Tasavvuf va badiiy ijod


-Mavzu:Nasimiy g`azallarida ikki jahоn talqini


Download 70.07 Kb.
bet29/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

24-Mavzu:Nasimiy g`azallarida ikki jahоn talqini.
Nasimiyni dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bilishadi va asarlarini sevib o‘qishadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklarning esa u o‘z shoiri hisoblanadi. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab va boshqa o‘zbek shoirlari uning shaxsi va ijodiga yuksak ehtirom bilan qaraganlar.Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da uni turkiy mashoyixlar qatorida zikr etib, “Rumiy va turkmoniy til bilan nazm aytibdur va nazmida haqoyiq va maorif batoyat ko‘p mundarijdur. Mazkur bo‘lg‘on ahlig‘a aning she’ri muqobalasida hamonoki she’r yo‘qdur”, — deb lutf etsa, “Holoti Pahlavon Muhammad” asarida “Sayyid Nasimiyning nazmi o‘zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur”, — deb yozadi. Sayyid Imodiddin Nasimiy (1370—1417) Ozarbayjonning Shirvon viloyati Shamohi shahrida tug‘ilgan. Asli ismi — Ali, laqabi — Imodiddin. U o‘z davriga nisbatan mukammal tahsil ko‘rgan: fors, arab tillari va adabiyotini chuqur o‘rgangan. Bundan tashqari, mshggiq, riyoziyot, tabiat va astronomiya fanlarini o‘zlashtirgan. Mashhur so‘fiy va avliyo Mansur Hallojga kuchli e’tiqod qo‘yib, o‘zini uning haroratli shogirdi hisoblaganidan ilk she’rlarini Husayniy taxallusi bilan yozadi. Chunki Mansurning ismi Husayn bo‘lib, uning tariqati ham husayniya yoki hallojiya nomi bilan mashxurdir. XIV asrda Ozarbayjonda tasavvufdan o‘sib chiqqan hurufiylik oqimi keng yoyilib, unda inson omili muhim o‘rin tutadi: inson, uning erki ulug‘lanadi; insonga ilohiy quvvatning zuhuri va tajassumi sifatida qaraladi. Hurufiylik tariqatining asoschisi, mashhur shoir va mutafakkir Fazlulloh Naimiy 1394 yili Shirvonga keladi va Imodiddin bilan uchrashadi. Uning hurufiylik qarashlari yosh shoirga kuchli ta’sir qiladi va uni qabul etib, Fazlullohni o‘ziga murshid biladi. Naimiyga hamohang Nasimiy taxallusini oladi. Ilg‘or fikrli kishilar ta’qib ostiga olinib, Naimiy Mironshoh tomonidan qatl, Qosim Anvor Shohruh tarafidan surgun qilingach, ham o‘zini qutqarish, ham hurufiylik g‘oyalarini keng yoyish maqsadida Nasimiy Ozarbayjondan chiqib ketadi. U Bag‘dod, Onado‘li, Tokat, Bursa va boshqa joylarda yashaydi, nihoyat Halabda qaror topadi. Misr sultoni Muayyaddin Nasimiyni dahriylikda ayblab, uning tiriklayin terisini shildiradi. O’z ta’biri bilan aytganda, «so‘zning dodini bergan» isyonkor va hassos shoir Nasimiy ilk bor ozarbayjon tilida ijod qilgani, ozarbayjon adabiy tilini xalq jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirgani bilan ozarbayjon adabiyoti tarixida alohida o‘rin tutadi. U Hasan o‘g‘li va Qozi Burhoniddindan keyin ozarbayjon tilida yaratilgan she’riyatning buyuk ustodlaridandir. Nasimiy fors tilida ham qalam tebratgan bo‘lib, uning forsiy ijodi Eronda alohida to‘plam holida nashr etilgan. Nasimiyni dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida bilishadi va asarlarini sevib o‘qishadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbeklarning esa u o‘z shoiri hisoblanadi. Mavlono Lutfiy, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab va boshqa o‘zbek shoirlari uning shaxsi va ijodiga yuksak ehtirom bilan qaraganlar. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da uni turkiy mashoyixlar qatorida zikr etib, «Rumiy va turkmoniy til bilan nazm aytibdur va nazmida haqoyiq va maorif batoyat ko‘p mundarijdur. Mazkur bo‘lg‘on ahlig‘a aning she’ri muqobalasida hamonoki she’r yo‘qdur», — deb lutf etsa, «Holoti Pahlavon Muhammad» asarida «Sayyid Nasimiyning nazmi o‘zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur», — deb yozadi.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling