25-Mavzu:Nasimiy g`azallarida jоn va jоnоn timsоllari.
Nasimiy o‘z fikr-o‘ylari, tuyg‘u-kechinmalarini xalqona sodda uslubda bayon qiladi. Shuning uchun ham shoir she’rlari qo‘ngilga yaqin. Bu she’rlar bir qarashda oddiy, sodda bo‘lib ko‘rinsa-da, lekin mazmunan teran va badiiy yuksak. Nasimiy ozarbayjon adabiyoti tarixida mardlik, jasorat, qahramonlik timsoli sifatida shuhrat qozongan. O’zbek tilida Nasimiyning Mirtemir, Xolid Rasul va Asqar Qosimovlar ozarbayjonchadan tarjima qilgan mo‘‘jazgina she’rlar to‘plami bosilib chiqqan.Biz esa shoirning forsiy ruboiylari tarjimasiga qo‘l urdik. Ulardan ayrimlarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Iki yuz zohidlarin imoni yo’q,
Jonina hay der,valekin joni yo’q,
Ahdina sobit emas,paymoni yo’q.
Ey azal nuri-jamoling to abad,
Manda naqsh bo’ldi xayoling to abad,.
Bir o’zi bo’ldi hiloling to abad,
Ey quyosh,yo’qtur zavoling to abad.
Qoshlaring yodi mani qurbon etar,
Surating naqshi ko’ngil hayron etar,
Ko’r bu qudrat o’jizi yazdon etar,
Jumla ash’yo senda chun sayron etar.
Haq taolo borligi odamdadur,
Uy aningdur,ul bu uyda damdadur.
Bilmadi shayton bi sirri,g’amdadur,
Shul sababdin to abad motamdadur.
Labini la’li jonafzo dedilar,
So’rasam,dardima davo dedilar.
Qomati bolosini balo dedilar,
Bizlarni anga mubtalo dedilar.
Jonimning jononasi sensan,habib,
Xo’blarning farzonasi sensan,habib,
Kunta-kanz*ning xonasi sensan,habib,
Vahdatning durdonasi sensan habib.
To ki,yornin suhbati shirin edi,
Lojaram ko’nglum ong’a shirin edi,
Do'stlaringiz bilan baham: |