O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Ro‘yxatga olingan:
№ BD-5111200-3.15
TASAVVUF VA ADABIYOTINING
DINIY-FALSAFIY ASOSLARI
fani bo‘yicha
5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek
tili va adabiyoti
Nukus – 2019
2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018- yil 7-
dekabardagi 1000-sonli buyrug‘ining 4-ilovasi tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq
ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
K.Tashanov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nomzodi
Taqrizchilar:
S.Matyakupov – Nukus DPI O‘zbek
adabiyoti kafedrasi dotsenti,
filologiya fanlari nozodi
H.Allamberganov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori.
3
SO‘ZBOSHI
I. O‘kuv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mamlakatimizda ta’lim tizimida kurilayotgan samarali chora- tadbirlar natijasida
rivojlanishning o‘ziga xos yangi yo‘liga kirmokda. «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturida hamda shular asosidagi «Davlat ta’lim standarti»da bu o‘zgarishlarning nazariy va
huquqiy asoslari anik, ravshan belgilab qo‘yilgan. Ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash,
zamon talablariga javob bera oladigan malakali milliy kadrlar tayyorlash bu islohotlarning mohiyatini
tashkil etadi. Bu borada ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy va ilmiy merosni o‘rganish muhim
ahamiyatga ega, albatta.
Dastur ixtisoslik fanining talablaridan kelib chiqqan holda
tasavvuf nazariyasi va tarixi,
tasavvufiy adabiyotning shakllanishi va taraqqiyoti, tasavvuf va badiiy ijod muammolari hamda
tasavvuf estetikasi masalalarini o‘rganish tavsiya etiladi. Ushbu fan talabalarning “Falsafa” va “O‘zbek
adabiyoti tarixi” fanlaridan olgan bilimlari asosiga qurilgan bo‘lib,
uni takomillashtirish va
chuqurlashtirish maqsadida respublikamiz va xorij olimlari, shu jumladan,
universitetimiz professor-
o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-pedagogik tajribalar natijalariga suyanildi.