Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
«Davlat – fuqarolarning sadoqati va fidoyligi ila qudratlidir»
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19 - 20 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOATLAR REJASI
«Davlat – fuqarolarning sadoqati va fidoyligi ila qudratlidir». Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug‘ ne’mat, boylik yo‘qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof-muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo‘ladi. Xurshid Davron ta’biri bilan aytganda, «Muhabbatsiz yurakka vatan sig‘maydi. Har bir go‘dak, har bir kishi o‘z davri bilan vatanni yod etadi. Dardsiz yurakka vatan sig‘maydi. Vatan dardi, vatan muhabbati bilan yashagan yurakkina insoniyatni sevadi, insoniyat uchun kuyinadi».
Insonni dunyoga keltirishdek mo‘jiza yaratgan ona bilan vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo‘jizalar makonidir. Shuning uchun ikki mo‘jizakor yonma-yon ona – vatan deb yuritiladi. Munis va mo‘tabar Ona insonni shu yorug‘ dunyoga keltirsa, vatan uni hayot belanchagida o‘stiradi, ulg‘aytiradi; shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun ona-vatandan ulug‘roq, mo‘tabarroq, qimmatliroq makon yo‘q. Xalq ichida ona deganda – vatan, vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy ma’no bor. Iymon - e’tiqodli inson vatanni sevadi, unga hiyonat qilmaydi, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vassallam aytganlaridek: «Hubbul - vatani minal iymoni – Vatanni suymoq iymondandur». Yurtboshimiz aytganlaridek: «Mustaqil o‘zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug‘idir. O‘z davlati bilan faxrlanish, fuqarolarning vatanparvarligi jahondagi ko‘pgina mamlakatlarning ilg‘or marralariga chiqib olishida yordam bergan. Mamlakatimiz tuprog‘ida yashab turgan va o‘zini vatanparvar deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab-avaylashi shart». Vatanparvar inson g‘iybat, loqaydlik, hiyonat, sotqinlik, millatchilik, mahalliychilik kabi illatlardan yiroqdir. Istagan sohada vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish, ota-bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni to‘plash, o‘rganish, avaylab saqlash va targ‘ib qilish kabilar ham vatanparvarlik hisoblanadi. Vatanparvarlikning amaliyotda namoyon qilish mezonlaridan eng muhimi fidoyilikdir. Fidoyilik shunchaki og‘zaki aytiladigan so‘z emas, balki u amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir. Shu o‘rinda bir rivoyat: Hazrati Umar raziyollohu anhu xalifalik davrlarida bir allomay ikirom u kishinikiga mehmon bo‘lib kelibdilar. Qorong‘u nomozshomlikda Hazrat Umar sham yorug‘ida bir nima yozib o‘tirgan ekanlar. Mehmon salom berib kirishi bilan yonib turgan shamni uchiribdilaru, o‘sha zahoti ikkinchi shamni yoqib qo‘yibdilar. Bu holdan mehmon hayron bo‘lib so‘rabdi: «Taqsir, bitta shamni o‘chirib, xuddi o‘shanga o‘xshash shamni yoqishingizga bois nima? Bunda ham biror hikmat bormi?» Shunda u kishi «Albatta bor, siz kelguncha davlat ishlari bilan band edim, zero sham ham davlatniki edi. Endi mening aziz mehmonim bo‘lasiz, shuning uchun o‘zimga tegishli shamni yoqdim», degan ekanlar. Qarang, shu xil odil va halol pokiza rahbarlar ham bo‘lgan ekan…31 Bu rivoyat hozir ham barcha katta – kichik rahbarlarimizga o‘rnak bo‘lsa arziydi, deb o‘ylaymiz. Oddiy hayvonlar ham o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyini hech qayerga almashtirmaydi, parvarish qilgan egasini sevadi, u olamdan o‘tsa hatto yig‘laydi. Masalan, it o‘zi yashaydigan xonadonga begona kishini kiritmaydi, egasini esa vafodor qo‘riqchisi bo‘lib, uni har qanday balo-qazolardan asraydi: Yoki, «Merki» balig‘i o‘zi dunyoga kelgan kichkinagina irmoqda tubsiz, poyonsiz dengizdan qanchadan-qancha to‘siqlarni, azob uqubatlarni yengib o‘tib, nasl qoldirish yoki o‘z hayotining so‘nggi damlarini kechirish uchun keladi. Oddiy bir jonivorda mavjud kuchli vatan tuyg‘usi ba’zi birovlarda bo‘lmagach, ularni kim ham deb atash mumkin? Axir, cho‘lu biyobonlar ham, tog‘u toshlar ham xalqqa foyda keltiradi. Lekin vatanni sotgan vatangadolar, uni tinchligi, osoyishtaligi, rivojini ko‘rib, ich-ichidan yonadigan hasadgo‘y vatanfurushlardan hech qanday foyda yo‘q. Axir, vatansiz inson qabrsiz va kafansiz murdadan farq qilmaydi. “TASDIQLAYMAN” Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari: ____________________ F.Nizomova № 19 - 20 MA’NAVIY - MA’RIFIY SOATLAR REJASI Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling