Modulning maqsadi
|
O‘quvchilarga inson organizmida kechadigan kimyoviy jarayonlarni tushuntirish hamda organizmning kimyoviy va molekulyar tuzilishi to‘g‘risidagi biokimyoviy jarayonlarni yoritib berish. Tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat ko‘rsatish jarayonida me’yorda va patologik xolatlarda a’zo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.
|
Modulning vazifalari
|
Modulning asosiy vazifasi organizmda past va yuqori molekulali birikmalarining turli hil dinamik o‘zgarishlari haqida tushuncha berish.
Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish.
Klinik – tashxis laboratoriyalarda keng o‘tkaziladigan laborator tekshiruv natijalarini to‘g‘ri tahlil etish ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash.
Organizm fiziologik vazifalarining molekulyar asoslari, kasalliklari patogenezining molekulyar mexanizmlari (molekulyar va irsiy patologiya), kasalliklarining oldini olish va davolashning biokimyoviy asoslari, kasalliklarni tashxis qilish va davolash samaradorligini nazorat qilishni o‘rgatish.
|
Modul bo‘yicha o‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |