Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
-bosqich. Yakuniy bosqich
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQLIY HUJUM SAVOLLARI
- ” – ORGANAYZER “Buzg’unchi oqimlarga qarshi qanday kurashish kerak”
Mamlakatimizda va yon atrofda ro’y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi yangiliklardan xabardor qilish, ularning jamiyat va inson hayotidagi o’rni nuqtayi nazaridan muhokama qilish, to’g’ri xulosalar chiqarish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarga e’tiborni qaratish, mustaqillikni mustahkamlash va mamlakatimiz taraqqiyotida ma’sullikni his qilish va bu jarayonlarda o’quvchilarning ma’naviy salohiyatini rivojlantirish. 2 - ILOVA AQLIY HUJUM SAVOLLARI Missionerlik haqida gapiring. “Yehova shohidlari” oqimi haqida ma’lumot bering. 3 - ILOVA Kichik guruhlarga savol. Buzg’unchi oqimlarning asl maqsadlari nima ekanligini yozing! 4 - ILOVA “QANDAY” – ORGANAYZER “Buzg’unchi oqimlarga qarshi qanday kurashish kerak” nomli organayzerni davom ettiring! 1-ILOVA Mavzu: Turli buzg‘unchi oqimlar haqida. Tayanch so’z va iboralar: Tinchlik, xavfsizlik, missionerlik, murtad, yehova shohidlari, qiyomat. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 – yil 23 – apreldagi 196 – qaroriga asosan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Respublikada ishlab chiqariladigan yoki chet ellardan keltiriladigan diniy mazmundagi mahsulotlarni ekspertizadan o‘tkazadi va mazkur faoliyatni muvofiqlashtiradi. G‘animlarimiz o‘ta makkor uslublarni qo‘llayotgan, ulkan mablag‘lar evaziga axborot xurujini kuchaytirayotgan davrda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarda milliy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan ma’rifatni kamol toptirish, ularni mustahkam e’tiqodli, vatanparvar kishilar qilib tarbiyalashda diniy mazmundagi materiallar – nashr, video, audio va kompyuter mahsulotlarining o‘rni dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu bilan birga, noislomiy konfessiyalar va yangi sektalarning respublika hududiga ekstremistik ruhdagi va xalqimiz uchun noan’anaviy mazmunga ega diniy adabiyotlarni, audio va video kassetalarni olib kirishga qaratilgan harakatlari yil sayin kuchayib bormoqda. Ba’zi noan’naviy konfessiyalar tub aholini «injillashtirish», ya’ni o‘z dinlariga tortish bilan mahalliy tilda ibodat marosimlarini o‘tkazish, missionerlik faoliyati va aholi orasida o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq tillarida missionerlik adabiyotlarini tarqatishga zo‘r bermoqda. Islom diniga e’tiqod qilib yurib, keyin undan yuz o‘girish bu dinni qabul qilmaslikdan-da, osiylikdan - da og‘ir gunoh sanaladi. Bundaylarni dinimizda «MURTAD» deya hazarli so‘z bilan atashadi. MURTADlik esa Allohning himoyasidan qochish, uning dinidan o‘zga dinni afzal bilish demakdir. Qiziq holat - bir tomonda Qur’oni Karimdagi bashoratlar va mo‘jizalardan boxabar ko‘plab g‘ayridin olimlar, buyuk shaxslar o‘zlarining ilmiy kashfiyotlari orqali oxir – oqibat islomning haq din ekanligini tan olib, o‘z ixtiyorlari bilan bu muborak dinni qabul qilayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomonda o‘zi shu muqaddas dinda bo‘lib... undan yuz o‘girayotganlar! Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling