Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар


O‘zbekiston Respulikasining 1993 – yil 29 – dekabrdagi qonuniga binoan 14 – yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi


Download 2.58 Mb.
bet115/242
Sana02.06.2024
Hajmi2.58 Mb.
#1833498
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242
Bog'liq
I-kurs ma\'naviyat soati

O‘zbekiston Respulikasining 1993 – yil 29 – dekabrdagi qonuniga binoan 14 – yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi. Qurolli kuchlarni milliy yosh kadrlar bilan to‘ldirish uchun yangi harbiy o‘quv yurtlari ochildi. Xususan, Respublikamiz uchun yangilik va strategik ahamiyatga ega Jizzax Aviatsiya harbiy bilim yurti, Qurolli Kuchlar Akademiyasi va boshqa harbiy ta’lim maskanlari ishlay boshladi.
Prezidentning 2000 – yil 7 – fevraldagi Farmoni bilan yangi «O‘zbekiston Respublikasi «Harbiy doktrinasi» ishlab chiqildi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘z Qurolli Kuchlarini faqat mudofaa maqsadlarini nazarda tutib shakllantirishi va rivojlantirib borishi ta’kidlanadi. Shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlari o‘zida Mudofaa vazirligi bo‘linmalari, Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus bo‘linmalari va boshqa idoralarning harbiy tuzulmalarini birlashtirildi. 2002 – yil dekabr oyida Oliy Majlis X – sessiyasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi yangi qonuni qabul qildi.
Vatan ozodligini asrash va himoya qilish hozirgi yosh avlodda o‘tmish ajdodlarimiz shuningdek, kelajak avlod oldida yuksak mas’uliyatni yuzaga keltiradi. Mana shularni his qilgan holda hukumatimiz quyidagi: «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umum harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi to‘g‘risida»gi, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, jumladan, O‘zbekiston Respulikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va shu kabi hujjatlar ishlab chiqilgan. Har qanday hurujlarni bartaraf etishda, yuqoridagi qonun va qarorlar asosida faoliyat olib boruvchi xizmat xodimlari amalga oshirmoqdalar.
Biz fuqarolar qonunda ko‘rsatilgan soliq va yig‘imlarni to‘lash bilan vatan himoyachilarini iqtisodiy jihatdan ta’minlanishiga ko‘maklashamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Agar kimki o‘z armiyasini boqmasa, ertaga o‘zgalar armiyasini boqishga majbur bo‘ladi». Ozodlik deyilganda faqat kimgadir mutiylikdan, tazyiqdan holi bo‘lish emas, balki ma’naviy jihatdan ham ozod va hur bo‘lishimiz tushuniladi.
O‘zbekiston taraqqiyotiga xavf solayotgan tahdidlar talaygina topiladi. Davlat mustaqilligiga va vatanimiz xavfsizligiga rahna soluvchi tahdidlar quyidagilardir:
- Mintaqaviy mojorolar;
- Diniy ekstremizm va fundamintalizm;
- Buyuk davlatchilik shovinizmi va agressiv millatchilik;
- Etnik va millatlararo ziddiyatlar;
- Korrupsiya va jinoyatchilik;
- Mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik;
- Ekologik muammolardir
Islom Karimov «Milliy armiyamiz - mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir» asarida: «14 – yanvar sanasini faqat harbiy xizmatchilar emas, ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron farzanlarimizning qutlug‘ bayrami deb qabul qilishimiz, uni eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami singari yuksak darajada nishonlashimiz lozim. Shu bilan birga, milliy armiyamiz tashkil topgan bu sanani bayram qilganda, Qurolli Kuchlarimizning tamal toshini qo‘ygan insonlarni, mard va fidoy yurtdoshlarimizni minnatdorlik tuyg‘ulari bilan esga olish nafaqat tarixiy, ayni paytda tarbiyaviy nuqtai nazardan ham har tomonlama o‘rinli bo‘ladi»30.
Amir Temur o‘zining o‘gitlarida farzandlari va avlodlariga qarata ajoyib bir fikrni aytgan edi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling