Tasavvufning falsafasiy jihatlari


Download 117.37 Kb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi117.37 Kb.
#1415796
1   2   3   4
Bog'liq
4.Falsafa

Falsafiy mushohadakorlik, ajzu-irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat-mo’jizalar ko’rsatish zohidlarda yo’q edi. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Shu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan edi. Ularning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan “so’fiy” nomi ko’proq qo’llanilgan, chunki so’fiy so’zining ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. Xo’sh tasavvuf so’zi qayerdan paydo bo’lgan ?. Tasavvuf atamasining etimologiyasi borasida bir necha qarashlar mavjud bo’lib, ularning aksariyatida mazkur atamaning «صوف» (jun) so’zidan kelib chiqqani qayd etiladi. Chunki so’fiylar tanlarini riyozatda chiniqtirish hamda dunyoning moddiy boyliklaridan yuz o’girganliklarining isboti sifatida qattiq jundan to’qilgan libos kiyib yurganlar. Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvufiy tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin Асли тасаввуф сўзи “Сўфий” сўзидан, “Сўфий” сўзи эса арабча “сўф” сўзидан олинган. Сўф деб араблар жундан бўлган матони айтишган. Дастлабки даврларда сўфийлик йўлини тутган кишилар, бошқа оддий кишилардан ажралиб туриши учун жундан тикилган чакмон (у ҳирқа деб ҳам айтилган) ёки пўстин кийиб юришни одат қилганлар. Шунинг учун уларни жун чакмон кийиб юрувчилар, яьни сўфийлар деб атаганлар. Сўфий бошқа одамлардан ўзини пок ва ғарибона турмуш кечириши, доимий тоат –ибодатда бўлиши ва фақат илоҳий руҳга қўшилишни мақсад қилиб қўйиши билан тубдан фарқ қилади. Сўфий учун на дунёдан, на охиратдан таьма бўлмаслиги керак.


Download 117.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling