Tasavvuf va badiiy ijod


Man bandai Qur’onam agar jon doram


Download 70.07 Kb.
bet34/41
Sana26.06.2023
Hajmi70.07 Kb.
#1655898
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41
Bog'liq
Zaripboyeva Soliyajon Tasavvuf

Man bandai Qur’onam agar jon doram,
Man xoki rahi Muhammadi muxtoram.
Gar naql kunad juz in kas az guftoram,
Bezoram az o’, va zin suxan bezoram.”
U kishi aytadilarki: “Masnaviyi mo do’koni vahdat ast, g’ayri vohid har chi bini on bat ast” degan. Masalan, “Bizning Masnaviymiz bu vahdat do’koni, agar sen shu do’konda vahdatdan boshqa narsani ko’rsang, bilginki u butparastlikdir. Demak bu do’konda vahdatdan boshqa hech narsa yo’q. Ya’ni, “Masnaviy” boshdan-oyoq xudoning yagonaligi va iymon masalalarini atroflicha inkishof etadi, kashf etadi. U qaysi rivoyatga murojaat qilmasin, vahdat g’oyasiga kelib taqaladi. Uning nazarida “Masnaviyning o’zak masalasi – iymon masalasi. Jaloliddinning bobosi Husayn al Xatibiy payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallamning suyukli sahobasi, qaynotasi va birinchi xalifa Abu Bakr siddiq avlodidan bo'lsa, momosi – otasining onasi Aloiddin Muhammad Xorazmshohning qizi edi. Demak, uning tomirida oqib turgan qon turkiylashgan arab va xorazmiy turkiy qoni edi. Bundan chiqadiki, ingliz, rus, fors va boshqa millat tadqiqotchilari da'vo qilganiday, Jaloliddin Rumiy fors shoiri emas, o'sha zamon rusumiga ko'ra fors tilida ijod qilgan turkiydir, turkiy adabiyotning forsigo'y shoiridir. Uning o'g'li Sulton Valadning turkiyda bitgan asarlari buni yana bir karra yaqqol tasdiqlaydi. Sulton Valad Onado'lida turkiyda asarlar bitgan ilk yirik shoir va mutafakkir hisoblanadi. Uning forsiy va turkiyda yozilgan she'rlarini o'z ichiga olgan «Devon»i 1925 va 1941 yillarda «Devoni Sulton Valad» nomi bilan Turkiyada chop etilgan. Bundan tashqari uning «Masnaviyoti Valadiyya» nomli uch jildlik ma'rifiy asariga kirgan «Ibtidonoma», «Rubobnoma», «Intihonoma»da va «Naf'if ul-furu'» deb nomlangan ta'limiy asarlarida ham turkiy bitiklarning ko'plab uchrashi o'z ijodida vaqti-vaqti bilan otasi Jaloliddin Rumiyning ona tiliga murojaat etib turganidan dalolat beradi. 1215 yil atrofida mo'g'ullarning xorazmshohlar davlati va Bag'dod xalifatiga bosqini muqarrarligiga oldindan ko'zi etgan va Majdidin Bag'dodiyning Amudaryoga cho'ktirib qatl etilishiga bildirgan noroziligi tufayli xorazmshohlar saroyining qasoskor Shayxul islomi Faxriddin Roziy bilan, shuningdek, va'zida biroz tanbeh bergani uchun Aloiddin Xorazmshohning o'zi bilan munosib. U oilasi va qirq (ba'zi manbalarda uch yuz) muridi bilan butun boshli karvon bo'lib mashaqqatli yo'lga chiqadi. Karvon kunlarning birida Umar Xayyom vatani Nishopurga keladi va xuddi shu erda (boshqa bir manbada Damashqda) yosh Jaloliddin Farididdin Attor (1119 — 1230) bilan ko'rishadi. Farididdin Attor otasiga ergashib kelayotgan bolakayda zo'r ruhiy kuch-quvvat yashirinib yotganini bir qarashdayoq payqaydi: «Yo rabbiy! Bir dengiz ortidan bir ummonning ergashib kelishini qarang!» deya hayratlanadi, Bahoiddin Valadga: «O’g'lingiz yaqin orada dunyo g'amida yurganlar yuragiga o't qo'yadi» deb bashorat qiladi va Jaloliddinga o'zining «Asrornoma» asarini tuhfa etadi. Jaloliddin bu asarni umrining oxirigacha qo'lidan qo'ymaydi: xursandlik chog'larida ham, g'ussali damlarida ham u bilan do'st bo'lib qoladi. Ko'nglini bezovta qilgan shubhali savollariga shu kitobdan javob axtaradi. Eronlik olim Muhammad Iste'lomiyga ko'ra.

Download 70.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling