Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyinish ham yarim muvaffaqiyat!
- № 36 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI
Mavzu: “Odob – axloq me’yorlari: kiyinish odobi”.
Tayanch so’z va iboralar: Odob, axloq, me’yor, tarbiya, beodoblik, takalluf, kiyim. Odob – jamiyat qonunlari ichida eng ahamiyatlisi va eng hurmatga sazovoridir. F. Laroshfuko Odob – axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida o‘ziga xos o‘zaro munosabat qonun – qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda. Dunyoning qaysi bir millatiga nazar tashlamaylik, odob-axloq haqida har bir xalqning buyuk shaxslari hikmatli so‘zlar, she’rlar, doston-u, kitoblar yozib kelajak avlod uchun qoldirishgan. Adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida odob-axloqli, ilmli bo‘lishlik avvalo tarbiyadan boshlanishini yonib ta’kidlab o‘tgan. Yoshlarni kelajak ruhida tarbiyalash katta muammo ekanligi ularni tarbiyasini kimga topshirish, ishonish mumkinligini o‘ylab shunday so‘zlarni aytib o‘tgan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? Degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», - deb javob bersak, bir kishi derki, «Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qanday qilib berurlar» -der. Mana, bu so‘z kishining yuragini ezar, bag‘rini yondirur. Otasiga nima dersiz, desak, «Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmoq, tarbiya qilmoq lozimdur», - der.78 Abdulla Avloniy aytganlaridek: Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga, Vujudi tarbiya topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga. Temirchining bolasi tarbiya topsa, bo‘lur olim, Buzulsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim. Yomonlarga qo‘shildi Nuhning o‘g‘li o‘ldi beiymon, Yurudi Kahf iti xo‘blar ila bo‘ldi oti inson. Bir kuni Buqrotdan: - Odobli bilan odobsizni o‘rtasida farq qanday? - deb so‘radilar. - Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, - deb javob berdi. Navoiy hazratlari odob-axloq haqida shunday fikrlarni bildirgan: Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi. O‘zingdan keyingilarga ibrat bo‘lay desang, o‘zingdan ilgarigilardan ibrat ol. Beodoblik shunday selki, u obro‘ va viqor qasrini qo‘parib, idrok bo‘ynini har xil arqonlar bilan bog‘lab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor ko‘zining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yo‘liqmaydi. Zamonaning katta-kichiklari uning huzurini mehri - muhabbat bazmining chirog‘i, deb biladilar. Kundan kunga iqbolining yulduzi yuksaklikka ko‘tarilaveradi. Hurmatli kitobxon kishini avvalo tashqi ko‘rinishi ko‘zga tashlanib, o‘zgalarda o‘sha kishiga nisbatan dastlabki fikrni uyg‘otsa, kishining mehmonga borishi va mehmon kutishi bizning xalqimizda o‘ta ahamiyatli jihat hisoblanadi. Shu bois e’tiboringizni kiyinish, mehmonga borish va mehmon kutish odobi haqida to‘xtalib o‘tishga qaratishni joiz topdik. Odob-axloqning turli ko‘rinishlari haqida boshqa mavzularda fikrlar bildiriladi. Hozirda o‘quv muassasalarida yoshlarning kiyinishi borasida ko‘plab muammolar, turlicha qarashlar uchramoqda. Biz ko‘maklashish maqsadida, A Rustamova, B Fozilovalarning “Oilashunoslik” kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan ayollar uchun kiyinish madaniyati borasidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz. Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin. Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli «o‘zbekcha» ko‘ylak hisoblanadi. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma ko‘ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi. Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu matolardan o‘z davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri to‘g‘ri kelishi mumkin. To‘ladan kelgan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari kerak. Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko‘ylak kiyganlari maqul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan ko‘ylaklar yarashmaydi. Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha kiyimlar rangini o‘zlarining ko‘z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo‘l - yo‘l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi. Bo‘ylamasiga yo‘l bo‘lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi – qomatini nozik, bo‘y-bastini o‘zaytirib ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg‘in va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari maqul, ko‘ndalang, yo‘1-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi. Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib ko‘rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, ayniqsa, ko‘ylak – kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi. Ayollarimizning ishbilarmon doiralarda ko‘plab uchratamiz. Hozirgi kunda ayol tadbirkor, ayol rahbar. Albatta bunday ayolning o‘ziga xos kiyinish madaniyati ham bo‘lishi talab etiladi. Ish kiyimi degan alohida kiyinish usuli bor. Bunga xalqaro ulchovlar doirasidagi qat’iy, sipo, an’anaviy bichimli kostyumlar kiradi. Ularning gazlamasi yuqori sifatili, rangi ham ish kayfiyatiga mos bo‘lishi kerak. Poyafzal tanlovida ham shu talablarga rioya qilinadi. Yorqin «qichqiradigan» rangalardan imkon qadar qochish kerak. Lekin o‘ta jur’atli bo‘lsangiz, qip-qizil rangli kostyum-yupkani ham kiyishingiz mumkin. Liboslaringiz rangi boshdan-oyoq qora yoki oq bo‘lmasligi kerak. Yuz va tirnoq pardozida yorqin bo‘lmagan ranglardan foydalaning - bunga albatta e’tibor qilinadi. Taqinchoqlarni ham iloji boricha kamroq taqing. Ish kiyimi ehtiros uygotuvchi elementlardan imkon qadar holi bo‘lishi kerak. Amaliy muloqotlarga xaddan ortiq kalta, tor, yoqasi chuqur uyilgan, harir gazlamali kiyimlar kiyish mumkin emas. Kalta yupka nafaqat ishdan chalg‘itadi, balki ijtimoiy mavqeingiz uncha yuksak emasligini ham bildiradi. Erkaklarning ham o‘ziga xos kiyinish madaniyati va qoidalari bo‘lib ularga amal qilish, har bir erkakdan talab etiladi. Kiyinish ham yarim muvaffaqiyat! Aynan bo‘yinbog‘ingiz va kostyumingiz rangi, poshnangizni balandligi va kiymingiz bichimi kabi sizga ahamiyatsiz tuyilgan tashqi belgilar kelajagingizni hal qiladi. Kechki marosimlarga qora kostyum shim kiyilmaydi. Mavsumiy kiyim haqida so‘zni boshlasak, qishgi kiyimlar och kulrang, to‘q kulrang, to‘q kuk, ingichka chiziqli to‘q ko‘k rangda, yozgi kostyumlar esa oqish; ko‘ylak faqat oq (istisno tarzida och havorang) bo‘lishi lozim. Sevimli katak kulaklaringizni yoddan chiqarib tashlang. Faqat bir juftini piknik yo dala hovlida kiyish uchun qoldirishingiz mumkin. Rasmiy ziyofatlar sintetik tarkibli kiyimlarni, ular qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, xush ko‘rmaydi. Bu - didsizlik belgisi. Faqat tabiiy gazlamalardan tikilgan kiyimlarni kiying. Poyafzalga ham talab shunday: tabiiy charimdan bo‘lishi shart. Ha aytmoqchi, paypoqni ko‘ylak, kostyum yo galstuk rangiga emas, faqat oyoq kiyimga moslab tanlang. Umuman, kiyimlar rangining uyg‘unligiga ahamiyat bering. Bir gal mashhur bir siyosatchini qaysidir marosimga oq shim va ko‘k kostyum kiyib kelgani uchun ichkariga qo‘yishmagan ekan. Janob ishbilarmon, poyafzalning hamisha ipi bog‘lanadigan, ya’ni klassik bichimli va toza tagcharmlisini xarid qiling. Pardoz vositalaringiz ham faqat atir bilan cheklanib qolmasin, ba’zan upaga murojaat qilib turishni unutmang: oliy nasab doiralarda yuzidagi husnbuzarini ko‘z-ko‘z qilib yurgan inson (jinsidan qat’iy nazar) iliq qabul qilinmaydi. Yana bir narsani yoddan chiqarmang: erkaklar uchun taqinchoqning faqat to‘rt turi mavjud: nikoh uzugi, bo‘yinbog‘ to‘g‘nog‘ichi, taqma tugmalar (zaponka) va soat. Bo‘ldi! Taqma tugmalarni ham har doim emas, faqat tantanalarda frak yo smoking tagidan maxsus ko‘ylakka taqing. Bizning ba’zi ishbilarmonlarimiz esa tillayu kumushga belanib olishadi - zanjirlar, uzuklar, hatto bilakuzuklar ham taqib yurishadi. Ko‘pincha bu «dabdaba»lar ortida g‘ijim kostyum-shim, toza deyishga til bormaydigan ko‘ylak va paxmaygan sochni uchratish mumkin.79 “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 36 MA’NAVIY- MA’RIFIY SOAT REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling