Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:Kubrоviylikda sоlik va uning sulukdagi niyati


Download 70.07 Kb.
bet13/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

10-Mavzu:Kubrоviylikda sоlik va uning sulukdagi niyati.
Kubroning karomat ko’rsatish, voqealarni oldindan bilish, o’tkir nazari bilan ta’sir eta olish xislatiga ega inson bo’lganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. Kubro yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli bo’lgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez o’zlashtirib oladi. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xabardor bo’lishga intilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida bo’ladi. Ilk daf’a Misrda shayx Ro’zbixon Vazzon Misriy (1189 y.v.e.)ga murid tushadi, undan tariqat odobini o’rgavadi, shayxning qiziga uylanadi. Keyinchalik Hamadonda shayx Ammor Yosir (1187 y.v.e.), Dizfulda shayx Ismoil Qasriy (1193 y.v.e.) kabi ustozlardan saboq oldi. 25 y.dan ortiq umrini ilm tahsiliga bag’ishlagan Kubro 1185 y. Xorazmga kaytib keladi. Bu erda katta xonaqoh qurdirib, o’z diniy maktabini yaratadi. Kubro kishilarni ezgulikka, ilmga, saxonat va mardlikka da’vat etdi. Uning tarbiyasini olgan yuzlab odamlar irfoniy ma’rifatdan bahramand bo’ldilar. Kubroning muridlari Majdiddin Bag’dodiy (1209G’1219 y.v.e.), Sa’diddin Humaviy (1252 y.v.e.), Najmiddin Doya (1256 y. v.e.) tasavvuf tarixida nom qozongan shayxlardir. Kubro o’z qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: «Favoih al- jamol va favotih al-jalol» («Jamol xushbo’yliklari va jalolning kashfi», «Al-usul al-ashara» («O’nta usul»), «Risola at-turuq» («Tariqatlar risolasi»), «Risolat al-xoif al-hoim min lavm al-loim» («Malomatchining malomatidan hazar qiluvchi haqida risola») va b. Kubroning fors tilida yozgan «Fi odobus solikin» («Soliklar odobi haqida») risolasi ham bor. Kubro Qur’onga mutasavviflar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha etkaza olmadi, bu ishni uning shogirdlari tugalladi. Forscha ruboiylarida javonmardlik, pok axloq g’oyalari ifodalangan. Kubro mo’g’ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo’lgan. Qabri Ko’hna Urganchda. Keksa shayx va donishmand insonning bu jangdagi qahramonligi, jasorati avlodlarga ibrat bo’lib qoldi. Kubro shaxsi va uning merosi O’zbekistonda mustaqillik tufayli o’rganila boshlandi. 1995 yilda O’zbekistonda Kubro tavalludining 850 yilligi nishonlandi.
KUBROVIYLIK — tasavvuf tariqati. 13 asr boshida Xorazmda Najmiddin Kubro asos solgan. Uning asarlarida tariqatning mohiyati, o’ziga xos talab va qoidalari bayon qilib berilgan. Kubroning tasavvufiy ta’limotiga ko’ra, inson o’z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo’lgan koinotdagi barcha narsalarni va sifatlarni o’zida mujassamlashtiradi. Ammo ilohiy sifatlar yuqori samoviy doiralarda birin-ketin o’ziga xos maqomlarda joylashganligidan, haqiqat yo’lini qidiruvchilar bunday kamoga erishish uchun ma’lum riyozatli yo’llarni o’tishlari zarur. Bu yo’lda unga piri komil rahnamolik qilishi kerak. Kubro kamolotga erishish asoslarini quyidagi o’nta talab («O’nta usul») da ifodalab bergan: tavba — barcha amallarning boshi bo’lib, Alloh oldida tavba qilish, bundan keyingi hayotni ilohiy ezgulik va xayrga bag’ishlashga ahd qilish; zuhd — taqvo, parhez, haromdan hazar qilib, halollikka yuz tutish, Alloh man etgan ishlarni qilmaslik; tanakkul (tanakkal) — barcha ishlarni qilishda Allohning mehribonligi va qudratiga tayanish; qanoat — hayot kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo’’tadillik, tuban mayllardan ozod bo’lish; o’zlat — tanholikda bo’lish, xilvatda ruhni poklash; tanajjuh (yuzlanish) — butun vujud bilan Allohga yuzlanib, undan madad so’rash, u sari qalban intilish; sabr — solikning o’z e’tiqodi, niyatini sivashi. Haq yo’lining azobu iztirobiga chidagan kishilargina maqsadga erishadi; muroqaba (tafakkurga g’arq bo’lish) — qalb poklangani va tuban ehtiroslardan holiligini tuyib, xotirjam bo’linganini eslab xayolga cho’mish, Haq taolo rahm-shafqatini ko’tib turish; zikr — Allohning ismini tildan qo’ymaslik, kalimayu duolarni muntazam takrorlab turish; rizo — Alloh qudratini chuqur his qilgan holda, o’zini butkul uning irodasiga topshirish.
Najmiddin Kubrodagi ranglar va ularning ma’nolari ba’zi mutassaviflar ta’riflagan ranglarning sharhidan farq qiladi. Kubro etti rang xislatini etti tushunchaga moslab tushuntirgan. Uningcha, oq rang — islomni, sariq rang — imonni, zangori rang — ehsonni, yashil rang — itminon (ishonch)ni, ko’k rang — iqon (to’liq ishonch)ni, qizil rang — irfonni, qora rang — hayajon (hayrat)ni anglatadi. Solik ruhi holatlarini, qaysi rang ko’z oldida namoyon bo’layotganini piriga aytib turishi kerak. Pir shunga qarab, muridning qaysi bosqichda turganini bilib, unga yangi vazifalar yuklaydi. Keyingi sufiylar ham Kubro singari qora rangni hayrat belgisi hisoblab, uni ruhning fanoga g’arq holati ramzi sifatida ta’kidlashgan

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling