Oshiqi ma’shuqam ul mahbub edi,
O’ylakim,Farhod ila Shirin edi.
Ey ko’ngul,Mansur ahalhaq so’yladi,
Haq edi,haqni dedi,haq so’yladi.
Ma’rifat sirrini mutlaq so’yladi,
Orif omonna-va-saddaq so’yladi.
Kim ki,bilmas o’z vujudi zotini,
So’rmagil andin oning isbotini,
O’ynamas,kim shatranj ishqin otini
Bilmagay bu zavqni — ishq shohmotini.
Shu mulki olam ichida mavjud U,
Har ikki jahonda maqsadu maqsud U.
To bo‘lmas ekan e’tiqod uyi vayron,
Men fosh qilaman: sening uchun ma’bud U.
Men mazhari nutqu nutqi Haq zotim erur,
Shu ikki jahonda mening isbotim erur.
Tonggidan azalning to abad shomigacha
Har narsa vujudga kelsa, zarrotim erur.
To bo‘lmas ekan o‘zlikdan foniyu fard,
Butkul yuvilib ketmas ko‘ngildagi gard.
Bo‘l nafsu havodan-u jahondan ozod,
Qoch turfa yomonlikdan agar bo‘lsang mard
26-Mavzu:Fuzuliy g`azallarida ko`ngil timsоli.
Sulaymon o‘g‘li Muhammad Fuzuliy jahon adabiyotida yuksak mavqega ega bo‘lgan hassos shoir, ozarbayjon adabiyotining benazir siymosi, devoni barcha turkiy xalqlar orasida tarjimasiz sevib o‘qiladigan ahli hol, ahli tariqat, zarofat, fasohat va hikmat sohibi bo‘lgan oshiqi sodiq, dunyoda darvish, ma’noda sulton, valiy zotdir. Uning qalbi hikmat bulog‘idir.Fuzuliy XV asr oxirida Iroq mamlakatining Karbalo shahrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan, islomiy ma’rifat ruhida kamol topgan, XVI asrda ijod qilib, she’r rutbasiga erishgan sohibi devondir. U ma’no olamining darg‘alaridan biridir. Chunonchi, bir g‘azalida adib: “Suluki faqr – atvorim, mazoqi ishq holimdur”, deydi. Bundan farqu fano olamida naqdi qanoat bilan daraja topgan, ishq zavqu lazzatidan hol topgan go‘zal xulq sohibi ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |