31-Mavzu:Maхtumquli shе’riyatida tasavvuf an’analari.
Atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli — Firog’iy 1733 yilda Turkmanistonning janubi-g’arb tomonida, Atrek daryosiga yaqin Hojigovshon degan joyda o’z davrining taniqli shoirlaridan bo’lgan Davlatmamad oilasida tug’ilgan. Davlatmamat «Ozodiy» taxallusi bilan qo’shiq va g’azallar yozgan. Maxtumquli dastlab ovul maktabida, so’ng Xivadagi Sherg’ozi va Buxorodagi Ko’kaldosh madrasalarida olgan. .Ozarbayjon, Eron, Afg’oniston, Hindistonga sayohat qilgan. Maxtumquli Sharq adabiyotini chuqur o’zlashtirgan. Shoir «San bo’lsam» she’rida Abusaid Abulxayr, Umar Xayyom, Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Hofiz Sheroziylarni katta hurmat bilan tilga oladi.Bizgacha «mardlik kuychisi» deb nom olgan Maxtumqulining lirik, falsafiy va nasihat xarakteridagi 20 ming misraga yaqin she’rlari yetib kelgan.
Muhtoj aylama
Qodir Jabbor, sendan tilagim ko’pdir,
Sen meni nomardga muhtoj aylama.
Xazinangdan bergil, mening rizqimni,
Bandangni bandangga muhtoj aylama.
Adashtirma, to’g’ri yo’lim egriga,
Egrini tenglama, hargiz to’g’riga,
Kishi moli nasib etmas o’g’riga,
Halolni haromga muhtoj aylama.
Nomard ko’prigidan o’lsam, o’tmasman,
Karvon bo’lsam, halol ishdan qaytmasman,
Qo’lidan bir kosa sharob ichmasman,
O’ng qo’lni chap qo’lga muhtoj aylama.
Yaxshi niyat, sendan tilagim ko’pdir,
Achchiq so’zlar tildan chiqqan bir o’qdir,
Tuqqanning tuqqanga bahosi yo’qdir,
Og’ani, iniga muhtoj aylama.
Maxtumquli, Haqdan tila, borini,
Tilar bo’lsang, tila, o’z imoningni,
Obod ayla, ikki ko’zim nurini,
O’ng ko’zim chap ko’zga muhtoj aylama.
Do'stlaringiz bilan baham: |