Tasavvufning falsafasiy jihatlari


Download 117.37 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi117.37 Kb.
#1415796
1   2   3   4
Bog'liq
4.Falsafa

Biz islom dini ota – bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma`rifat ekanini doimo yuksak qadirlaymiz. Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma`naviy xayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, aytish mumkin. “Alloh taolo bizning qalbimizda, yuragimizda” Dinga hurmat va e`tiqod biz uchun o`lmas qadriyatdir.”

Biz islom dini ota – bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma`rifat ekanini doimo yuksak qadirlaymiz. Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma`naviy xayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, aytish mumkin. “Alloh taolo bizning qalbimizda, yuragimizda” Dinga hurmat va e`tiqod biz uchun o`lmas qadriyatdir.”

Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni bosh kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda prezidentimiz I.Karimovning "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim", degan fikrlari nihoyatda muhim

Shuningdek, ''G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan bahsga kirishmog'imiz, kurashmog'imiz kerak", degan so'zlarini alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g'oyalarga qarshi milliy istiqlol g'oyasini qo'ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g'oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g'oyasi millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O'zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog'imiz kerak. Milliy istiqlol g'oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo'lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo'llaydiganlari diniy omil hisoblanadi. Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O'zbekistonda, o'z ta'sirini o'tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g'arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo'ldilar. Islom dinining sof g'oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya'ni, Alloh, Islom kabi so'zlarni qo'shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar "Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, yaxlit jug'rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar. Bu borada "Islom ta'limoti nima deydi?" degan o'rinli savol tug'iladi. Har qanday ta'limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo'ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqdsaviy jihatdan qanday bo'linish, ajralishlar bo'lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o'rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.


Download 117.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling