda to`rt yuz rakat namoz o`qirdi … zindonda esa bir 
kecha - kunduzda ming rakat namoz qilardi”. 
Husayn Mansuri Halloj vahshiylarcha o`ldirilgan bo’lishiga qaramay, o`z davrining 
mutasavvuflari tomonidan uning haqligi va uning “analhaq”lik da’vosi hamda uning oliy 
darajada ekanligi tan olingan, ammo ular shariat ahli oldida o`z fikridan qaytishgan. Alisher 
Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarida keltirilgan ma’lumotga ko`ra, Shayx Abusayid 
Abulxayr Mansurning ulug` holda ekanligini hamda uning zamonida mag`ribdan mashriqqacha 
hech kim Mansurdek darajada emasligini ta’kidlab o`tgan. Shayx Abu Abdulloh Hafif uni “imomi 
rabboniy” degan. 
Chunonchi, Boyazid Bistomiy ham “Subhoniy, subhoniy, a’no shoniy” (“Sharafliman, 
maqtalganman, shon-u sharaf mengadir”) hamda “Po’stinim ichida xudodan o’zga narsa yo’q” 
degan so’zlarni aytganda, uning siymosida vahdat ul - vujudga erishgan juzni ko’rish mumkin. 
Al – Jullobiy aytganidek, Boyazid Bistomiy tasavvufning raisi a’zami va kiborlaridan edi. Boyazid 
Bistomiy muhabbat mayidan behud bo`lgan, Alloh ishqida o`zini unuta yozgan orifdir. “Nasoyim 
ul-muhabbat” asarida keltirilishicha, Boyazid Bistomiy namoz o`qisa, ko`ksining so`ngaklaridan 
“Alloh, Alloh !” degan ichki tovush baralla chiqqan. Demakki, Boyazid Bistomiy ham vahdatga 
erishgan va butun vujudi ila Alloh zikrini qilgan (Bu xuddi ishq o`tining chin jununi Qaysga 
o`xshaydi. Majnun ham Laylining ishqi o`tida toblana-toblana, oxiri “Men Layloman”, deb 
yuboradi, uning butun tanasidan Layli nomi chiqadi). Ishqda Boyazid Bistomiy mastona sukr 
darajasida bo`lsa, Mansur Halloj analhaqlik mojarosida, isyonkorona darajada bo`lgan. 
Shuningdek, Ibrohim Adham, Shayx Shibliy, Imomiddin Nasimiy, Jaloliddin Rumiy, 
Farididdin Attor kabi qator mutasavvuflar ham Mutlaq ruhga talpinish yo’lida maqom va 
holning turli yo’llarini bosib o’tgan chin oshiqlardir. Ular orasida Mansur Hallojning “Analhaq” 
lik ta’limotidan o’sib chiqqan mutafakkir mutasavvuflar ham bor.
Vahdat ul- vujudga yetishtiruvchi xarita, bu yo’lda oshiqqa qo’yilgan talablar va qilish 
zarur bo’lgan amallar ko’rsatilgan mundarija Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidir. 
Tasavvufiy mavzuda yozilgan ushbu dostonning tag zamirida Allohga yetishish va o’zlikni 
anglash mohiyati yotadi. “Lison ut-tayr” majoziy xarakterda yozilgan dostondir. Dostonda 
qushlar safarga otlanadi va o’ziga yo’lboshchi qilib hudhudni tanlashadi, oliy maqsadlari 
Simurg’ni izlab topish va uning vasliga erishish. Dostonda keltirilgan qushlar ramziy ma’noda 
odamlardir, Simurg’ intilish orqali esa Allohga intilish ishorat qilingan. Qushlarga Hudhudning 
yo’lboshchi sifatida tasvirlanishi Sulaymon alayhissalom bilan bog’liq, ya’ni Sulaymon zamonida 
shohga barcha xabarlarni yetkazuvchi, Sulaymon alayhissalomning elchisi, aqlli va dono qush 
hisoblanadi. Ushbu dostonda ham Hudhud murshidi orif sifatida, boshqa qushlar esa murid 
sifatida tasvirlanadi. Yo’l safarida qushlar ko’p nola – fig’on qiladi, o’z holatidan noliydi va bu 
qushlarning har biriga Hudhud javob beradi hamda holatini ochib beruvchi hikoyat aytadi. 
Qushlardagi nuqsonlarni ochib berish orqali Alisher Navoiy insonlarda haq yo’lidan ozdiruvchi, 
maqsadga erishish yo’lida to’siq bo’luvchi kamchilik va illatlarni qattiq qoralab, ularni illatlar xoli 
bo’lishga hamda komil inson bo’lishga undaydi. Chunonchi, Alisher Navoiy To’tini xudparast, 
xudbin (o’zini yaxshi ko’ruvchi) inson, Tovusni o’z suratiga oshiq, o’ziga mahliyo inson, Bulbulni 
soxta oshiq, Qumrini o’zini bechorahol ko’rsatib, safardan qaytmoqchi bo’lgan inson sifatida, 
Kabutarni makr va hiylagar, tanbal va ishyoqmas kishi, Qarchig’ayni jahl va g’aflat aro tuban 
inson sifatida gavdalantiradi (hamda har bir qushda insonlarning bir illatini qoralaydi va ularga 



Download 394.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling