“Boshlang’ich ta’lim va STI” yo’nalishi 42-17- guruhda"Fidoying bo’lgaymiz seni, O’zbekiston" mavzusida o’tkazilgan Axborot va murabbiylik soati
BAYONNOMASI № 1
O’tkazilish kuni va vaqti:
|
|
2020 yil 9 sentyabr
|
|
|
|
O’tkazilish joyi:
|
|
«Boshlang’ich ta’lim metodikasi» kafedrasi, 406-xona
|
|
|
|
Qatnashdilar:
|
|
Guruh rahbari va 26 nafar talaba.
|
Kun tartibi:
1. "Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim" mavzusi haqida
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan guruh rahbari Z.Rasulovaso’zga chiqib, mamlakatimizning ko’p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo’lini ochib bergan O’zbekiston davlat mustakilligining 29 yillik bayramiga bag’ishlangan mavzular keng tushuntirildi, shuningdek, birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlab olib borilayotgan tadbirlar, targ’ibot ishlari, mustaqillik memorining davlat arbobi sifatida amalga oshirgan siesiy va iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-madaniy, ta’lim-tarbiya,sport sohasidagi islohotlari haqida so’z yuritdi. U o’z so’zining davomida quyidagilarni ta’kidladi:
Har yili mustaqillik bayramini alohida shior ostida nishonlash go’zal an’anaga aylan-di. Ulug’ shoirlar butun jamiyatning maqsad-muddaosini, ijtimoiy fikrini o’zida jamlagan. Fuqarolarni yagona maqsad yo’lida birlashtirgan va yangi zafarlarga yo’naltirib, real kuchga aylangan. Shu ma’noda har qanday shior millatning manfaatiga mos kelishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan 2020 yil 25 iyunda “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qarori imzolandi. Unda mazkur bayramni "Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O’zbekistonim " degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlari asosida tashkil etish belgilab berildi.
Qarorda buyuk va bebaxo ne’mat – mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz,bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun beqiyos axamiyati yillar o’tishi bilan tobora ortib borayotgani O’zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda xayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro’-e’tiborini yuksaltirishning mustaxkam poydevori bo’lib kelayotgani aloxida qayd etildi.
Qarorning eng muxim jixatlaridan biri, unda mustaqillikning 29 yillik bayramini beshta tamoyil va g’oyalar asosida o’tkazish bo’yicha tavsiyalar berilgani bo’ldi. Jumladan:
Do'stlaringiz bilan baham: |