Tasdilayman


Download 71,56 Kb.
bet2/15
Sana11.05.2023
Hajmi71,56 Kb.
#1450005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Biokimyo

Mavzular soni

39

Dasturning maqsadi

O‘quvchilarga inson organizmida kechadigan kimyoviy jarayonlarni tushuntirish hamda organizmning kimyoviy va molekulyar tuzilishi to‘g‘risidagi biokimyoviy jarayonlarni yoritib berish. Tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat ko‘rsatish jarayonida me’yorda va patologik xolatlarda a’zo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari

Talabalarga organizmning fiziologik vazifalarini molekulyar asoslarini, kasalliklar patogenezining molekulyar mexanizmlarini, kasalliklarning oldini olish va davolashn yuzasidan biokimyoviy jarayonlar tasnifini o‘rgatish.
Kasalliklar tashxisi yuzasidan davolash samaradorligini nazorat qilishga o‘rgatish.
Hamshira ishini amaliyot jarayonida kerak bo‘ladigan biokimyoviy izlanishlarni bajarish uchun zarur bo‘ladigan fundamental bilimlarni shakllantirish.

Bilim

  • Inson organizmida kechadigan jarayonlarni biokimyoviy mohiyatini o‘rganish;

  • modda almashinuvini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan va ushbu jarayonlarda qatnashuvchi biopolimer moddalar: oqsillar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalarning; biologik faol moddalar: fermentlar, gormonlar, kofermentlar, vitaminlarning tuzilishi va xossalarini o‘rganish;

  • organizmda kechadigan energetik almashinuv, moddalar almashinuvining umumiy yo‘llari, moddalar almashinuvining spesifik yo‘llari, ya’ni biologik polimerlar – oqsillar, uglevodlar, yog‘lar va nuklein kislotalarining almashinuvini o‘rganish;

  • nasliy kasalliklar, mutatsiyalar, apoptoz rivojlanishining biokimyoviy asoslari, gen injeneriyasi, uni tibbiyotda qo‘llanilishini o‘rganish;

  • ba’zi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, o‘t tosh va siydik tosh kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo va gipervitaminozlar, podagra, immun­tanqislikda modda almashinuvining buzilishi;

  • organizmning alohida a’zo va to‘qimalariga (qon, buyrak, mushak, jigar, biriktiruvchi to‘qima, nerv tizimi) xos bo‘lgan biokimyoviy jarayonlar va sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;

  • me’yorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish;

  • oshqozon shirasining me’yorda va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantalarini kuzatish;

  • o‘t suyuqligining tarkibi va undagi moddalarning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish;

  • ona sutining tarkibi va undagi moddalarning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish;

  • ilmiy adabiyotlardan foydalanish va referat yozish;

  • biokimyoviy va immunoferment analizatorlarning ishlash prinsiplarini, atrof muhitni ifloslantirish bilan aholi sog‘ligining bog‘liqligini o‘rganish;

  • fotoelektrokolorimetr (FEK), polyarimetr, spektrofotometr (SF), rN-metr, sentrifuga va termostatdan foydalanish;

  • qo‘llanma, ma’lumot, jadvallardan foydalanish;

  • turli biosuyuqliklarda fermentlar faolligi va metabolitlar miqdorini reaktivlar to‘plami va biotestlardan foydalangan holda aniqlash;

  • qon zardobi tarkibidagi umumiy xolestirinni aniqlash;

  • periferik qonda glyukoza miqdorini glyukometr asbobida o‘lchash;

  • siydik tashxisini o‘tkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash bo‘yicha malakalariga ega bo‘lishi uchun kerak bo‘ladigan fundamental bilimlarni shakllantirish.


Download 71,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling