Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:Hadislarning shе’riy sharhlari


Download 70.07 Kb.
bet16/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

13-Mavzu:Hadislarning shе’riy sharhlari.
Aslida hadislarni toʻgʻri tarjima qilish, toʻgʻri tushunish uchun bir qancha shart va omillar zarur. Birinchisi Alloh va Rasulini yaxshi koʻradigan ustoz hisoblanadi. Qurʼoni karim oyatlari va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislaridan nafratlanadigan kimsadan ilm oʻrgangan odamning bu haqda aytgan soʻzlari musulmonlar tomonidan eʼtiborga olinmaydi. Chunki bunday kimsalarning maqsadi islom dini mohiyatini buzib talqin qilish va ommaga oʻsha tarzda yetkazishdir. Hadislarni toʻgʻri tushunish va talqin etish uchun zarur boʻlgan asosiy shartlardan yana biri arab tilini, fasohat va balogʻat ilmini yaxshi bilish sanaladi. Shu bilan birga hadis sharhlovchi hadis sanadidagi sahoba va roviylarning nasabi va ustozlarini yaxshi tanib olish zarur. Chunki, salaf ulamolarimiz “Sanad dindandir” degan. Shuningdek, muhaddis allomalarimiz tomonidan aytilgan hadisga oid sharhlarni oʻrganish, hadisning rivoyat qilinish tarixi, uning aqidaviy va fiqhiy ahamiyatini anglab yetish zarur. Yuqoridagi talablar bilan bir qatorda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislar, jumladan sahobalarning soʻzlarini tarjima qilish va sharhlash, ulardan hukm chiqarish uchun kishi “Mustalahul hadis” ilmini, yaʼni hadisning sahih yoki zaif, mansux yoki nosix, maʼmulun bih yoki gʻoyri maʼmulin bih ekanligini, xos yoki ommaga taalluqliligini mukammal bilishi zarur. Hadis rivoyat qilib uni sharhlash uchun bu aytilganlardan tashqari, istiloh ilmida keltirilgan yana bir qancha shartlar borki, ularni faqat diniy soha olimlari va imomlarimiz tushunadilar. Hofiz Ibn Hajar Asqaloniy rahimahulloh: Mustalah ilmini bilmagan imomni minbardan urib tushiringlar, deganlar. Hozirgi vaqtda mustalah ilmini bilmagan imom xatibning oʻzi yoʻq, ammo bu ilmni bilmasdan hadislarni tarjima qilishga va sharhlashga urinadigan kimsalarning borligi odamni xavotirga soladi. Kishining biror sohada oliy maʼlumotli boʻlishi uni duch kelgan sohaga aralashib, donishmandlik qilishiga ijozat bermaydi. Zero, unday xatti-harakatlar sodir etayotgan shaxs bu ishi bilan oʻzini sogʻlom aql egasi emasligini koʻrsatadi. Shuningdek, hech qanday diniy savodga ega boʻlmagan kishiga ham omma oldiga chiqib oyat va hadislarni tarjima va talqin qilishga ruxsat berilmaydi. Bu musulmonlar uchun juda ogʻir oqibatlarga olib keladi. Buni alloma ajdodlarimiz juda yaxshi anglaganlar.Tarixdan maʼlumki, musulmonlar islom diniga oid masala va hukmlarni duch kelgan kimsadan olib ketavermagan. Fatvo beradigan olimning ilmiy salohiyatini tekshirib aniqlab olgandan soʻnggina unga dinga oid masalalar haqida soʻzlashga ijozat berilgan. Hatto imom Buxoriydek zotlar ham bir joyga borib hadis aytishdan oldin oʻsha joydagi ulamolarning imtihonidan oʻtgan. Bunga uning Bogʻdodda, Nishopurda Buxoro va Samarqandda imtihon qilinishini misol sifatida keltirish mumkin. Mahalliy xalq va ulamolar Imom Buxoriyning kimligini yaxshi bilar, hatto u kelganda yoshu qari, erkagu ayol peshvoz chiqib, payondoz toʻshab kutib olgan. Ammo islom dinini turli fosid niyatli kimsalardan sof holda asrashga boʻlgan qatʼiy ehtiyotkorlik va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislariga boʻlgan muhabbat, hatto Imom Buxoriydek zotlarni oʻzi tugʻilib oʻsgan ona zaminida ham bu imtihondan istisno boʻlishiga yoʻl bermagan.Hozirgi kunda yurtimiz aholisi dinga oid boʻlgan masala va hukmlar borasida imom xatiblarimiz va din arboblariga murojaat qilishadi. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda diniy ilmlardan bexabar johil kimsalar oʻzining noqis aqli bilan oyat va hadislarni notoʻgʻri talqin qilishi uchrab turibdi. Albatta, bu zamin odamlari ilm maʼrifati bilan dunyoni oʻziga qaratgan xalq hisoblanadi. Bu yurt aholisi hech qachon dori-darmonni baqqol yoki dehqon bozoridan, nonni ustaxonadan sotib olmaganidek, imon eʼtiqodiga, diniga taalluqli masalalarni betayin odamlardan, jurnalist yoki shoir, yoki diniy ilmga ega boʻlmagan boshqa shaxslardan oʻrganmaydi. Ammo ayrim kimsalar oʻzi bu sohada soʻzlashga noloyiq boʻlsa-da, dinimizga oid masalalar haqida soʻz yuritmoqda. Oʻzini diniy soha bilimdoni sifatida koʻrsatib, aytayotgan asossiz soʻzlariga fakt talab qilib bahs munozaraga chorlamoqda. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarini johillik bilan notoʻgʻri talqin qilib, aybni Imom Buxoriy, Imom Muslimdek mashhur muhaddislarimizga agʻdarmoqchi boʻlmoqda. Aslida oltinu javharga loy tekkani bilan ular oʻz qadrini yoʻqotmaganidek, ularning islom dini ulamolari shaʼniga aytayotgan bu ahmoqona soʻzlari bilan buyuk muhaddislarimiz obroʻsi toʻkilib qolmaydi. Unday aqli fosid kimsalarning soʻzlari dinimizda eʼtiborga olinmaganidek, aqli raso kishilar ularning bu soʻzlariga aldanib qolmaydi. Din dushmanlari tomonidan Nabiy sollalohu alayhi vasallamga, islom ulamolariga nisbatan bunday xurujlar har doim, hatto u zot hayotlik vaqtlarida ham, Imom Buxoriy yashagan zamonda ham sodir boʻlgan va bugun ham, ertaga bunday holatlar sodir boʻlib turadi. Biz musulmonlar ularning maqsadlaridan ogoh boʻlib, yolgʻon soʻzlari domiga ilinib qolishdan ehtiyot boʻlishimiz kerak. Muqaddas dinimizga oid masala va hukmlarni ijtimoiy tarmoqdagi oʻzimiz bilmagan.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling