Tasavvuf va badiiy ijod
ko’rinadi. Negaki, qasida muallifning oddiygina hayajoni, ichki kechinmalari, his-
Download 70.07 Kb.
|
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Madh mazmunidagi qasidalar quyidagilar: madhiya (ulug’ kishilar yoki ularning ishlarini madh qiluvchi bag’ishlovlar), faxriya (shoirning ijtimoiy hayotda
ko’rinadi. Negaki, qasida muallifning oddiygina hayajoni, ichki kechinmalari, his-
tuyg’usi ifodalangan she’r bo’libgina qolmay, balki unda muayyan iste’dod sohibi, ulkan allomaning ziddiyatlardan xoli bo’lmagan tafakkuri, dunyoqarashi, hayot, inson, yashashdan maqsad singari ko’lamdor mavzular atrofidagi mulohaza munosabati, falsafiy-ilohiy, irfoniy, axloqiy, ma’naviy-ta’limiy qarashlari u yoki bu darajada aks etadi. Masalaga yangidan yondashgan har bir tadqiqotchining yuqorida keltirganimiz tasnifotga o’z tahririni kiritishi muqarrar. Qasidalarni mavzusiga ko’ra quyidagicha tasnif qilingan.[10,72]. Madh mazmunidagi qasidalar quyidagilar: madhiya (ulug’ kishilar yoki ularning ishlarini madh qiluvchi bag’ishlovlar), faxriya (shoirning ijtimoiy hayotda tutgan o’rnidan faxrlanib, o’zini madh etishi), hamd (diniy-falsafiy mushohada 21-Mavzu: “Nazmu-l-javоhir”da Hazrat Aliga izdоshlik. Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir” deb atalgan to’rtlik she’rlar to’plamining sarlavhasini “She’r durdonalari” yoki “She’riy durdonalar” deyilsa bo’ladi. Bu to’rtliklar Hazrat Alining rivoyati bilan aytilgan va she’rga solingan payg’ambar (s.a.v.) hadislari — hikmatli so’zlariga bag’ishlangan. Alisher Navoiy Hazrat Alining adabiy mahoratiga yuksak baho bergan. U o’zining “Mahbubu-l-qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”) asarida she’r ahli to’g’risida so’z yuritganda birinchi bo’lib Hazrati Alini tilga olgan. Navoiy bu asarida yozadi: “Bu aziz qavmning peshvo va muqtadosi va bu sharif xaylning sardaftari va sarxayli valoyat bahrining gavhari va karomat avji munir axtari Amir ul mo’min Ali navarallohu vajhahu (Alloh uning yuzini nurli qilsin)durkim, nazm devonlari mavjuddur va anda asror va nukat noli’dud” (Adisher Navoiy, 14-jild. B. 24-25). Ma’nosi: Bu aziz qavmning (shoirlarning) peshvo va yo’lboshchisi va bu sharif guruhning ilg’ori va boshlig’i, azizlik dengizining gavhari va karomat avjining yorug’ yulduzi Amir ul mo’min Ali…durki, nazm devonlari bor va unda sirlar va nozik ma’noli so’zlar behisobdir. Alisher Navoiyning “Nazmu-l-javohir” asari O’zbekistonda chuqur va har tomonlama o’rganilgan emas. “Nazmu-l-javohir”ning matni Navoiy asarlarining o’n besh tomlik to’plamida (1968) va yigirma tomlik mukammal asarlarida (1999) Toshkentda nashr etilgan. Ma’mura Rashidova “Nazmu-l-javohir”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzib chiqdi va uni filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasi uchun dissertatsiya sifatida muvaffaqiyat bilan yoqladi (1991).“Nazmu-l-javohir” haqida S.G’anieva, M.Mahmudov, T.G’afurjonovaning yozgan maqolalari ham diqqatga sazovordir. Hijriy 1387 yili Tehronda “Nazmu-l-javohir” sarlavhasida Hazrati Alining hikmatlari va ularning o’zbek, rus, ingliz tillariga tarjimalari alohida risola sifatida chop etildi (Tuzuvchilar Bahman Akbariy, Suyima G’anieva).Bu aslida hazrati Alining “Nasru-l-la’oliy” (“La’lilar nasri”) asaridir.Biz Navoiyning “Nazmu-l-javohir asari boshdan oyoq ta’lim-tarbiyaga doir. “Nazmu-l-javohir”da Navoiy elu yurt hayoti tajribasidan kelib chiqqan xulosa va umumlashmalari orqali ezgulik, insoniylik, adolat g’oyalarini keng targ’ib etadi. Kishilarni ma’naviy yuksaklikka ko’tarishga harakat qiladi, moddiy va ma’naviy uyg’unlik qanday bo’lmog’i kerakligi to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi.Navoiy “Nazmu-l-javohir” muqaddimasida yozgan: Download 70.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling