Tasavvufning falsafasiy jihatlari


Download 117.37 Kb.
bet4/4
Sana30.04.2023
Hajmi117.37 Kb.
#1415796
1   2   3   4
Bog'liq
4.Falsafa

«Tasavvuf» so’zining lug’aviy ma’nosi haqida har xil fikrlar bor. Abu Rayhon Beruniy uni «faylasuf» so’zidan «suf» so’zi bilan bog’laydi. Suf so’zi arablarda jun va undan to’qilgan matoni anglatadi. So’fiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin bo’lgan, shunga ko’ra ana shu talqin to’g’rirokdir. So’fiy degan so’z ham «suf»dan yasalgan «tasavvuf», «mutasavvuf» so’zi bilan o’zakdoshdir.

Tasavvufning paydo bo’lishiga doir real tarixiy sharoit shundan iborat ediki, feodal munosabatlar yuzaga kelishi natijasida dehqonlar feodal iqtisodiy munosabatlarga e’tiroz bildira boshlashadi. qolaversa, xalq islomga katga umid bog’lagan, uning vositasida «Nurli kelajak»ka ko’z tikkan edi. Bu umidlarning sarobga aylanishi ham islomga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni yuzaga keltirdi. Ana shunday bir sharoitda tasavvuf yuzaga keladi

Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi.

Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zoxidlik davriga xos xususiyat olloh yo’lida toatibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abduhoshim Ko’fiy shu oqim vakillaridir.

IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Bu paytda xonaqohdar vujudga kelgan, tasavvuf maktablari shakllanib qolgan edi. XIII—XIV asrlarga kelib unda nazariy-ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham ko’tarilish davri kuzatiladi.

Tasavvuf islomning o’zi bilan birga rivojlanadi va keng omma orasiga yoyiladi. Shunga ko’ra bu oqimni dunyodagi ko’plab xalqlarning ijtimoiy-falsafiy hamda badiiy tafakkurida uchratish mumkin.


«Tariqat» so’zining ma’nosi «yo’l» demakdir. Bu yo’lda inson, ya’ni tasavvuf yo’liga kirgan kishi ruhiy-axloqiy kamolot manzillariga etishni maqsad qilib oladi. Odatda, tariqat tasavvufning amaliy qismi xisoblanadi. Bu bosqichda shu yo’lga kirgan shaxs (u solih deb ataladi)ning vazifalari, uning ustoz — pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me’yorlari haqida ma’lumotlar olinadi. Tariqat, albatta, ustoz (pir, murshid) bilan birga egallanadigan bosqichdir. Bunda solih o’z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi. Tariqatning irodat deyilishiga sabab ham shuvdadir.
«Ma’rifat» arabcha «arafa» so’zidan olingan, uning ma’nosi «bilmoq»dir. Bunda darveshlik darajasiga etish, barcha azob-uqubatlarga toqat etish, pok xislatlarni izlash, Ollohni tanish, shariat va tariqatning barcha shartlariga amal qilish, bu dunyodan yuz o’girish, oxiratni afzal bilish, haqiqat sirlaridan ogoh bo’la borish ko’zga tashlanadi.
Bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea-hodisada Olloh irodasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi hisoblanadi. Ilohiy xislatlarni anglashda yolg’iz aqpning kuchi ojizlik qiladi. Yusuf Xos Hojibning «qutadg’u bilig» asarida dastlab Kuntug’di va Oyto’ldi — ikki donishmand dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi. Oyto’ldi vafotidan so’ng uning o’g’li O’gdulmish ayni jumboqlar ustida bosh qotiradi. Uning aql timsoli ekanligini nazarga olaylik. Adib shu uch obraz bilan kifoyalanmaydi. Balki, Zohid— O’zg’urmish obrazini ham kiritadi. Demak, shu asar qahramonlarining tanlanishvdayoqtasavvufning bshshsh yo’liga ishora bor.
Haqiqat tasavvufning eng yuqori—oliy bosqichidir. Unda ezgulik va yomonlikning moxiyatini to’la anglab etish, har qanday ko’ngil istaklarini pinhon tutishning uddasidan chiqish hamda shariat, tariqat, ma’rifat talablarini to’liq bajarish talab qilinadi. Tasavvuf, asosan ma’naviy jarayondir. Unda inson qalbini boyitadigan omillarga chorlov nihoyatda kuchli
Download 117.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling