Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Mavzu: O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Xalqaro miqyosdagi lider»
Mavzu: O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi.
Tayanch so’z va iboralar: Tarix, Rim, Kushon, Qutadg’u bilig, savdo, madaniyat, fan, san’at, allomalar, Amir Temur, Konstitutsiya, tashqi siyosat, BMT, SHHT. Ko‘hna tarix shodasida bitta marjon o‘zbegim». Erkin Vohidov O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari juda uzoq tarixga ega. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Kushon davlatidayoq xalqaro elchilik va savdo aloqalari keng rivoj topgan. 99 yilda Kushon davlatining elchisi Rimga borgan. Kushon va Rim saltanatlari o‘rtasida yaqin elchilik aloqalari bo‘lgan. Ehtimol shu boisdan bo‘lsa kerak, Rim podsholari XI asr boshlarida Troyan kolonnalariga Rimga kelgan elchilar, savdogarlar, hunarmandlarning tasvirlarini tushirganlar. Ana shu haykal tasvirlarda Markaziy Osiyo vakillarining tasvirlari ham uchraydi. Baqtriya hududida Rim tangalari va san’at asarlarining namunalari ko‘plab topilgan. Vatanimiz xalqlari tarixida «Buyuk ipak yo‘li» katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq orqali o‘tgan ipak yo‘lining nazorati so‘g‘dlarning qo‘lida bo‘lgan bo‘lsa, VIII asr o‘rtalariga kelib, «Ipak yo‘li»ning g‘arbiy qismi arablar nazoratiga o‘tadi. XIII asrda esa ipak yo‘lining barcha tarmoqlari bo‘ylab nazoratni Chingizxon o‘z qo‘liga oladi. Bu holat to XIV asr o‘rtalarigacha davom etdi. So‘ng «Ipak yo‘li» Temur va Temuriylar nazorati ostiga o‘tdi. «Ipak yo‘li» orqali Xitoydan g‘arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o‘rta asrlardan boshlab qog‘oz chiqarilgan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlaridan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zebi – ziynat bezaklari, qimmatbaho toshlar: lazurit, biryuza, serdalik, har xil dorivorlar, arg‘umoq otlar olib borilgan. Vatanimizning har bir o‘lkasi qadimda xalqaro savdoda o‘ziga xos mahsulotlari bilan ishtirok etishgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V – VI asrlarda Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoda ko‘plab g‘o‘za ekilgan. Uning tolasidan oppoq va mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki usha davrlarda Xitoyda paxta ekilmas edi. V – VI asrlarda Chochda yasalgan o‘q-yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun Sharqqa dong‘i taraladi. Ilk o‘rta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Hariman, Arxud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi hunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Xitoyliklar bu shaharni “Bi” nomi bilan tilga olishgan. Arablar uni «Madinat ut-tujjor» ya’ni «savdogarlar shahri» deb yuritar edi. V-asrda Markaziy Osiyolik shishagarlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha buyumlar yasashni o‘rgatadilar. Markaziy Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatdan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda Markaziy Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. Mintaqamizda VII-asrda G‘arbiy Turk xoqonligi hukmronligi davrlarda Xitoy bilan savdo nihoyatda avjiga chiqadi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. 627 – yilda Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi. So‘g‘dning Markaziy Osiyo va Xitoy bilan VI-VII asrdagi aloqalari haqida turli yozma va arxiologik manbalar ma’lumot beradi. Buning dalili sifatida Afrasiyobda ochilgan devoriy rasmlarda so‘g‘d hokimi Varxumaning Chag‘aniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi. So‘g‘dning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zarg‘oldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida «Samarqandning oltin shaftolisi» nomi bilan dongi ketgan edi. So‘g‘d ilk o‘rta asrlarda nafaqat savdo balki, bolalarni savodxon bo‘lishlariga ham e’tibor qaratilgan. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, So‘g‘dda besh yoshga to‘lgach, o‘g‘il bola yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirgach, savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. VIII-asrda janubiy O‘zbekiston, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan Tohariston, Xitoyga olib chiqqan qizil va zumrad rangli shishalari xitoyliklarni lol qoldirgan. Tohariston dori – darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Vatanimizning Farg‘ona vodiysida Davan deb nomlangan qadimda davlat mavjud bo‘lgan. Davan qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan. Somoniylar davrida Movarounnahr xo‘jalik hayotida Xorazm katta o‘rinni egallagan. Xorazm chetga suvsar mo‘ynasi, oq suvsar mo‘ynasi, sassiqkuzan mo‘ynasi, latcha mo‘ynasi, tulki, quyon va echki mo‘ynalari, sham, o‘q, oq terak po‘stlog‘i, uzun qalpoqlar, baliq yelimi, kanakunjut moyi, anbar, ot terisidan ishlangan charm, asal, yong‘oq, lochin, qalqonlar, slavyan qullari, qo‘ylar va sigirlar chiqarar edi. Xorazm bu buyumlarni bulg‘orlardan olardi. Bulardan tashqari Xorazm chet mamlakatlar bilan ko‘plab quruq mevalar, har xil movut, qand-qurs, gilamlar, kimxoblar, choyshablar, qulflar, kamonlar, pishloq, bo‘za, baliq, qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi. Bu davrda Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan malla rang buz «zandanacha», Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Vadoriy matodan tikilgan kiyimlarni Xurosonda amirlar, vazirlar va qozilar kiyardilar. Vadoriy ko‘ylakning bahosi ikki dinordan o‘n dinorgacha bo‘lgan. Somoniylar davrida Movarounnahrda «Buyuk ipak yo‘li» orqali bo‘ladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. Karvon savdosi Markaziy Osiyo orqali Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarini Sharq mamlakatlari, avvalo Mo‘g‘iliston va Xitoy bilan bog‘lab turar edi. Somoniylar davrida Buxoro, Samarqand, Ko‘hna Gurganj, Marv, Binkat, Kesh, Nasaf, Axsikat kabi shaharlar o‘rta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylanadi. Narshaxiyning yozishicha, IX – asrda Buxoro arki yonida podsholikka qarashli “Bayt ut – tiroz” katta to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan. Unda qimmatbaho rangli mato, palos, darparda, yostiq jildi, joynomoz va ust kiyimliklar to‘qilgan. Samarqandda ko‘proq misgarlik, zargarlik va sarrojlik rivojlangan edi. Turli matolar, kimxob, shoyi va ro‘mollar to‘qilar, yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm buyumlari bilan, Iloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Movarounnahrning xo‘jalik hayotida Xorazm ham katta o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yerda hunarmandchilikning boshqa sohalari qatorida qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlarda Amudaryo bo‘ylab muttasil yuk tashilgan.24 Sharqiy Yevropa bilan olib borilgan savdoda Xorazm muhim o‘rin egallagan. IX – X asrlarda karvon savdosi Xorazm bilan ikki yirik savdo markazi – xazarlar va bulg‘orlar o‘rtasida olib borilgan. Bu davrda ikkita savdo markazi Volga bo‘yida shuhrat qozongan. Bu - Itil bilan Bulg‘or bo‘lgan. Itil shahri ikki qismdan iborat edi. Shaharning g‘arbiy qismi Itil, sharqiy qismi esa hazoron deb atalgan va u savdo markazi bo‘lgan. Hazoron aholisining ko‘pchilik qismini xorazmliklar tashkil qilgan. Uyg‘onish davrida O‘rta Osiyoda tashqi savdo qay darajada rivojlanganligi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun manbalarga murojaat etish mumkin. Movarounnahrning o‘zida savdo va iqtisodiyot rivojlanishidan tashqari, bu yerlik savdogarlar dunyoning uzoq mamlakatlarida ham faol savdo ishlari olib borgan. 1150 – yilda Vengriyaga borgan arab sayyohi Abu Hamid al-Harnatiy u yerdagi bozorlar va savdogarlar to‘g‘risida shunday yozgan edi: «Unkuriya deb ataluvchi bu mamlakat 78 shahardan iborat. Bu shahardan har biri ko‘plab qal’a, qishloq, tog‘, o‘rmon va bog‘larga ega. Ularda minglab mag‘ribliklar yashaydi. Ularning ham son-sanog‘i yo‘q. Xorazmliklar savdo bilan shug‘ullanadi va podshoga xizmat qiladi». O‘zbekiston o‘zining ko‘p asrlik milliy davlatchiligi, madaniyati, ilm-fani, san’ati, o‘ziga xos va betakror hayot falsafasi bilan jahon sivilizasiyasi rivojiga muhim hissa qo‘shdi. O‘zbek xalqi jahonga fan, san’at, falsafa, tibbiyot, siyosat, huquq, tarix sohalarida o‘lmas asarlar yaratgan, buyuk allomalarni bergan. Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy nomlarini birinchilar qatorida keltirib o‘tishimiz mumkin. Yusuf Xos Xojib Bolasog‘uniyning «Qutodg‘u bilig» asari, Ahmad Yugnakiy «Hibat ul – haqoiq» nomli asari va Ahmad Yassaviyning «Hikmat» nomli she’rlar to‘plami kishilarni ma’rifatli bo‘lishga, olim va fozillarni ulug‘lashga chorlovchi durdona asarlardir. Vatandoshlarimiz islom dini rivojiga katta hissa qo‘shishgan. Jumladan, Imom Buxoriy va at-Termiziylar eng sahih, ya’ni ishonchli hadislarni to‘plab, musulmon ahli uchun savobli ishni amalga oshirishdi. Ona diyorimizning ilm markazlaridan biri bo‘lgan Buxoro shahri, islom olamiga ko‘plab olim-u, fuzalolar, ma’rifatparvarlarni yetishtirib berganligi uchun «Qubbat ul-Islom», ya’ni «Islom dinining gumbazi» deb, butun musulmon dunyosi e’zozlashgan. Sohibqiron Amir Temurning Keshga (Shahrisabz) alohida e’tiborlari tufayli bu shahar «Qubbatul ilm va adab» unvoniga ega bo‘lgan. Ahmad Yassaviy, Najimuddin Kubro va Bahovuddin Naqshband yaratgan tasavvuf ta’limotlari ahli mo‘min uchun hayot tarziga aylanib, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi dasturi amaldir. Vatanimiz Amir Temur hukmronligi zamonlarida Yevropaning ko‘plab davlatlari bilan aloqasi yuqori darajaga ko‘tarilgan. Temur Fransiya qiroli Karl VI (1360 - 1422), Angliya qiroli Genrix IV, (1399 - 1413) va Kastiliya hamda Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390 - 1407) lar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, yozishmalar olib borardi. Temurning avlodlari zamonida ham jahonning ko‘plab davlatlari bilan diplomatik aloqalar echilik karvonlari yo‘lga qo‘yilgan. Xitoy elchilarining ta’shrifiga javoban 1420 – yilda Shohruh va Ulug‘bek 530 nafardan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo‘natadi. Xitoyda ikki yildan ortiqroq bo‘lgan elchilar 1422 - yilda o‘z vatanlariga qaytib keladilar. Xullas tariximizni sinchklab o‘rgansak, O‘zbekiston jahon hamjamiyatida har doim o‘zining nufuzli o‘rniga ega bo‘lgan. Zero, adib Erkin Vohidov ta’riflaganlaridek, «Ko‘hna tarix shodasida bitta marjon o‘zbegim». Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston dastlabki kunlardanoq xalqaro munosabatlarda erkin tashqi siyosat yurita boshladi. Bu siyosat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida to‘la qonunlashtirildi. (Konstitutsiyaning 17 – moddasi) Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni shakllantirishda O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq o‘ylab chiqilgan asosiy tamoyillariga, o‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining, xalqaro huquq me’yorlarining ustunligi, teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik, tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining xohish-irodasi va taklifiga ko‘ra, 1992 – yil 2 – martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to‘la teng huquqli a’zosi bo‘ldi. Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 – yilda bo‘lgan 48 – sessiyasida ishtirok etishi va unda 17 – sentabrda qilgan ma’ruzasi O‘zbekistonni jahonga o‘z so‘ziga, fikriga ega davlat sifatida namoyon etdi. 2002 – yilda Nyu-Yorkda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga «Xalqaro miqyosdagi lider» mukofotining topshirilishi mamlakatimizning jahondagi nufuzi dunyoning eng rivojlangan, eng yirik, eng kuchli davlatlari ham tan olganligining belgisi bo‘ldi. O‘zbekiston 1992 – yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot - Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti – YEXHTga a’zo bo‘lib kirdi. 1996 – yilda Shanxayda, 1997 – yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi. 2001 – yil 14 – 15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning «Shanxay forumi»ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi. O‘zbekiston «Shanxay forumi»ga kirishi bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT, deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi. Jahondagi yirik, xalqaro maydonda yetakchi o‘rin tutadigan davlatlar AQSH, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya, va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatini rivojlantirish va mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Mamlakatimiz janubiy Koriya Respublikasi, Braziliya, Hindiston, janubiy, janubiy – sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq va Arab davlatlari bilan yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa yirik, nufuzli xalqaro moliya iqtisodiyot tuzulmalari hamda tashkilotlari bilan hamkorlik tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling