Mavzu: Tasavvufning falsafasiy jihatlari. Reja


Download 373.31 Kb.
bet1/2
Sana23.09.2023
Hajmi373.31 Kb.
#1685451
  1   2
Bog'liq
Tasavvufning falsafasiy jihatlari.


Mavzu:Tasavvufning falsafasiy jihatlari.
Reja:

  1. Tasavvufning paydo bo’lish tarixi va manbalari

  2. Tasavvuf ta’limoti rivojining o’ziga xos xususiyatlari

  3. Markaziy osiyoda tasavvuf ta’limoti rivojining o’ziga xos xususiyatlari



So’z boshi
Komillik – bugungi kun insonlari uchun qadrli va kerakli bo‘lgan tushuncha. Har bir inson umri davomida erishgan tajribalari, bilimlari, ko‘nikmalari asnosida hayot kechiradi. U o‘z hayot yo‘lini va bu yo‘lda sodir etgan barcha a’mollarini o‘zicha baholaydi. O‘zga insonlarning bildirgan ijobiy fikrlari yoqimli, albatta, lekin tanqid hamisha ham hammaga yoqavermaydi. Inson hayoti davomida goho bilib , goho bilmay, juda ko‘p xato va gunoh ishlarni sodir etadi. Bu esa ayrim hollarda jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlardan saqlanish uchun komillikka erishish lozim.
Xalq hamisha komillikka intilib, yaxshi niyatlar bilan yashaydi. El -yurtga naf keltirishni oilasini mustahkam, o‘z turmushini obod qilishdan boshlaydi. Bu ezgu yo‘lda milliy qarashlar va an’analarga suyanadi, bobomeros qudratdan kuch oladi
Шарқ халқлари тафаккурини асрлар давомида нурафшон этиб, маьнавиятимиз, маьрифатимизга чуқур таьсир ўтказган тасаввуф таьлимоти 8 аср ўрталарида пайдо бўлган. Дастлаб зоҳидлик ҳаракати кўринишида бўлиб Боғдод, Басра, Куфа, Дамашқ шаҳарларида кенг йойилган.
Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrati Muhammad a.s. vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon zamonida boylikka ruju, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdaba bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol-mulkka e’tibor qilmagan sahobalar bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar (boylar) axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat-ibodat bilan shug’ullanganlar . Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarida zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mulalliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Falsafiy mushohadakorlik, ajzu-irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomat-mo’jizalar ko’rsatish zohidlarda yo’q edi. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur-halovatiga yetishish edi. Shu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, “bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan” (Hofiz Sheroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan edi. Ularning fe’l-atvori, yurish-turishi, odatdan tashqari so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan “so’fiy” nomi ko’proq qo’llanilgan, chunki so’fiy so’zining ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. Xo’sh tasavvuf so’zi qayerdan paydo bo’lgan ?. Tasavvuf atamasining etimologiyasi borasida bir necha qarashlar mavjud bo’lib, ularning aksariyatida mazkur atamaning «صوف» (jun) so’zidan kelib chiqqani qayd etiladi. Chunki so’fiylar tanlarini riyozatda chiniqtirish hamda dunyoning moddiy boyliklaridan yuz o’girganliklarining isboti sifatida qattiq jundan to’qilgan libos kiyib yurganlar. Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvufiy tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin
Асли тасаввуф сўзи “Сўфий” сўзидан, “Сўфий” сўзи эса арабча “сўф” сўзидан олинган. Сўф деб араблар жундан бўлган матони айтишган. Дастлабки даврларда сўфийлик йўлини тутган кишилар, бошқа оддий кишилардан ажралиб туриши учун жундан тикилган чакмон (у ҳирқа деб ҳам айтилган) ёки пўстин кийиб юришни одат қилганлар. Шунинг учун уларни жун чакмон кийиб юрувчилар, яьни сўфийлар деб атаганлар. Сўфий бошқа одамлардан ўзини пок ва ғарибона турмуш кечириши, доимий тоат –ибодатда бўлиши ва фақат илоҳий руҳга қўшилишни мақсад қилиб қўйиши билан тубдан фарқ қилади. Сўфий учун на дунёдан, на охиратдан таьма бўлмаслиги керак.
M ARKAZIY OSIYODA TASAVVUF TA`LIMOTI RIVOJINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  • Biz islom dini ota – bobolarimiz dini ekanini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma`rifat ekanini doimo yuksak qadirlaymiz. Xalqimizning ming yillik tarixini, bugungi ma`naviy xayotini, dinu diyonatimizni muxtasar ifodalab, aytish mumkin. “Alloh taolo bizning qalbimizda, yuragimizda” Dinga hurmat va e`tiqod biz uchun o`lmas qadriyatdir.”

  • ISLOM KARIMOV





  • Insoniyat murakkab ijtimoiy-siyosiy jarayonni bosh kechirmoqda. XXI asr mafkuralar to'qnashuvi asri bo'lishini idrok etmoq zarur, bunda prezidentimiz I.Karimovning "XXI asrda yadro poligonlaridan emas, balki mafkuraviy poligonlardan ehtiyot bo'lishimiz, mafkuraviy immunitet hosil qilishimiz lozim", degan fikrlari nihoyatda muhim. f5

Shuningdek, ''G'oyaga qarshi faqat g'oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat bilan bahsga kirishmog'imiz, kurashmog'imiz kerak", degan so'zlarini alohida esda tutishimiz darkor. Mustabid tuzum, jaholat va mutaassiblikka chorlovchi g'oyalarga qarshi milliy istiqlol g'oyasini qo'ya bilishimiz zarur. Milliy istiqlol g'oyasi qanday mazmun kasb etadi? Avvalo, milliy istiqlol g'oyasi millatidan qat'i nazar O'zbekiston Respublikasting fuqarolarini tashkil etuvchi O'zbekiston xalqi (Konstitutsiya, 8-modda) manfaatini ifoda etishini anglamog'imiz kerak. 


Milliy istiqlol g'oyasinint bosh maqsadi: yurt tinchligi, xalq farovonligi va kelajagi buyuk bo'lgan davlatni qurish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun asosiy shart barqaror vaziyat. Barqarorlikka qarshi bo'layotgan tahdidlar ichida eng xavflisi mafkuraviy tahdid, uning sinashta bo'lgan uslubi, ayniqsa, bizning xalqimizga qarshi qo'llaydiganlari diniy omil hisoblanadi. 
Ana shunday sharoitda mintaqada, xususan, O'zbekistonda, o'z ta'sirini o'tkazishga uringan kuchlar millatimiz tabiatini hisobga olgan holda Islom omilidan g'arazli maqsadlarda foydalanish harakatida bo'ldilar. Islom dinining sof g'oyalari niqobi ostida siyosiy hokimiyatni egallashga intildilar. Ya'ni, Alloh, Islom kabi so'zlarni qo'shib nomlangan, eshitilishi jarangdor partiya, tashkilotlar "Islom uyg'onish partiyasi", "Hizbulloh" (Alloh partiyasi), "Hizb at-tahrir al-islomiy" (Islom ozodlik partiyasi) kabilarni tuzib, mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag'darib tashlab, yaxlit jug'rofiy hududda Islom davlati qurish, xalifalikni qayta tiklashga harakat qildilar. 
Bu borada "Islom ta'limoti nima deydi?" degan o'rinli savol tug'iladi. Har qanday ta'limotni uning asl manbalari orqali tushunish, o'rganish maqsadga muvofiqdir. Ana shu yo'ldan borib, Islom dinida fiqhiy va aqdsaviy jihatdan qanday bo'linish, ajralishlar bo'lgani, uning sabablarini ilmiy, qiyosiy jihatdan o'rganish mazkur kursning bosh maqsadi hisoblanadi.

  • «Tasavvuf» so’zining lug’aviy ma’nosi haqida har xil fikrlar bor. Abu Rayhon Beruniy uni «faylasuf» so’zidan «suf» so’zi bilan bog’laydi. Suf so’zi arablarda jun va undan to’qilgan matoni anglatadi. So’fiylar kiyimi dastlab jun chakmon yoki qo’y terisidan tikilgan po’stin bo’lgan, shunga ko’ra ana shu talqin to’g’rirokdir. So’fiy degan so’z ham «suf»dan yasalgan «tasavvuf», «mutasavvuf» so’zi bilan o’zakdoshdir.

Tasavvufning paydo bo’lishiga doir real tarixiy sharoit shundan iborat ediki, feodal munosabatlar yuzaga kelishi natijasida dehqonlar feodal iqtisodiy munosabatlarga e’tiroz bildira boshlashadi. qolaversa, xalq islomga katga umid bog’lagan, uning vositasida «Nurli kelajak»ka ko’z tikkan edi. Bu umidlarning sarobga aylanishi ham islomga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni yuzaga keltirdi. Ana shunday bir sharoitda tasavvuf yuzaga keladi

  • Tasavvuf ham diniy g’oyadir. Undagi «Mo’minning mo’minga zulmi haromdir» qabilidagi shiorlari soddadil odamlarni o’ziga maftun qiladi.

  • Ilmda tasavvuf tarixidagi ikki bosqich, zohidlik va oriflik ajratiladi. Zoxidlik davriga xos xususiyat olloh yo’lida toatibodat qilish va farzdir. Ibrohim Adham, Hasan Basriy, Abduhoshim Ko’fiy shu oqim vakillaridir.

  • IX asr o’rtalaridan oriflik davri boshlanadi. Bu paytda xonaqohdar vujudga kelgan, tasavvuf maktablari shakllanib qolgan edi. XIII—XIV asrlarga kelib unda nazariy-ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham ko’tarilish davri kuzatiladi.

  • Tasavvuf islomning o’zi bilan birga rivojlanadi va keng omma orasiga yoyiladi. Shunga ko’ra bu oqimni dunyodagi ko’plab xalqlarning ijtimoiy-falsafiy hamda badiiy tafakkurida uchratish mumkin.



  • Tasavvuf insonning ma’naviy kamolotga erishish yo’lidir. Bu yo’l to’rt qismga ajratiladi: 1) shariat; 2) tariqat; 3) ma’rifat; 4) haqiqat.

Shariat ma’naviy komillikning ilk bosqichi hisoblanadi. Unda asosiy islomiy talab va qoidalar o’rganilgan. «Qur’on» va hadislardagi axloqiy-falsafiy, ilohiy ko’rsatmalarning mohiyati o’zlashtirilgan. Oddiy so’fiy zohid shu bosqichdan yuqoriga ko’tarila olmagan.


  • «Tariqat» so’zining ma’nosi «yo’l» demakdir. Bu yo’lda inson, ya’ni tasavvuf yo’liga kirgan kishi ruhiy-axloqiy kamolot manzillariga etishni maqsad qilib oladi. Odatda, tariqat tasavvufning amaliy qismi xisoblanadi. Bu bosqichda shu yo’lga kirgan shaxs (u solih deb ataladi)ning vazifalari, uning ustoz — pirga ergashish qoidalari va bir qadar axloq-odob me’yorlari haqida ma’lumotlar olinadi. Tariqat, albatta, ustoz (pir, murshid) bilan birga egallanadigan bosqichdir. Bunda solih o’z ixtiyori, irodasini pir qo’liga beradi. Tariqatning irodat deyilishiga sabab ham shuvdadir.

  • «Ma’rifat» arabcha «arafa» so’zidan olingan, uning ma’nosi «bilmoq»dir. Bunda darveshlik darajasiga etish, barcha azob-uqubatlarga toqat etish, pok xislatlarni izlash, Ollohni tanish, shariat va tariqatning barcha shartlariga amal qilish, bu dunyodan yuz o’girish, oxiratni afzal bilish, haqiqat sirlaridan ogoh bo’la borish ko’zga tashlanadi.

Bu bosqichga erishgan zohid dunyoning hamma jismida, har bir voqea-hodisada Olloh irodasini, uning sifatlarini ko’ra oladi. Ammo bu hali o’zlashtirishning aql bilan bog’langan bosqichi hisoblanad


  • Ilohiy xislatlarni anglashda yolg’iz aqpning kuchi ojizlik qiladi. Yusuf Xos Hojibning «qutadg’u bilig» asarida dastlab Kuntug’di va Oyto’ldi — ikki donishmand dunyo hodisalari haqida suhbatlashadi. Oyto’ldi vafotidan so’ng uning o’g’li O’gdulmish ayni jumboqlar ustida bosh qotiradi. Uning aql timsoli ekanligini nazarga olaylik. Adib shu uch obraz bilan kifoyalanmaydi. Balki, Zohid— O’zg’urmish obrazini ham kiritadi. Demak, shu asar qahramonlarining tanlanishvdayoqtasavvufning bshshsh yo’liga ishora bor.


Haqiqat tasavvufning eng yuqori—oliy bosqichidir. Unda ezgulik va yomonlikning moxiyatini to’la anglab etish, har qanday ko’ngil istaklarini pinhon tutishning uddasidan chiqish hamda shariat, tariqat, ma’rifat talablarini to’liq bajarish talab qilinadi. Tasavvuf, asosan ma’naviy jarayondir. Unda inson qalbini boyitadigan omillarga chorlov nihoyatda kuchli


  • Tasavvuf oqimi o’z adabiyotini ham yuzaga keltirdi. Muhammad g’azzoliy, Yusuf Hamadoniy (vafoti 1141 yil) singari allomalar uning nazariy asoslarini yaratishgan.

  • Turkiy adabiyotda tasavvuf ta’limoti Yusuf Xos Hojibning «qutadg’u bilig» asaridan boshlab o’z aksini topa boshlagan. Asar qahramonlari ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o’tishda tasavvuf yo’lidan borishadi.



  • Tasavvuf o’zbek adabiyotini ham yangi-yangi go’zal fikrlar, goyalar, obrazlar tizimi bilan boyitdi. Bu adabiyotning yuksalishi va takomiliga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

  • Tasavvuf ta`limoyicha, bu yo`lga kirgan har bir mo`min avval muhiblik, so`ngra muridlik, keyin darveshtlik, undan keyin olimlik – oriflik, so`ng valiylik va,, nihoyat,nasib qilsa, nabiylik maqomiga yetishadi.



. Markaziy Osiyoga tasavvuf ta’limotining kirib kelishi tariqatlar tarixini yoritish an’anasiga ko’ra, o’z davrining so’fiy allomasi Xoja Yusuf Hamadoniy (1048–1141) nomi bilan bog’liq. Yusuf Hamadoniy maktabida ilmu irfon sabog’ini olgan Ahmad Yassaviy va ‘Abduxoliq G’ijduvoniylar mintaqada tasavvuf taraqqiyotining keyingi bosqichlarida muhim o’rin tutdi va ikki mustaqil tariqat: Yassaviya va Xojagon-Naqshbandiya (keyinchalik Naqshbandiya-Mujaddidiya) tariqatlariga poydevor qo’yganlar. Bundan tashqari Xorazmda «valiytarosh» unvoni bilan mashhur bo’lgan Najmiddin Kubro (1145–1221) mustaqil ravishda Kubraviya tariqatiga asos soldi. Xojagon tariqati XIV asrga kelib, Baho’uddin Naqshband tomonidan yanada takomillashtirildi. Bu esa Markaziy Osiyoda mo’g’ullar hukmronligidan keyingi diniy-ma’naviy hayotning yangicha yo’nalishda shakllanishiga asos bo’ldi. Aynan XIV-XV asrlardan boshlab ushbu tariqat vakillari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok eta boshladilar. Amir Temur (1336–1405) va temuriylar tomonidan markazlashgan davlatning tashkil etilishi tariqat vakillarining nafaqat diniy-ma’naviy sohadagi nazariy, balki mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida amaliy faoliyat yuritishlari uchun ham sharoit yaratdi. Xoja Muhammad Porso , Xoja Ahror, ‘Abdurahmon Jomiy (1414-1492), ‘Alisher Navoiy kabi yirik shaxslarning faoliyati esa Xojagon-Naqshbandiya tariqatining keyingi vakillariga ijobiy ta’sir qildi va ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun turtki bo’ldi. Keyinchalik Markaziy Osiyoda markazlashgan ashtarxoniylar davlatining parchalanishi va birin-ketin xonliklarning tashkil topishi (XVII–XVIII asrlar) ushbu hududda tarqalgan tariqatlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ma’lum bir davrlarda u yoki bu tariqat namoyandalari ijtimoiy-siyosiy hayotda o’z mavqyeini egallab keldi. Jumladan, yuqori tabaqa vakillari hisoblangan hamda Naqshbandiya tariqatiga mansub Juybor shayxlari XVI–XVII asrlarda Buxoro xonligi ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o’ynadi. Ayni vaqtda musulmon dunyosining deyarli barcha mamlakatlarida turli tasavvuf tariqatlar vakillari faoliyat yuritayotganini ko’rish mumkin. Turkiya, Misr, Jazoir, Tunis, Liviya, Indoneziya, Malayziya, Iordaniya, Pokiston kabi mamlakatlarda mavjud tariqatlarining sanog’iga yetish ham qiyin. Bu suluklarning ko’pchiligi tasavvuf ta’limotining ilk g’oyalaridan ancha uzoqlashib ketgan. Shayxlik maqomi mablag’ to’plash manbai bo’lib qolgan holatlar ham yo’q emas. Turkiyadagi ko’plab tariqat vakillari tomonidan shayxlarini o’ta mubolag’a bilan ulug’lanishi, ularning tavof qilinishi, shayxlarning o’z tarafdorlari va muassasalari mavjudligini bunga misol tariqasida qayd etish mumkin . Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqatlarining rivojida o’lkadan yetishib chiqqan Ahmad Yassaviy, ‘Abduxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Baho’uddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi allomalarning xizmati katta bo’lgan. Ularning faoliyati butun islom olamiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Ayni vaqtda, ildizi Xojagon tariqatiga borib taqaladigan Naqshbandiya-Mujaddidiya tariqati Markaziy Osiyoda keng yoyila boshladi.

Тасаввуф таълимоти асрлар давомида халқимизнинг маънавиятини бойитишга хизмат қилиб келган. Инсоннинг руҳий – ахлоқий покланиши, илоҳий муҳаббат билан юксалиб бориш бу таълимотнинг асосий ғояларидир.
Шу боис тасаввуф чуқур инсонпарварлик ғоялари билан омухта бўлиб, ҳақиқат талабида юрган одамлар қалбига йўл топди, одамларнинг поклик, абадий ҳаёт, кўнгил ҳурияти ҳақидаги орзуларини ифодалаб келди. Тасаввуф шайхлари халқнинг маънавий раҳбарлари, руҳоний мураббий сифатида майдонга чиқиб, пайғамбар фаолияти, ҳолатларини давом эттиришга жазм этганлар.
И.А. Каримов

Нақшбандия маьнавий –ахлоқий таьлимотида ҳар фикрликка кенг ўрин берилган. Бу сулукдагилар меҳнат қилиш, илм олиш, ўз меҳнат эвазига ҳалол яшаш, ноз –неьматларни кўпчилик билан баҳам кўриш, фақирона ҳаёт кечириш, ҳаммага яхшиликни раво кўришни афзал.


Баҳоуддин Нақшбанд –айбсиз одам йўқ, шунинг учун агар айбсиз дўст ахтарсак дўстсиз қоламиз, -дер эдилар. Одамларга яхшилик қилиш энг юксак инсоний бурч эканлигини таькидлаб, шам каби бўлгин ва одамларга ёруғлик бер ўзинг эса қоронғуда бўл, деган эканлар. Хожа Баҳоуддиннинг “Кўнгил Оллоҳда бўлсину, қўлинг эса ишда” ҳикматларининг инсон маьнавий дуёси такомилидаги аҳамияти беқиёсдир.

Xulosa

T asavvuf falsafasiga ko 'ra, baxtning asosiy shar tlaridan biri - do ' stlaringiz yoki sevganlaringiz yonida o 'tirishdir . Siz shunchaki o 'tirib, hech narsa qilmasligingiz, hech narsa demasligingiz kerak. Bir -biringizga qarang yoki hatto qaramang. Sizni zavqlantiradigan narsa shundaki, siz o 'zingizni yaxshi his qiladigan odamlar shundaki, siz o 'zingizni yaxshi his qiladigan odamlar bilan o 'ralgansiz. Endi siz o 'zingizni biror narsa bilan band qilishingiz, bo ' sh joyni tovushlar yoki suhbat bilan to 'ldirishingiz shar t emas. Bu odamlarning borligini jimgina his qilish kifoya.


Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o‘zida mujassam etib, nafsni poklash yo‘li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. tasavvuf tariqatlari axloqiy Naqshbandiya ta’limoti g`oyalari insoniyatni kamolotga yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish, alloma g‘oyalarini o‘rganish jarayonida o‘quvchi va talabalarning yosh psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, alloma qarashlari mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lishlari o‘rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega b o‘lishini ta‘minlaydi.
Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosi g‘oyaviy diniy, falsafiy, madaniy ta‘lim-tarbiya ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi.


Download 373.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling