Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu: Bоbur ijоdida naqshbandiylik


Download 70.07 Kb.
bet21/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

18-Mavzu: Bоbur ijоdida naqshbandiylik.
NAQSHBANDIYA — tasavvuf tariqatlaridan biri. Bahouddin Naqshband asos solgan.Naqshbandiya xojagon tariqati negizida paydo bo’lib, Yusuf Hamadoniy, Abduxoliq G’ijduvoniy, Ahmad Yassaviy qarashlarini omuxta etdi, ularga yangi ruh berib rivojlantirdi. 15—18-a.larda savdo va hunarmandchilik b-n shug’ullanadigan shahar aholisi hamda ko’chmanchi chorvador aholi orasiga keng yoyildi. Naqshbandiya ta’limotining asosida «ko’ngil xudoda bo’lsin-u, qo’l ish b-n band bo’lsin» («dil ba yoru, dast ba kor») shiori yotadi. Naqshbandiyada piru muridlik qoidalari xiyla osonlashtirilgan, sirtdan turib e’tiqod qo’yish, imon mustahkamligi, Haq taologa sidqidildan itoat etish, ixlos va ma’naviy kamolot asosiy o’rin egallaydi. Rasm- rusumlar, odatlarni ko’r-ko’rona ado etish, riyo, soxta dindorlik qoralanadi. Axloqiy poklik, qanoatli, sabrli bo’lish, ixtiyoriy faqirlik b-n Allohga intilish yuksak fazilat hisoblanadi. Naqshbandiyada odamning qadri mansabi, boyligi b-n emas, ma’naviy komilligi b-n o’lchanadi. Unda hunar, kasb egallab, o’z mehnati b-n halol luqma yeb yashash talab qilinadi, tilanchilik, darbadarlik b-n kun kechirish sufiy uchun isnod sanaladi. Qul, xizmatkor saqlash, o’zganing mehnatidan foydalanish ham man etiladi. Naqshbandiyaning yuqoridagi shiori tarkidunyochilikka, tekinxo’rlikka qarshi qaratilgan. Naqshbandiyada manmanlik, sufiy, shayxman deb kerilish, shovqin-suron ko’tarib zikru samo’ b-n odamlar diqqatini o’ziga qaratish qoralanadi. Naqshbandiyada asosiy talab — qalbni dunyo g’uborlaridan tozalash, o’z nafsi b-n kurashib ruxda charog’onlik topish, qalbda Alloh nomlarini naqshlab borish usullari ishlab chiqilgan. Zikri xufiya (yashirin zikr tushish) shunga xizmat qilgan. «Tashqaridan xalq b-n, ichkaridan Haq b-n bo’lish», har bir nafasni Xudo yodi b-n chiqarish, qadamni savob ishlar, ezgu amallar sari qo’yish, yurt kezib, aziz-avliyolar qabrini ziyorat qilish, g’ofillarni hushyor etish, har qanday holatda qalb ogohligiga erishish — N.ning asosiy ma’naviy tarbiya usuli hisoblangan. Naqshbandiya da pir va murid orasidagi ma’naviy orifona suhbatga katta e’tibor qilingan. Naqshbandiyaga ko’ra, suhbat — anjuman ichra bo’lish, bilmaganni bilib olish, yuksalish, karomatlar siru asrori, ilohiyot olami nurlaridan baxramandlik bo’lsa, buning aksi — xilvat esa kishini bilimdan, ma’rifatdan mahrum qiladi. Naqshbandiyada o’zini o’zi nazorat qilib borish, olgan bilimlarini dilda mustahkamlash, umrning har bir damini savob ishga, har bir nafsni ma’naviy kamolot uchun sarflash lozim deyiladi. «Vuqifi zamoniy» (muayyan vaqtda to’xtab o’zini tekshirish),«vuqufi adadiy» (ishlarini sarhisob qilib tekshirish), «vuqufi qalbiy» (qalb amallari qanday bo’layotganligini to’xtab, tekshirib borish) kabi shiorlar («qudsiy so’zlar») ham ana shu nazorat usuliga kiradi. N., shu tariqa, tasavvufni islom shariati va payg’ambar sunnati b-n yanada mustahkamroq bog’ladi. «Urvatul vusqo», ya’ni barcha ishda payg’ambar so’zlari va ishlariga suyanish Naqshbandiya shiorlaridan biriga aylandi. Naqshbandiyada sufiylik iste’dodiga ham e’tibor berilgan, ya’ni ba’zi kishilarning men falon silsiladanman, nasl-nasabim falon-falonchilarga borib taqaladi, degan gaplariga qarshi Bahouddin Naqshband «ran silsilada emas», ran Allohning jazbasida» deb aytadi. Jazba bo’lmasa, sufiylikda maqomatlarga ko’tarilish qiyin. Naqshbandiya Bahouddin Naqshband hayotligidayoq keng shuhrat qozondi. Uni nazariy jihatdan ishlab chiqishda Muhammad Porso, Alouddin Attor xizmatlari katta bo’ldi. Bu tariqatga faqatgina oddiy xalq emas, balki Buxoro va Samarqand ulamolari, Amir Temur avlodidan bo’lgan shoh va shahzodalar kira boshladilar.15-a.dayoq Naqshbandiya Eron, Afg’oniston, Misr, Hijoz, Shim. Kavkaz, Turkiyaga tarqala boshladi. Ayniqsa, «hazrati Eshon» unvoniga musharraf bo’lgan Xoja Axror valiy — Nosiriddin Ubaydulloh faoliyati tufayli tariqatning obro’-e’tibori yana ham oshdi. Bahouddin Naqshband zamonida mansabdor shaxslar, shohu amirlardan uzoq turish lozim deyilgan bo’lsa. Jam’iyatda xayriyat bo’ladi, jam’iyat esa suhbatda bo’ladi. Agar bu yo’l toliblaridan bir guruhi bir-birovlari bilan hamsuhbat bo’lsalar, bu suhbatda xayru baraka ko’p bo’ladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa, oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi… Kimki ana shu odobni ushlasa, uni balog’at ahlining balog’atiga yetkazadi. Adab bu – xulqni chiroyli qilish, so’zni va fe’lni soz qilishdir..Xizmat odobi ulug’ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi — amalning qabuli, tug’yon esa amalning buzuqligidir. Adabni saqlash-muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxti, yana muhabbat urug’i hamdir….Suhbatimizga yetishadigan guruhlardan ba’zilari shundayki, ularning ko’ngillarida muhabbat urug’i bor, ammo xalaqit beruvchi xasu hashaklar tufayli o’solmaydi, bizga esa uni poklash lozim. Ba’zilarida muhabbat urug’i yo’q, bizga esa uni paydo qilish lozim… Murshid tolibnnig o’tgan, hozirgi va kelajak kabi uch holidan boxabar bo’lishi kerak, shundagina uni tarbiya qila oladi”; “Tolib amal qilishi zarur bo’lgan shartlardan biri shuki, u Haq Taolo do’stlaridan biri bo’lgan do’st bilan hamsuhbat bo’lib, o’z holidan voqif bo’lishi zarur. Suhbat zamonini o’zining o’tmish zamoni bilan solishtirib ko’rsin.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling