Тасдиқлайман” Qiziltepa туман 2-касб-ҳунар
Download 2.58 Mb.
|
I-kurs ma\'naviyat soati
Iqtisodiy sohada barcha soha va tarmoqlarda erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan amalga oshirish va olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish o‘zgarishlarining asosiy yo‘nalishlaridir. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligi, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. 19
Mulkdorlar sinfining shakllanishi jamiyatda barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni kafolatlaydi. O‘zbekiston Respulikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi. Fuqarolik kodeksining 207-moddasiga asosan, xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. 20 Qonun bilan man etilgan ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo‘lishi mumkin. So‘nggi yillarda mamalakatimizda kichik tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohalarini jadallik bilan rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishini ta’minlash orqali biz mamlakatimizda jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo‘lgan o‘rta sinfning shakllanishiga va uning tobora mustahkam bo‘lib borishiga erishmoqdamiz. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy barqarorlikning kafolatiga va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo‘lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirish uchun qonunchilik bazasi shakllantirilmoqda, tadbirkorlarga ko‘plab imkoniyatlar yartilmoqda. O‘zbekistonning iqtisodiy resurslari ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi tabiiy resurslar (meniral-xom ashyo, yer va suv resurslari), aholi va mehnat resurslaridan iborat. O‘zbekistonning faqat baholangan umumiy meniral-xom ashyo potensiali 3,3 trln. AQSH dollaridan ortiqroqni tashkil etadi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling