Tasavvuf va badiiy ijod


Topti sokin-sokin ul takrordin


Download 70.07 Kb.
bet23/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

Topti sokin-sokin ul takrordin,
Soda ko‘nglum bahra ul guftordin.
Tab’ ul so‘zlarga bo‘lg‘och oshno,
Qilmadi mayl o‘zga so‘zlarga yano.
Lisonu-t-tayr” dostoni an’naviy tarzda Muqaddima, asosiy qism va Xotimani o‘z ichiga oladi. Muqaddima 13 bobdan iborat.
Dostonning birinchi bobi Alloh Hamdiga bag‘ishlangan. Navoiy Alloh bu olamni aniq bir reja asosida bunyod qilganligi haqida yozar ekan, unda hech bir narsa tasodifiy yaratilmaganligini aytadi. Allohning mo‘’jizasi sifatida bir-biriga zid bo‘lgan to‘rt unsur (suv, olov, tuproq va havo)ni inson vujudida bir butun holda birlashtirganini ta’kidlab, butun olamni yaratishdan maqsad ham inson ekanligini aytadi:
Uylakim dushman yarotib o‘tqa suv,
Yelni ham tufroqqa aylab aduv.
Sun’idin ko‘rgilki mundoq to‘rt zid,
Bo‘lub inson xilqatida muttahid.
Ofarinishdin qilib inson g‘araz,
Oni aylab xalq ichinda beevaz.
Bobda, shuningdek, Alisher Navoiy Alloh insonni o‘z siridan xabardor qilib, xalifalik toji bilan yuksaltirdi, shaytonni esa unga sajda qilishdan bosh tortgani uchun mardudu la’in (rad etilgan va la’natlangan) qildi, deydi:
Ham qilib o‘z sirri birla ganji roz,
Ham xilofat birla aylab sarfaroz.
Bo‘ldi sarkashlikdin oning ofati,
Ajzu tufrog‘liq bu birning rofati.
Birga ul masjudlug‘ bergan o‘zi,
Birga bu mardudlug‘ bergan o‘zi.

Dostonning 2-bobi munojotni o‘z ichiga oladi. Bobda Alisher Navoiy o‘tgan umrini sarhisob qilar ekan, Yaratgan qoshida o‘zini behad gunohkor deb hisoblaydi.

20-Mavzu: “Sittai zaruriya” tasavvufiy qasidalar majmuasi.
Mavzuning o’rganilish darajasi va dolzarbligi. Milliy istiqlolgacha Sharq, jumladan, o’zbek mumtoz adabiyoti sho’rolar mafkurasi tazyiqi ostida "dunyoviy adabiyot", "feodal-saroy (klerikal) adabiyoti", "diniy-mistik adabiyot» tarzida sun’iy ravishda uch guruhga parchalangan edi. Mazkur yo’nalishlardan faqat dunyoviy (xalqchil) adabiyotgina ijobiy hodisa sifatida tan olindi va o’rganildi. hatto shu dunyoviy adabiyot vakillarining ijod namunalari ham ilohiy-irfoniy g’oyalardan "tozalanib", markscha-lenincha mafkura tamoyillari asosida tahlil va talqin qilindi. Sittai zaruriya”ning o’rganilish tarixidan. Sharq qasidachilik tamoyillari va “Sittai zaruriya” Ma’lumki, qasida sharq mumtoz poeziyasida asosiy o’rinni egallaydi. Qasida dastlab arab adabiyotida vujudga kelgan va o’z rivojlanish bosqichida turli maktablarga, mazmunga ega bo’lgan. Musulmon mintaqa adabiyotida Rudakiy, Nosir Xusrav, Mas’ud Sa’d Salmon., Mujiriddin Baylaqoniy, Abu Nizom Falakiy Shervoniy, Sobir Termiziy, Daqiqiy, Nosir Xusrav, Anvariy, Xoqoniy, Sanoiy, Tufayliy, Unsuriy, Farruhiy, Shayx Sa’diy, Amir Xusrav, Dehlaviy, Sakkokiy, Lutfiy, Sayfi Saroyi, Gadoiy kabilar qasida janrlarini rivojlantirish va takomillashtirishga munosib hissa qo’shdilar. Bu janrning paydo bo’lishi, takomillashuvi, g’oyaviy-badiiy xususiyatlari, formal poetik tomonlari haqida bir qancha olimlarning maqola va tadqiqotlari mavjud. Qasida va qasidanavislar haqidagi ma’lumotlarni atroflicha mushohada qilish quyidagi fikr-mulohazalarga kelish imkonini beradi. Bizningcha, qasidachilikni faqatgina madhiyabozlikdan iborat deyish masalaga bir yoqlama qarashday

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling