Tasavvuf psixologiyasi va uning shaxs tarbiyasidagi o’rni toirova Munavvar Murodulloyevna


Download 340.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi340.98 Kb.
#1643819
  1   2
Bog'liq
tasavvuf-psixologiyasi-va-uning-shaxs-tarbiyasidagi-o-rni (1)



- 147 -
5. Malika Ortikova and Alisher Sanaev. «Human Quality: Signs». Contemporary 
Innovation Assessment by Problems and Trends: Solutions and Perspectives 1.1 (2022): 
415-419.
6. PN Ustin, KB Murotmusayev «Psychological adjustment factors of first-year 
students» Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences. Brussels, Belgium - 
2022. P 115-121 https :// geniusjournals . org / index . php / ejhss / index 
TASAVVUF PSIXOLOGIYASI VA UNING SHAXS 
TARBIYASIDAGI O’RNI
Toirova Munavvar Murodulloyevna
BUXPXTI 2-bosqich magistri
Annotatsiya: Maqolada tasavvuf ta’limoti va uning shaxs shakllanishiga 
psixologik ta’siri haqida ma’lumotlar berilgan.Tasavvuf ta’limotida shaxsning irodaviy 
jarayonlarini tarbiyalash orqali komil inson g’oyasini ilgari surilgan.
Kalit so’zlar: tasavvuf, shaxs, nafsnitarbiyalash, tarkidunyo.
Аннотация: В статье представлена информация об учении суфизма и 
его психологическом влиянии на формирование личности В учениях суфизма 
выдвигается идея совершенного человека путем тренировки волевых процессов 
человека.
Ключевые 
слова: 
суфизм, 
личность, 
самосовершенствование, 
мироустройство.
Abstract: The article provides information about the teachings of Sufism and its 
psychological influence on the formation of a person. In the teachings of Sufism, the idea 
of a perfect person is put forward by training the volitional processes of a person.
Key words: Sufism, personality, self-cultivation, world order.
Tasavvuf madaniyatimiz tarixidagi g‘aroyib bir fan bo‘lib, o‘ziga xos yo‘nalish 
va an’analarga egadir. U ko‘pincha adabiyot va falsafa g‘oyalarini irfoniy tarzda, ya’ni 
ma’rifiy qiyofada aks ettiradi, shu bois ba’zan mazkur ilmlar qatorida tilga olinib, ularning 
global bir qismi sanaladi. Masalan, X asrdan boshlab tasavvuf professional she’riyat 
g‘oyalari bilan qo‘shilib ketib, uning bir yo‘la mazmunini aks ettirdi, adabiyotning eng 
go‘zal va nafis tuyg‘usi-orifona yo‘nalishini boshlab berdi.
Shu bilan mumtoz adabiyotimiz mundarijasi bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. 
Jumladan, adabiyotning maddohlik, diniy-mazhabiy, qahramonlik, ilmiy va siyosiy 
yo‘nalishlari rivoj topgan bir paytda, uning ma’rifatomuz va pand-axloqqa boy g‘oyalari 
tasavvufona ohang kasb etib, olamu odam qismati, koinot sirlari, ruhoniyat masalasi, 
vahdatul-vujud muammosi, birlik va analhaq g‘oyasi-umuman alloh va uni idrok etish, 
tanish va bilishi haqida bahs etdi. Yuzlab madhiyaomuz qasidalar ohangida aytilgan 
maddohona ruhdagi she’rlarimiz, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo (s) va u kishining 


- 148 -
choryorlari-yu sahobalari haqidagi hamd, na’t, munojotlar, inchunin shia mazhabli 
imomlar, jumladan imom Husaynning sarguzashtini aks ettirgan diniy va mazhabiy 
kitoblar, «Shohnoma» va «Qutadg‘u bilik»ka o‘xshagan qahramonlik dostonlari, 
shohlarning siyosiy yurishlari va odob-axloqini tasvir etgan manbalar, shuningdek 
adabiyotimiz nazariyasiga oid risolalarning mazmuni umuman olganda tasavvufga 
hech aloqasi yo‘q edi. Ammo adabiyotning alalxusus oshiqona va pandomuz mavzusi 
tasavvufga qattiq bog‘lanib ketib, tasavvuf ularning g‘oyalarini o‘z maqsadlariga tobe 
etib, adabiyotning ichki imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalandi va uning yashirin 
va sirli ohangi va mag‘zini allegorik-ramziy tarzda ifodaladi. 
Mana shu tarzda mustaqil va maxsus bir fan-tasavvuf adabiyot bilan qo‘shilib ketib, 
uning irfoniy va ma’rifiy-ma’naviy xususiyatlarini ta’sis etdi. Tasavvuf ilk shakllangan 
davridan boshlab mustaqil bir ilm sifatida nafas olardi va keyingi asrlarda maxsus tarixga 
ega bo‘lib, o‘z kelajagini asrab-avaylab mustahkamladi. XV asrda yashagan alloma olim 
Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnoma» asarida tasavvuf so‘zi haqida bunday yozadi: 
«Ba’zilar bu so‘z islom paydo bo‘lgandan keyin kelib chiqqan deydilar. Ammo ma’lum 
bo‘lishicha, tasavvuf so‘zi islomdan oldingi zamonda ham bo‘lgan ekan. «Unsul so‘fiya» 
kitobida birinchi bo‘lib «so‘fiy» degan nomni olgan odam Odam Oto farzandlaridan biri-
Shish edi deb naql qilinadi. Uning liboslari yashil suf (jun mato) dan ekan va Shishdan 
keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni «so‘fiy» deydigan bo‘ladilar. O‘zini 
shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli deb yuritadilar». Ya’ni ma’lum 
bo‘lishicha, tasavvuf ilmining tarixi dunyoning paydo bo‘lishi davriga borib taqaladi 
va birinchi bo‘lib tasavvuf yo‘liga kirgan va shu bilan bu nomga asos solgan kishi 
Odam Otoning o‘g‘li Shish bo‘lgan ekan. Shu bois mazkur ma’lumotga ko‘ra tasavvuf 
islomdan oldingi asrlarda o‘z tarixiga ega fan edi va ul davrlarning diniy va mazhabiy 
g‘oyalari bilan birgalikda qo‘shilib, taraqqiy topib keldi. Binobarin uning ta’siri va ayrim 
g‘oyalarini, jumladan jun matodan kiyim kiyish, nafsga berilmaslik, xilvatlanishlik 
ixtiyor etish kabi an’analarini iudeylik, buddiylik, zardushtiylik, moniylik va nasroniylik 
dinlarida ham yaqqol ko‘rish mumkin. Mazkur dinlarga nisbatan yosh va navqiron din 
bo‘lgan-islom dini esa o‘z g‘oyalarini asosan shu dinlar asosida shakllantirdi va bas 
shunday ekan, tabiiyki, bu munosabatlar asosida qadimiy tasavvufona g‘oyalar, masalan 
allohni sevish, uning yo‘lida riyozatga berilish, uning visoliga yetish, so‘fiylikka intilish 
va boshqa sifatlar islomga o‘tib, bu davrda nash’u namo topti va keyin yangi-yangi rang 
va ohang kasb etib rivojlanib bordi.
Tasavvuf – inson kamoloti, axloqiy poklanish haqidagi ilm dedik. Bu tushuncha 
komil inson kontseptsiyasida aniq ko‘zga tashlanadi. Inson uchun qayg‘urish, uning 
ma’naviy kamolotini o‘ylash tasavvufning doimiy o‘zak masalasi bo‘lib kelgan. Ayniqsa, 
insonning botiniy olami, ichki ziddiyatlari, ruh va jism orasidagi kurash so‘fiylarni 
ko‘p qiziqtirgan. Ular insonda azaliy ikki qarama-qarshi kuch-rahmoniy va shaytoniy 
quvvatlar borligini, inson Allohning bandasi sifatida shayton qutqusini engib, rahmoniy 
fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Insonning hayotdagi o‘rni, jamiyat 
bo‘lib yashash tartiblariga ham shu mavqedan turib qaralgan; chunonchi, ijtimoiy 
nizolar, urush-janjallar, mulkiy tengsizlikning tub mohiyati, bosh sababini ham tasavvuf 
inson tabiati va siyratidan qidiradi, insonning axloqini tuzatishni uning tabiatidagi salbiy, 


- 149 -
hayvoniy kuchlarni mavh etishdan boshlash kerak, deb tushuntiradi. Tasavvufchilar 
inson tabiatidagi salbiy kuchlarni umumiy nom bilan «nafs» yoki «nafsi ammora» deb 
atadilar va unga qarshi urush e’lon qildilar. Mol-dunyo to‘plash, nafs ehtiyojiga qarab 
yurish, hirsu havas qat’iy qoralandi, insonni (demakki, insoniyatni ham) noqislik va 
falokatlardan qutqarishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li – nafsni o‘ldirib, qanoat bilan halol 
yashash, ruh – irodani chiniqtira borib, insonda insoniylikni, ya’ni ilohiylikni tantana 
ettirish zarur, deb targ‘ib qilindi.Berilgan ma’lumotlarda shaxsning har tomonlama 
yetuk shaxs bo’lib shakllanishida tasavvuf ta’limotining tutgan o’rni haqida atroflicha 
fikr yuritilgan.

Download 340.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling