Tasavvufning falsafasiy jihatlari


Download 117.37 Kb.
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi117.37 Kb.
#1415796
  1   2   3   4
Bog'liq
4.Falsafa

Tasavvufning falsafasiy jihatlari

Guliston davlat insituti 3S-22 guruh talabasi

Achilova F.

Reja: 1.Tasavvufning paydo bo’lish tarixi va manbalari 2.Tasavvuf ta’limoti rivojining o’ziga xos xususiyatlari 3.Markaziy osiyoda tasavvuf ta’limoti rivojining o’ziga xos xususiyatlari

Komillik – bugungi kun insonlari uchun qadrli va kerakli bo‘lgan tushuncha. Har bir inson umri davomida erishgan tajribalari, bilimlari, ko‘nikmalari asnosida hayotkechiradi. U o‘z hayot yo‘lini va bu yo‘lda sodir etgan barcha a’mollarini o‘zicha baholaydi. O‘zga insonlarning bildirgan ijobiy fikrlari yoqimli, albatta, lekin tanqid hamisha ham hammaga yoqavermaydi. Inson hayoti davomida goho bilib , goho bilmay, juda ko‘p xato va gunoh ishlarni sodir etadi. Bu esa ayrim hollarda jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlardan saqlanish uchun komillikka erishish lozim. Xalq hamisha komillikka intilib, yaxshi niyatlar bilan yashaydi. El -yurtga naf keltirishni oilasini mustahkam, o‘z turmushini obod qilishdan boshlaydi. Bu ezgu yo‘lda milliy qarashlar va an’analarga suyanadi, bobomeros qudratdan kuch oladi Шарқ халқлари тафаккурини асрлар давомида нурафшон этиб, маьнавиятимиз, маьрифатимизга чуқур таьсир ўтказган тасаввуф таьлимоти 8 аср ўрталарида пайдо бўлган. Дастлаб зоҳидлик ҳаракати кўринишида бўлиб Боғдод, Басра, Куфа, Дамашқ шаҳарларида кенг йойилган. Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad a.s. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdaba bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar . Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarida zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mulalliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar.


Download 117.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling